Amaliy mashg‘ulot amaliy mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi
Qo‘l mushaklari va yelka kamari uchun mashqlar
Download 0.53 Mb.
|
2-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muvozanat saqlab bajariladigan mashqlar
Qo‘l mushaklari va yelka kamari uchun mashqlar
Qo‘lni oldinga, yuqoriga va yon tomonlarga navbatma-navbat va birin-ketin ko‘tarish; shu mashqning o'zini gantellar, gimnastika tayoqchalari, to‘ldirma to‘plar, toshlar, shtangalar bilan bajarish; shu mashqni sherigining qarshiligini, rezina bint, amortizatorlar yoki blok tuzilmali maxsus asbobda osilgan og‘irlik qarshiligini yengish bilan bajarish. Qo‘llarni bukish va yozish: tik turganda, o'tirgan va yotgan holatlarda qo‘llarni tez va sekin bukish va yozish; gantellar, to‘idirma to‘plar, toshlar, shtangalar bilan qo‘llarni bukish va yozish (a-rasm); shu mashqni sherigi qarshiligini (b-rasm); rezina amortizatori, blok tuzilmali asbobdagi og‘irlik qarshiligini yengib bajarish; yotib tayanish va tayanish; yotib osilish va ositish holatlarida qo‘llarni bukish va yozish; qo‘llar bilan tirmashib chiqish, kuch bilan ko‘tarilish. 3. Qo‘llar bilan aylanma harakatlar qilish: old yoki yon tekislikda (birin-ketin, birgaiikda, navbatma-navbat); gantellar, to‘qmoqlar, toshlar yoki am ortizatorlar bilan (a-rasm). 4. To‘g‘ri qo‘llar bilan siltanish va keskin siltanish harakatlari bir qo‘l oldinga, ikkinchisi orqaga; shuning o‘zini gantellar bilan; shuning o‘zi, lekin har ikki qo‘l bilan orqaga va yuqoriga; qo‘llar ko'krak oldida bo‘lgan holatdan (bukilgan qo‘llar bilan) orqaga keskin siltanish harakatlari; qo‘llar yuqorida va yon tomonda, bir qo‘l yuqorida, ikkinchisi pastda turgan holatda keskin siltanish harakatlari. Muvozanat saqlab bajariladigan mashqlar: qo‘llarni gantellar, to‘ldirma to‘plar, toshlar bilan amortizator yoki blok moslamali asbobdagi og‘irlik qarshiligini yengib yon tomonda, oldinda, orqada 10-20 sek davomida saqlab turish; 10-20 sek davomida yotib osilish va 30°, 60°, 90° va 150° bukilgan qo‘llarda osilib turish; d) 10-20 sek davomida tayanib yotish va 30°, 60°, 90° va 150° bukilgan qo‘llarda tayanib turish. 6. Qo‘l mushaklari va yelka kuraklari uchun bo‘shashtiruvchi mashqlar: mushaklarni bo'shashtirib turib, qo‘llarni erkin siltash; qo‘llar yuqoridagi (mushaklar zo'riqib turgan) holatidan barm oq, bilak va butun qo‘l mushaklarini navbatma-navbat bo‘shashtirib, qo‘llarni pastga tushirish; d) dastlab qo‘l mushaklari va yelka kuragini holatga keltirib olgach, oldinga engashib mushaklarni bo'shashtirish. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling