Amaliy mashg‘ulot amaliy mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi
Download 0.53 Mb.
|
2-мавзу
Mashqlarning tasnifi
Umumrivojlantiruvchi mashqiar deb, turlicha tezlik va ko'lamda maksimal hamda o‘rtacha mushak ishlashi orqali tananing ayrim qismlari bilan bajariladigan harakatlar yoki ularning birikmalariga aytiladi. Bundan maqsad - jismoniy sifatlami rivojlantirish, qaddiqomatni to`g‘ri shakllantirish, talabalarni murakkab harakat malakalarini egallashga tayyorlashdir. Umumrivojlantiruvchi mashqiar jihozlarsiz va jihozlar (gantellar, to‘ldirma to‘plar, toshlar, shtangalar, rezina amortizatorlar, tayoqlar va h.k.) bilan har xil gimnastika jihozlarida va shuningdek, talabalaming bir-biriga o‘zaro yordam ko‘rsatishlari orqali bajarilishi mumkin. Umumrivojlantiruvchi mashqiar o‘z tarkibiga ko‘ra, oddiy bo‘lib, u bilan barcha yoshdagi bolalar va turli yoshdagi kishilar shuglullanishlari mumkin. Ularni o‘rgatish juda oddiydir: mashqni o‘rganib olish uchun, talaba uni bir necha marta takrorlashi kerak, xolos. Shuni inobatga olish kerakki, mukammal o‘zlashtirilgan mashqlarni bajargandagina maksimal foyda olish mumkin. Mashqlarni o‘rgatish jarayonida esa barcha mushaklarni qisqarish imkoniyati bir xil jalb qilinadi. Demak, biron-bir jismoniy sifatni rivojlantirish uchun u yoki bu mashqdan foydalanishdan oldin uni yaxshi o‘rganib olishga zaruriat tug‘iladi. Umumrivojlantiruvchi mashqiar yordamida tana a’zolari va mushaklarning guruhlariga alohida ta’sir ko‘rsatish ham mumkin. Bu xususiyat talab alar organizmiga, ayniqsa, harakat-tayanch apparatiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish va butun tana mushaklarini har tom onlama rivojlantirish imkonini beradi. U mumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarayotganda jismoniy yuklamani boshqarish oson. Organizmga jismoniy yuklama berish uchun mashqiar tanlashga va bir mashg‘ulotda ularning soni qancha bo‘lishiga bog‘liq. Bir xil mashqiar (mushakni ishga solish) berish darajasi va ishda qatnashadigan mushak guruhlarining soniga ko‘ra, osonroq, boshqalari murakkab bo'ladi. Mashq bajarilganda mushakdan foydalanish darajasiga ko‘ra o‘zgaradi. Mushak zo kriqish berish darajasini quyidagi usullar (ayni bir mashqning davom etishini) takrorlash sonini ko‘paytirish, mashqlarni bajarish tezligini o'zgartirish, og‘irlikni oshirish yoki o‘zaro qarshilik darajasini ko‘paytirish, dastlabki holatni yoki bajarish usulini boshqacharoq qilish orqali o‘zgartirish mumkin. Tasnifga anatomik belgi asos qilib olingan. Mashqlar insonning ayrim tana qismlariga ta ’sir ko‘rsatishiga qarab b o ‘linadi: Qo‘l mushaklari va yelka kamari uchun mashqlar. Gavda va bo'yin mushaklari uchun mashqlar. Oyoq mushaklari u chun mashqlar. Butun tana mushaklari uchun mashqlar. Hamma mashqlaming ta’siri, o‘z navbatida, uslubiy yo‘nalishiga ko‘ra kuchni, egiluvchanlikni, yakka harakat tezligini, ayrim mushak guruhlarining taranglashishi va bo'shashish qobiliyatini tarbiyalovchi mashqlarga bo‘linadi, to'rtinchi guruh mashqlariga esa qomatni to‘g‘ri rivojlantiruvchi va nafas olish mashqlari kiradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling