Amaliy mashg’ulot: Bo’g’ma, infektsion mononukleoz, qizamiq, epidemik parotit, ko’kyo’tal, skarlatina
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
3 - Nazariy material
Kasallikning kechishi:
Skarlatina tekis asoratsiz yoki allergik, septik asoratlar bilan o’tishi mumkin. Kasallik tekis kechganida patologik jarayon 2 – 3 xafta davom etadi. Skarlatina 2 – 3 xaftalarda qaytalanishi (retsidiv) mumkin va bu asosan reinfektsiya va superinfektsiya bilan bog’liq bo’ladi. Asoratlari: Skarlatina asosan limfoadenit, otit, sinusit, nefrit, sinovit, yiringli artrit, mastoidit singari asoratlar beradi. Ular kasallikning boshlanishi yoki keyinroq paydo bo’lishi mumkin. Ularning negizida allergiya, reinfektsiya va superinfektsiya omillari yotadi. Infektsion – allergik asoratlar (nefrit, sinovit, oddiy limfoadenit) kasallikning ikkinchi davri, ya’ni 2 – 3 xaftada kuzatiladi. Yiringli asoratlar esa kasallik boshi va keyingi davrda uchrashi mumkin. Bu asoratlar asosan nimjon va eng yosh bolalarda uchrashi mumkin. Xozirgi paytda penitsilinning qo’llanishi, va reinfektsiyani oldini oluvchi shifoxonaga yotkizish qoidalari organizmning tezroq sanatsiyalanib, yuqoridagi asoratlarni keskin qisqarishiga sababchi bo’lyapti. Diagnoz: Tipik xollarda kasallikka diagnoz qo’yish qiyinchilik tug’dirmaydi. Faqat kasallikning o’ta engil turlarida yoki bemor shifoxonaga kech tushganida diagnostik qiyinchiliklar bo’lishi mumkin. Laboratoriya diagnozi uchun xalqumdan surtma olib, β – gemolitik streptokokkni topish, antistreptolizin O ning titrini aniqlash mumkin. Shuningdek boshqa fermentlarni, streptokokk antitoksinini aniqlash xam ishlatilishi mumkin. Skarlatinaga beriluvchilikni aniqlash uchun DIK sinamasidan foydalaniladi. Bunda bilak terisi orasiga (vG’k) standartlashgan eritrogen toksindan 0,1 ml yuboriladi. 24 soat mobayinda in’ektsiya o’rnida infiltrat yoki diametri 10 mm dan ortiq giperemiya yuzaga kelsa sinama musbat xisoblanib, bolada antitoksin immunitet yo’qligi va u skarlatina bilan kasallanishi mumkinligidan dalolat beradi. Xozirda diagnostikada bu sinama qo’llanilmaydi, chunki uning natijasi sekinlashgan yukori sezgirlik tipidagi fenomenga xam bog’liq bo’ladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling