Amaliy mashg‘ulot: Jarohatlar va asab tizimi kasalligi tayanch harakat apparati kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasi Reja


Download 38.19 Kb.
bet3/9
Sana24.12.2022
Hajmi38.19 Kb.
#1063804
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-Amaliy

Lat eyish ko‘proq boksda, xokkeyda, futbolda, kurash va chang‘i sportida uchraydi. Muskul va paylar shikastlanishi og‘ir atletika va gimnastikada uchraydi. Pay cho‘zilish kurashchi, og‘ir atletikachi, gimnastikachilarda, engil atletikachilarda (sakrash va uloqtiruvchilarda) va sport o‘yinlarida, yara shilinishi va ishqalanishlar ko‘proq velosportchilarda, chang‘ichilarda, gimnastikachilarda, xokkeychilarda va eshkak eshuvchilarda ko‘proq uchraydi. Miya chayqalishi ko‘proq bokschilarda, velosportchilarda, mototsikl haydovchilarda va suvga sakrovchilarda uchraydi.
Jarohatlarni moylanishiga ko‘ra eng ko‘p uchraydigani qo‘l va oyoq bo‘g‘inlarida hisoblanadi. 80% ko‘p gimnastikada qo‘l bo‘g‘imlari shikastlanishi, engil atletika va chang‘i sportida, oyoq bo‘g‘imlari ko‘proq jarohatlanadi. Bosh va yuz jarohatlari bokschilarda, qo‘l panjalari jarohatlanishi basketbolchilarda, tizza bo‘g‘imi kurashchi, gimnast va futbolchilarda ko‘p uchraydi.
Sportchilar kasallangan, jarohatlangan va haddan tashqari shug‘ullanganlaridan so‘ng, shu qobiliyatini tiklanishini reabilitatsiya deyiladi.
Reabilitatsiya qanchalik tez amalga oshirilsa, shunchalik kasallik va jarohatlar organizmga kamroq o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Reabilitatsiya davrida sog‘lomlashtirish mashq va mashg‘ulotlarini to‘g‘ri tashqil etish organizmni tezroq tiklanishiga imkoniyat yaratadi.
Reabilitatsiya davrida mashqlarni kasal va jarohatni turi xarakteriga bog‘liq holda individual holatda tuziladi. Reabilitatsiya va tiklantiruvchi sistema kompleks holatda olib boriladi. Reabilitatsiyada mashg‘ulotlar sog‘liqholatidagina 30-40%ni tashqil qiladi. Reabilitatsiyani boshlang‘ich davrida individual mashg‘ulotlari amalga oshirish maqsadga muvofiq. Reabilitatsiyada sportchini ish qobiliyati tiklanishiga ishontirish, qo‘rqishni yo’qotish zarurdir. Bunda ratsional kun tartibi, dam olishni to‘g‘ri tashqil etish kasallik to‘g‘risida o‘ylamaslik, bunda kerak bo‘lsa psixologik tinchlantiruvchi vositalardan ham foydalaniladi (uyquni me’yorlashtirish, psixoregulyatsiya, audogen trenirovka, muskullarni har-xil bo‘shashtirish mashg‘ulotlari, nafas olish mashqlari va dori darmon qo‘llaniladi). Bular maxsus davolash maskanlari va korxonalarda olib boriladi.
Travmatologiyada davolash jismoniy tarbiyasi keng qo‘llaniladi. Jarohatlanganda shikastlanganda bemor uzoq vaqtgacha chalqancha, qorinda qiya o‘rnida va xokazolarda qimirlamasdan yotishga majbur bo‘ladi. Bu esa qon dimlanishi yotoq yara, ich qotishiga sabab bo‘ladi.
Davolash jismoniy tarbiyasining maqsadi bemorning umumiy ahvolini hamda qon va limfa aylanishini yaxshilash, shish va gematomalarning tezroq shimilishiga yordam qilishi, zararlangan organ funtsiyasini kayta tiklash, asosiy harakat yo’qolganda uning o‘rniga boshqa harakatlarni shakllantirish kontrakturalar xosil bo‘lishining oldini olishdan iborat.
Davo jismoniy tarbiyasi komleksini bajarishni immoblizatsiya qilinmagan bo‘g‘imlardan boshlanadi, borgan sari shikastlangan joyga yaqin bu ishlar uchun mo‘ljallangan mashqlar qo‘shiladi. Ko‘pincha qo‘l oyoqning simmetrik bo‘limlari mashq qilinadi. Bu reflektor yo’l bilan shikastlangan bo‘g‘imga ta’sir etadi. Davo kompleksiga umum mustahkamlovchi va maxsus mashqlar qo‘shiladi.
Davo jismoniy tarbiyasini fizioterapevtik muolajalar massaj bilan (ular odatda davo jismonii tarbiyasi mashg‘ulotlaridan avval qo‘llaniladi) kompleks ravishda qo‘llaniladi.
Maxsus mashqlar qo‘llanilganda instruktor dastlab passiv harakatlarni bajaradi, keyin qo‘l oyoqning o‘z og‘irligidan foydalaniladi (bo‘shashtirishga mo‘ljallangan mashqlar), shunday qilingandan so‘nggina bemor aktiv harakatlar qilishga o‘tadi. Ular snaryadlar bilan bajariladigan mashqlar bilan murakkablashtiriladi. Butun davo kursini shartli ravishda uch davrga bo‘linadi.

Download 38.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling