Amaliy mashg’ulot: Bo’g’ma, infektsion mononukleoz, qizamiq, epidemik parotit, ko’kyo’tal, skarlatina
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
3 - Nazariy material
Klinik manzarasi:
Skarlatinada yashirin davr o’rtacha 2 – 7 kunni tashkil qiladi. Bu davr bir necha soatgacha qisqarishi yoki 12 kungacha cho’zilishi mumkin. Kasallik xaroratining ko’tarilishi bilan o’tkir boshlanadi. Bola tomoq og’rig’i, bosh og’rig’idan shikoyat qiladi, odatda bir marta qayt qiladi. Kasallik boshlanganidan bir necha soat o’tgach bemorning yuzi, tanasi, oyoq – qo’llarida mayda qizil nuqtasimon toshmalar toshadi. Bolani yuzida toshmalar yonoq soxalariga toshib, og’iz – burun uchburchagi bundan mustasno bo’ladi. Bemorning tashqi ko’rinishi o’ziga xos: ko’zlari yaltiragan, ozgina shishgan, yonoqlari qip – qizil, bir paytda og’iz – burun uchburchagi oqargan va toshmasiz (N.F.Filatov simptomi). Terining tabiiy burmachalarida, tananing 2 yonboshidan, ayniqsa qorinning pastki qismlarida, qo’l va oyoqlarining bukiluvchan satxlarida, qo’ltiq ostida, chov soxasida toshmalar ko’proq toshadi. Bu soxalarda toshmalarning zichligi va gemorragik to’lishishi xisobiga to’qqizil (qora) chiziqchalar xosil bo’ladi. (Pastia simptomi). Mayda nuqtasimon toshmalardan tashqari mayda shudringsimon, tarkibida seroz yoki xira suyuqlik saqlovchi pufakchalarni xam kuzatish mumkin. Og’ir xolatlarda toshmalar tsianotik tus olib, dermografizm sust bo’ladi. Skarlatina uchun kapillyarlarning o’tkazuvchanligi ortishi xos bo’lib, buni jgut qo’yib aniqlasa bo’ladi. Toshmalar 3 – 7 kun turgacha xech qanday dog’siz yo’qolib ketadi. Toshmalar yo’qolgach, 1 xafta oxiri – 2 xafta boshlarida teri tulay boshlaydi. Tanada, quloq suprasida, bo’ynida tulash kepaksimon bo’ladi. Miliar toshmalardan so’ng tulash ko’proq bo’ladi. Skarlatina uchun tovon va kaftda plastinkasimon tulash juda xos bo’lib xisoblanadi. Xozirgi zamonda tulash uncha aniq rivojlanmayapti. Skarlatina uchun og’iz bo’shlig’i, tomoqdagi o’zgarishlar juda xarakterlidir. Bodomcha bezlari, uning ravoqlari va kichik tilda qattiq tanglaygacha o’tmaydigan, chegaralangan yorqin giperemiya juda xos. Kasallikning birinchi kunlari, ayrim bemorlarda tomoqda nuqtasimon enantemani ko’rish mumkin. U gemorragik tus olishi mumkin. Xalqumdagi o’zgarishlar shu qadar o’ziga xoski, ular xozirgi kunda xam N.F.Filatov iboralari bilan «tomoqdagi yong’in», «olovli angina» deb yuritiladi. Angina skarlatinada kataral, lakunar, follikulyar bo’lishi mumkin, ammo eng xarakterlisi nekrotik angina bo’lishi mumkin. Og’irlik darajasiga qarab yuzaki orolchasimon, yoki chuqur ketib bodomcha bezlarini to’la qoplagan bo’lishi mumkin. Nekrozlar bodomcha bezlaridan tashqari oldingi ravoqlarga, tilchaga, burun va xalqum shilliqqavatlariga tarqalishi mumkin. Nekrozlar xira kulrang yoki zangorisimon ranglarda bo’lishi mumkin. Ular sekinlik bilan 7 – 10 kun mobaynida yo’qoladilar. Kataral yoki follikulyar angina 4 – 5 kun mobaynida o’tib ketadi. Xalqumni shikastlanishiga mutanosib ravishda bo’yin limfa tugunlari jarayoniga qo’shiladilar. Ular qattiqlashib, og’riqchan bo’lib qoladilar. Dastavval bo’yin oldi tonzillyar limfa tugunlari shikastlanadi. Nekrozlar bilan o’tadigan xollarda limfa tugunlari atrofidagi butun kletchatkasi xam qo’shilib periadenit va xattoki adenoflegmona belgilari kelib chiqadi. Tilda xarakterli o’zgarishlar yuzaga keladi. Kasallik boshlanishda quruq, kulranggir karash bilan to’la qoplangan bo’ladi, 2 – 3 kundan boshlab til tozalana boshlaydi va so’rg’ichlar shishgan qip – qizil xolatga keladi va yaxshi etilgan malina mevasini eslatadi («malinasimon», «so’rg’ichli», «skarlatinoz» til). Bu simptom 3 – 5 kunlari yaqqol namoyon bo’lib turadi. 2- 3 xafta mobaynida qizilligi kamaysada, so’rg’ichlari bo’rtib turadi. Skarlatinada umumiy intoksikatsiya belgilarining ko’lami kasallikning og’irligiga mos bo’ladi. Asosan u xaroratning ko’tarilishi, xolsizlik, bosh og’rig’i, qaytning takrorlanishi bilan namoyon bo’ladi. Og’ir xollarda xarorat 40 0 S ga etadi, kuchli bosh og’rig’i, ko’p marta qayt qilish, bo’shashish, boshqa xollarda qo’zg’alish, aljirash, tutqanoq tutishi, meningial simptomlar bilan o’tadi. Zamonaviy skarlatina ko’p xollarda intoksikatsiya belgilarisiz, normal xarorat bilan o’tadi. Kasallikni boshlanishida qon tomirlar sistemasidagi o’zgarishlar simptomatik innervatsiya tonusining oshuvi bilan izoxlanadi. U taxikardiya, qon bosimining oshuvi bilan o’tib, simpatikus faza deb baxolanadi. 4 – 5- kun o’tgach parasimpatik asab sistemasini tonusi osha boradi va bradikardiya, qon bosimining pasayishi, yurak tonlarining bo’g’iqligi bilan namoyon bo’ladi. (parasimpatikus faza). Bu davrda yurak nisbiy chegaralarining bir oz kattalashuvi,1 – ton bo’g’ilishi, sistolik shovqin kuzatilishi mumkin. EKGda sinus aritmiyasi va bradikardiya kuzatiladi. Ushbu o’zgarishlar «infektsion yurak» deb iboralanadi, ularning negizida asosan ekstrakardial ta’sirlar yotadi ( A.A.Kolto’pin, D. Lebedev). Yurak qon tomiri tomonidan o’zgarishlar 2 – 4 xafta saqlanib, asoratsiz yo’qolib ketadi. Skarlatina uchun oq dermogrofizm xos bo’lib, kasallik boshida cho’zilgan yashirin (10 – 12) va qisqa ( 1- 1,5) aniq davri ko’riladi. Keyincha yashirin davr qisqarib, aniq davr yaqqollanadi. Periferik qonda neytrofil leykotsitoz va SOE ni ortishi kuzatiladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling