Amaliy mashg’ulot: Bo’g’ma, infektsion mononukleoz, qizamiq, epidemik parotit, ko’kyo’tal, skarlatina


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/20
Sana13.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1091567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
3 - Nazariy material

5.3 Mashg’ulotni asoslash: 
Xavo – tomchi yo’li bilan yuqadigan kasalliklarni kasallik sifatida aholi orasida 
tarqalishi.Kasallik rivojlanish mexanizmi va tarqalish qonuniyatlari va ularning 
o’ziga xos hususiyatlari.Kasallik klinik belgilari va diagnostika usullari.Xavo – 
tomchi yo’li bilan yuqadigan kasalliklarni davolash va tarqalishini oldini olishni 
chuqur o’rganishda tegishli sohalar jumladan, davolash profilaktika muassasalari va 
SEOM larning faoliyatini o’rganishda muhim rol o’ynaydi. 
5.4 Mavzuning fanlar bilan bog’liqligi.
Mazkur mavzuni o’qitish uchun talaba o’quv rejasidagi ―Yuqumli kasalliklar‖, 
―Mikrobiologiya‖, ―Biologiya‖, ―Immunologiya‖, ―Parazitologiya‖, ―Tibbiy xizmat 
taktikasini rivojlantirish‖, ―Gigiena‖ fanlaridan egallagan bilim va ko’nikmalarga 
asoslanadi. 
Olingan 
bilimlardan 
kelajakda 
umumiy 
amaliyot 
shifokori,epidemiologiya, yuqumli kasalliklar va boshqa bir qator klinik fanlarda 
ishlatadi. 
6. Amaliy mashg’ulotning mazmuni: 
6.1 Nazariy qism
 
Skarlatina – o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, β–gemolitik streptokokkning, A 
guruxiga kiruvchi serotiplari tomonidan chaqiriladi, xavo – tomchi yo’li bilan yuqadi. 


Klinikasi umumiy zaxarlanish belgilari, angina va terida giperemiya fonida mayda 
nuqtasimon toshmalarning toshuvi bilan namoyon bo’ladi. Kasallik yaxshi 
davolanmasa yiringli – septik asoratlar berishi mumkin. Skarlatina 
– 
italyancha 
―Skarlatto‖ so’zidan olingan bo’lib, ―qip–qizil‖ yoki ―to’q qizil‖ mazmunini bildiradi.
XX asrda skarlatinani o’rganishdagi asosiy yutuq bu kasallikning og’ir 
turlarini keskin kamayib, o’lim sonining yo’qolishidir. Asr boshida bu kasallikdagi 
o’lim soni, eng yosh bolalar o’rtasida 40% - ni tashkil qilgan edi. Bundan tashqari 
antibiotiklarni qo’llash natijasida kasallikni og’ir septik asoratlari – flegmona, nefrit, 
osteomielit, zotiljam xozirda uchramayapti. Ammo skarlatina bilan kasallanishning 
ko’rsatkichlari xozir xam yuqori xisoblanib, Rossiyada 100000 axoliga 200- 250 ga 
to’g’ri keladi. O’zbekistonda skarlatina bundan oz uchraydi. Skarlatina qadimdan 
aniq bo’lsada, uni boshqa toshmali kasalliklar bilan almashtirib yuborilgan xolda 
o’rganilgan. 1554 yili vrach Ingrasias skarlatinani qizamiq kasalligidan farqlab, uni 
klinik belgilarini ―rozzaniya‖ nomi bilan yozib qoldirdi. Kasallikni mufassalroq 
yoritgan ingliz vrachi Tomas Saydengem unga «qizil istima» deb nom berdi. 1789 – 
1824 yillari Bretanno skarlatinani klinikasini, uning differentsial diagnostikasini 
batafsil yoritib berdi. 
Shunday qilib qadimda og’ir o’tib, ko’plab o’limga va og’ir 
asoratlarga sababchi bo’lgan skarlatina bugungi kunda nisbatan, asoratsiz kasallikka 
aylandi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling