Amaliy mashg‘ulot: Jarohatlar va asab tizimi kasalligi tayanch harakat apparati kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasi Reja
Download 38.19 Kb.
|
3-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chanoq suyaklari sinishi.
Umurtqa pog‘onasining sinishi.Umurtqa pog‘onasi singanda bemor chalqancha yotadi, tushak tagiga yog‘och taxta qo‘yiladi. Umurtqa kompression singanda karovotning bosh tomoni 20 sm ga ko‘tarib qo‘yiladi. Davolash jismoniy tarbiyasi jarohatdan 3-4 kun keyin boshlanadi, avval oyoq qo‘l va nafas olish mashqlari qo‘llaniladi. Mashqlarda so‘ngra murakkablashtirilib boriladi, amplitudasi kengaytiriladi va muskullarning qisqarish kuchi oshiriladi, elka sohasiga mashqlar aktiv ravishda qo‘shib boriladi, orqaning yozuvchi muskullarini asta-sekin mashq qilinadi. Bu davrda mashq qilinganda chanoq sohasiga ortiqcha nagruzka berilmasligi kerak. Monelik qiluvchi sabablar bo’lmasa 10-12 kundan so‘ng mashqlarni qorinda yotishda dastlabki holati bajariladi.
Davolashning ikkinchi oyidan muskullarga kuchli nagruzkali mashqlar qo‘shiladi. Umurtqa pog‘onasining egiluvchanligini yaxshilovchi mashqlar qo‘llaniladi (qaldirg‘och va hakoza). Bu kasallarda davolash jismoniy tarbiyasidan maqsad bel muskullarini takomillashtirish hamda umurtqa pog‘onasi muskuli va boylamlarini chiniqtirishdan iborat. Bu davrda mashg‘ulotlar 40-50 minut davom etadi. Mashqlarning har turkumidan so‘ng dam beriladi. 2 oy o‘tgach, bemorga turishga ruxsat etiladi, bundan oldin bemorni yotgan holatda orqasini egmasdan to‘g‘ri turishga o‘rgatiladi, bemor o‘tirmasligi lozim. Chanoq suyaklari sinishi. Bunda bemorni chalqancha yotkizish muhim, tizza bo‘g‘inlar ostiga qattiq yostiq qo‘yiladi. Davo gimnastikasi 3-4 kundan so‘ng boshlanadi. Avvaliga elka sohasi va tana muskullari mashq qilinadi oyoqlari ehtiyot qilib, suyab turgan holda harakatlantirish mumkin. 2 haftadan so‘ng oyoq mashqlari katta nagruzka bilan bajariladi, lekin oyoqlar hamon yostiqda yotaveradi. Bemorga oyoqga turishga ruxsat etilgandan so‘ng (bir tomondan oyoq suyaklari sinib, siniklarni siljimaganda 3 haftadan so‘ng, ikkala tomon sinib, siniqlari siljimaganda 2 oydan – keyin) mashqlar qisman tik to‘rgan holda bajariladi. Sportchilar kasallangan, jarohatlangan va haddan tashqari shug‘ullanganlaridan so‘ng, shu qobiliyatini tiklanishini reabilitatsiya deyiladi. Reabilitatsiya qanchalik tez amalga oshirilsa, shunchalik kasallik va jarohatlar organizmga kamroq o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Reabilitatsiya davrida sog‘lomlashtirish mashq va mashg‘ulotlarini to‘g‘ri tashqil etish organizmni tezroq tiklanishiga imkoniyat yaratadi. Reabilitatsiya davrida mashqlarni kasal va jarohatni turi xarakteriga bog‘liq holda individual holatda tuziladi. Reabilitatsiya va tiklantiruvchi sistema kompleks holatda olib boriladi. Reabilitatsiyada mashg‘ulotlar sog‘liqholatidagina 30-40% ni tashqil qiladi. Reabilitatsiyani boshlang‘ich davrida individual mashg‘ulotlari amalga oshirish maqsadga muvofiq. Reabilitatsiyada sportchini ish qobiliyati tiklanishiga ishontirish, qo‘rqishni yo’qotish zarurdir. Bunda ratsional kun tartibi, dam olishni to‘g‘ri tashqil etish kasallik to‘g‘risida o‘ylamaslik, bunda kerak bo‘lsa psixologik tinchlantiruvchi vositalardan ham foydalaniladi (uyquni me’yorlashtirish, psixoregulyatsiya, audogen trenirovka, muskullarni har-xil bo‘shashtirish mashg‘ulotlari, nafas olish mashqlari va dori darmon qo‘llaniladi). Bular maxsus davolash maskanlari va korxonalarda olib boriladi Har qanday ota-ona o‘z oilasida sog‘lom farzandni, jismonan baquvvat, ruhan tetik, fikrlash qobiliyati sog‘lom, iymon-e’tiqoldi butun, bilimli, ma’nviyati yuksak, mard va jasur,har tomonlama kamol topishini istaydi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq respublikamizda sog‘lom avlodni tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda. «Barkamol» avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, bu masalaga ustivor vazifa deb qaralmoqda. Mustaqil Vatanimizning birinchi ordeni «Sog‘lom avlod uchun» deb atalgan, «Sog‘lom avlod uchun» halqaro xayriya jamg‘rmasining tuzilganligi. 2000 yilni «Sog‘lom avlod yili», 2001 yilni «Ona va bola yili» deb e’lo qilinganligi fikrimizning dalilidir. Prezidetimiz tomonidan «Sog‘lom avlod» ruknidagi, maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarni sog‘lomlashtirish, ularni sog‘lom kishilar qatoriga qo‘shish, ijtimoiy, moddiy jihatdan himoyalash, mehnatga, ijtimoiy hayotga moslashtirish masalalariga doir qator qarorlar , xujjatlar chiqarilmoqda, qabul qilinmoqda. Respublikamizda so‘nggi paytlarda bolalarnining sog‘lom tug‘ilishini ta’minlash, anomaliyalarning oldini olish hamda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda kamchiliklari bo‘lgan bolalarni ertaroq aniqlash chora-tadbirlari ustida talaygina ishlr olib borilmoqda. Bu masalani tez va samarali hal bo‘lishini ta’minlash maqsadida onaning xomiladorlik davridan boshlab to bola voyaga yetgunga qadar uning rivojlanishi tibbiyot xodimlari, o‘qituvchi va tarbiyachilar, psixolog, defektologlar tomonidan nazorat qilinib» Sog‘lom avlod»dasturini to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda, tashkil etilmoqda. Natijada, harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar ham aniqlanib, ularga maxsus yordam ko‘rsatilmoqda.Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning ko‘pchiligga nogironlar aravachalari olib berilganligi sababli, ular bog‘cha va maktablarga qatnay boshladilar. Download 38.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling