Amaliy mashg’ulot: Bo’g’ma, infektsion mononukleoz, qizamiq, epidemik parotit, ko’kyo’tal, skarlatina
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
3 - Nazariy material
KO’KYO’TAL (PERTUSSIS) Etiologiyasi. Nafas yo’llari, markaziy nerv sistemasi zararlanishi va spazmatik yo’tal bilan kechadigan kasallikdir. Ko’kyo’tal va parako’kyo’talning klinik ko’rinishlari o’xshashdir. Ko’kyo’tal qo’zg’atuvchisi xarakatsiz, grammanfiy tayoqcha bo’lib, glitserin kartoshka-qonli agarda yaxshi o’sadi. Qo’zg’atuvchi o’sish jarayoni va hayoti davomida o’zidan toksinli moddalar ajratib chiqaradi. Patogenezi. Yuqori nafas yo’llari shilliq qavati infektsiyaning kirish darvozasi bo’lib xizmat qiladi. Kasallik patogenyozida o’z hayoti davomida toksin ajratib chiqaradigan ko’kyo’tal mikrobining ahamiyati katta. Nafas yo’llaridagi nerv retseptorlarining uzoqk vaqt mudom ta’sirlanib turishi natijasida nafas markazida asta-sekin domiy qo’zg’alish o’chog’i shakllana boshlaydi. Shunday qilib, yo’tal talvasa tusini oladi va ko’kyo’tal uchun xarakterli bo’lgan qator sindromlar (arterial bosimning oshishi, qayt qilish, titrab-qaqshash) paydo bo’ladi. Kasallik jarayonida asta-sekin gipoksemiya xodisasi rivojlanib boradi, o’z navbatida nafas olish va qon aylanishi buzilishi kuchayib boradi, Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri 3 kundan 15 kungacha, o’rtacha 5— 8 kun davom etadi. Kasallik kechishi uch davrga bo’linadi: kataral, spazmatik va tuzalish davri. Kataral davr quruq yo’tal paydo bo’lishi, boshida tipik bo’lmagan, ba’zan isitmaning ozgina oshishi, ozgina bilinadigan kataral hodisalar bilan xarakterlanadi. Keyingi kunlarda yo’tal bo’g’iq tus oladi, keyin esa xurujsimon tus olib, 10—12 kundan keyin spazmatik yo’talga aylanadi, bunda tez-tez yo’tal silkinishlariga xos bo’lgan qisqa-qisqa konvulsiv yo’tal tutib, u qafas ichiga ketib qoladigandek (repriz) chiyillash bilan kechadi, uning ketidan yana yo’tal silkinishlari va yana repriz bo’lib davom etaveradi. Yo’tal xurujlari yopishqoq balg’am ajralishi va ko’pincha qayt qilish bilan davom etadi. Bemorlarning yuzi shishinqirab qoladi, terida va skleralarda qon quyilib qolishi kuzatiladi. Til yuganchasida oq karash qoplangan yaracha (tishi chiqqan bolalarda) aniqlanadi. Qonda EChT (eritrotsitlar cho’kish tezligi), normal yoki sekinlashgan leykotsitoz qayd etiladi. Spazmatik davr 2 haftadan 8 haftagacha va undan ko’proq davom etishi mumkin. Xurujlar orasidagi davrda bolalar o’zlarini yaxshi his etadilar. Keyin kasallikning tuzalish davri boshlanadi, yo’tal kamaya boshlaydi. Kasallik klinik jihatdan engil kechadigan, o’rtacha og’ir va og’ir kechadigan turlarga bo’linadi. Yashirin va abortiv kechadigan, yo’tal bo’lmagan yoki kuchsiz bo’lgan hollarda kasallik spazmatik bosqichiga etmasdan o’tib ketishi mumkin. Kasallik asoratlari, ko’pincha yosh bolalarda pnevmoniya yoki nerv sistemasi zararlanishi holida namoyon bo’ladi. Mayda o’choqli pnevmoniya cho’zilib ketishi bilan ajralib turadi, u surunkali bo’lib qolishi mumkin. Ko’pincha xastalik ko’kyo’tal jarayonida o’pkaning ma’lum bir qismida hosil bo’lgan atelektazlar fonida kelib chiqadi. Eyatsefalopatiya to’satdan tutqanok talvasalari tutishi, hushdan ketish, ba’zan nafasning to’xtab qolishi bilan namoyon bo’ladi. Bosh miya nervlari parezi, eshitish, so’zlash, ko’rish qobiliyatining yo’qolishi kabilar ko’kyo’talda nerv sistemasi tomonidan bo’ladigan asoratlar jumlasiga kiradi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling