Amaliy mashg’ulot: Bo’g’ma, infektsion mononukleoz, qizamiq, epidemik parotit, ko’kyo’tal, skarlatina
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
3 - Nazariy material
Differentsial diagnoz:
Skarlatina psevdotuberkulyoz, iersinioz, stafilokokkli infektsiya, toksik – allergik xolat, qizamiq, meningokokktsemiya, enterovirusli ekzantema kasalliklari bilan differentsial diagnoz qilinadi. Skarlatinani davolash: Skarlatinaga chalingan bemorlar klinik – epidemiologik ko’rsatmalariga binoan shifoxonaga yotkiziladi. Engil va o’rtacha og’irlikda skarlatina o’tkazayotganlarni uy sharoitida davolasa bo’ladi. Og’ir bemorlar yoki uy sharoitida aloxidalab davolash imkoni bo’lmagan bemorlar shifoxonaga yotkizib davolanadi. Skarlatina bemorlar bokslarga 0 yoki 2 – 4 kishilik palatalarga qo’yiladilar. Palatalarga bemorlar bir paytning o’zida joylanadilar og’rib tuzalayotgan bemorlar bilan yangi tushayotgan bemorlar bir – birlari bilan muloqotda bo’lmasliklari lozim. Bemorlar shifoxonadan penitsillin bilan davolash tugagach, kasallikning 7 – 10 kuni chiqariladilar. Uyda davolashni tashkil qilishda oiladagi boshqa bolalarga kasallik yuqmasligini oldini olish maqsadida bemorni aloxida xonaga joylab, sanitariya – gigiena qoidalariga amal qilishi ta’minlash zarur (doimiy dezinfektsiya, bemor, uchun aloxida idish, parvarish anjomlari). Kasallikning o’tkir davrida bemor yotoq rejimida bo’lmog’i kerak. Kasallik jarayonida parxez to’laqonli, vitaminlarga boy va tomoqni mexanik ximoyalovchi bo’lishi shart. Skarlatina antibiotiklar bilan davolanadi. Qarshi ko’rsatmalar bo’lmasa penitsillin buyurish maqsadga muvofiqdir. Antibiotiklar bilan davolash 5 – 7 kun bo’ladi. Uy sharoitida davolanganda fenoksimetil – pentsillin berilgani ma’qul. U sutkaga bolaning xar kg vaznga 50 000 ME dan 4 ga bo’lib beriladi. Shifoxonada sutkasiga 2 marta penitsillin muskul orasiga yuborilgani yaxshi. Odatda xar kg vaznga qarab sutkasiga 50 000 ED, og’ir xollarda 100 000 pentsillin buyuriladi. Pentsillinga allergiya bo’lgan xollarda boshqa antibiotiklar – duratsef, amoksiklov, rulid, sulfanilamid preparatlari terapevtik dozalarda taklif qilinadi. Intoksikatsiya simptomlari yaqqol bo’lgan xollarda infektsion eritmalar – reopoliglyukin 10% li glyukozani eritmasi 2 – 3 kun mobaynida buyuriladi. Bemorga yana askorbin kislotasi, sensibilizatsiyani kamaytiruvchi – suprastin, tavegil, tomoqni chayqash uchun romashka (moychechak), furatsillin eritmalari tavsiya qilinadi. Asoratlarni o’ziga xos xususiyatlariga qarab davolanadi. Yiringli asoratlar antibiotiklar bilan davolanadilar. Bundan tashqari simptomatik davo, fizioterapiya (UVCh, UFO, quruq issiq) buyuriladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling