Amaliy mashg’ulot: Bo’g’ma, infektsion mononukleoz, qizamiq, epidemik parotit, ko’kyo’tal, skarlatina


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana13.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1091567
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
3 - Nazariy material

Tashxisi. Qasallikning kataral bosqichida va yashirin davrida tashxis qo’nish 
ancha qiyin bo’ladi. Bemorlarni diqqat qilib kuzatish bilan birga epidemiologik 
anamnezni xisobga olgan holda yo’talning kuchayib borishini (bemor yoki uzoq 
vaktdan beri yo’talib yurgan bemor bilan aloqada bo’lish) nazarda tutish, qon 
tekshirilgandagi ko’rsatkichlarni, yo’tal plastinkasini bakteriologik jihatdan 
tekshirishning xam ahamiyati katta. Tezda tashxis qo’yish uchun burun-xalqum 
yo’lidan olingan material flyuorestsirlangan antitelolar usuli bilan tekshiriladi. 
Tashxis qo’yish maqsadida boshqa ko’rsatkichlar bilan birga ko’krak qafasini 
rentgenoskoyaiya qilish xam lozim. O’pka to’qimasida infiltrat, atelektazlar va 
emfizema, shuningdek, limfa va limfa tugunlarining kattalashganligi ham aniqlanadi. 
Kasallikning keyingi bosqichalarida serologik tekshirish usullari (komplementli 
bog’lash reaktsiyasidan, agllyutinatsiya reaktsiyasidan va PGAR) dan foydalanish 
mumkin. Ko’kyo’talni gripp va boshqa shamollash kasalliklari bilan birga
bronxoadenit sili, chin va soxta krup, shuningdek, nafas yo’liga yot jismning kirib 
qolishi va parako’kyo’tal bilan differentsial tashxis qilinadi. Bola qanchalik yosh 
bo’lsa, kasallik shunchalik og’ir kechadi. 
Davosi. Toza havoda ko’proq bo’lish, kun tartibi va ovqatlanishni to’g’ri 
tashkil etish kasallikni davolashda muhim axamiyat kasb etadi. Antibiotiklardan 
levomitsetin, zmpitsillin, eritromitsinlar odatdagi mikdorda iloji boricha ertaroq 
tayinlanishi zarur. Davolash kursi 8—15 kun davom etadi. Ko’kyo’talga qarshi 
maxsus immunoglobulindan 1—2 kun oralatib 3 ml va undan ortiq mikdorda berilishi 
ham yaxshi natija beradi. Kasallikning keyingi bosqichlarida, ya’ni yo’tal, qayt qilish, 
besaranjomlik, uyquning buzilishi hollarida neyroplegik ta’sir etadigan dorilardan 
(sutkasiga 1 kg tana og’irligiga 2—3 va 3—4 ml dan aminazin yoki propazin) 10—15 
kun davomida berib boriladi. Kasallik asoratlarini davolash umumiy ko’rsatmalar, 
ya’ni kislorod uskunalari yordamida o’tkaziladigan oksigenoterapiyadan keng 


foydalanish asosida olib boriladi. Kasallik so’rilib ketganda stimullovchi terapiyaning 
turli ko’rinishlari tavsiya etiladi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling