Amaliy mashg’ulot: Bo’g’ma, infektsion mononukleoz, qizamiq, epidemik parotit, ko’kyo’tal, skarlatina


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana13.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1091567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
3 - Nazariy material

Skarlatinaning etiologiyasi. Skarlatinani qo’zg’atuvchisi A guruxiga kiruvchi β – 
gemolitik streptokokk xisoblanadi. Skarlatinaning etiologiyasidagi virusli, dualistik 
va anafilaktik nazariyalar streptokokkli nazariya tasdiqlanganligi uchun o’z 
axamiyatini yo’qotdilar. Skarlatinani qo’zg’atuvchi gemolitik streptokokkning asosiy 
xususiyatlaridan biri uni toksin xosil qilish qobiliyatidir. Ko’plab izlanishlar 
natijasida A guruxiga kiruvchi streptokoklarning ekzotoksin ajratishi aniqlangan, 
ammo skarlatinani kelib chikishida asosiy rolni bola organizmining antitoksik 
immunitetini ko’lami o’ynaydi. Agar kasallik yuqish paytida antitoksik immunitet 
bo’lmasa, streptokokkli infektsiya skarlatina shaklida o’tadi. Antitoksik immuniteti 
bo’lganlarda esa skarlatina emas, balki angina, faringit, simptomsiz infektsiya 
rivojlanadi. Ayrim streptokoklarning toksigenligini eritrogen toksin ishlab chiqarish 
genini mikrob tanasiga olib kiruvchi bakteriofag (virus) larning faolligi bilan 
bog’lasa bo’ladi. 
Patogenez: 
Skarlatinaga xos klinik manzara bilan kasallikning rivojlanishi streptokokkning 
organizmga toksik, septik va allergik ta’siri bilan bog’liq. (A.A. Kolto’pin).
Streptokokklar shilliqqavatlari yoki jaroxatlangan teriga tushgach kirish 
darvozasida yallig’lanish jarayonini chaqiradi. Limfa tomirlari va yuzaki qon 
tomirlari orqali qo’zg’atuvchi limfa tugunlariga kirib boradi, qonda esa 
streptokokkning toksik substantsiyalari paydo bo’lib, ular yurak qon tomir, asab va 
endokrin sistemalariga ta’sir qiladi. 
Toksik sindrom xaroratning ko’tarilishi, toshma toshishi, bosh og’rishi, qayt 
qilish, tomirlarga simpatik ta’sirning ortishi singari umumiy intoksikatsiya 
simptomlari bilan namoyon bo’ladi. Og’ir xolatlarda, og’ir gemodinamik buzilishlar 


kelib chiqadi va u buyrak usti bezlarini qobig’iga qon quyilishi, bosh miya shishuvi, 
miokardda distrofik o’zgarishlar bilan namoyon bo’ladi.
Patogenezning septik ta’siri organizmga β - gemolitik streptokokk 
mikrobining 
ta’siri 
bilan 
izoxlanadi. 

kirish 
darvozasida 
yiringli
nekrotiko’zgarishlar va asoratlar bilan namoyon bo’ladi. Septik o’zgarishlar 
kasallikning turli davrlarida namoyon bo’lmog’i mumkin. Ayrim xollarda septik 
komponent kasallikning dastlabki kunlaridanoq yaqqol namoyon bo’ladi. Bu burun 
atrofi suyak bo’shliqlarini shikastlanishi, yiringli otit, limfoadenit va adenoflegmona 
shaklida rivojlanadi. Septik yo’qolish klinikada limfadenit, otit, artrit kabi yiringli 
asoratlar bilan namoyon bo’lishi mumkin. Nekrotik otitda infektsiya suyak 
to’qimasini xam qamrab, miyaning qattiq pardasi va venoz sindromlarga xamo’tish 
mumkin. 
Patogenezning allergik yo’nalishi. β - gemolitik streptokokk va jaroxatlangan 
to’qimalar antigenlariga sensibilizatsiya xisobiga kelib chiqadi. Allergik xolat 
kasallikning birinchi kunlarida namoyon bo’lishi mumkin, ammo 2–3 xaftada 
yaqqolroq namoyon bo’ladi. Allergik sindrom klinikada turli toshmalar, o’tkir 
limfoadenit, glomerulonefrit, miokardit, sinovit kabi ko’rinishda bo’ladi. Besabab 
xarorat ko’tarilishi, turli toshmalar bilan namoyon bo’luvchi «allergik to’qimalar» 
xam allergiya natijasida kelib chiqadi.Skarlatina patogenezidagi bu 3 yo’nalish 
belgilari bir–biri bilan uzviy bog’liqlikda rivojlanadi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling