Amaliy mashg‘ulot: Jarohatlar va asab tizimi kasalligi tayanch harakat apparati kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasi Reja


Download 38.19 Kb.
bet9/9
Sana24.12.2022
Hajmi38.19 Kb.
#1063804
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-Amaliy

Bosh miya chayqalishi boshga agressiv biror-bir jarohat yetkazilganda kelib chiqadigan patologik holat, masalan yuqori balandlikdan yiqilganda yoki boshga biror bir zarba berilganda.
Bosh miya chayqalishi belgilari
quloqda shovqinlar;
bosh aylanishi;
umumiy holsizlik.
Jarohat olgandan so‘ng boshning ensa sohasida lo‘qillovchi og‘riq, ko‘ngil aynishi ham kuzatiladi, tana harorati normal ko‘rsatkichlarda bo‘lib, inson esh hushini yo‘qotmaydi. Bemorni visual ko‘rganda teri rangi oqarganligi, nafas olishning tezlashishi, yurak urishi tezlashganligi, qayt qilish holatlari kuzatiladi.
Bosh miya chayqalganda birinchi yordam
Agar bosh miya jarohatlangan bo‘lsa zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Ular kelgunga qadar quyidagi chora tadbirlar bajarilishi kerak:
Bemorni gorizontal holatda, boshi ostiga baland bo‘lmagan yostiq qo‘yib yotqizish kerak;
Bemorga umuman ovqat va suv ichirish kerak emas;
Bemorga toza havo kelishini ta’minlash kerak (oynalar ochiladi, yoqa tugmalar yechiladi);
Bemor tinch holatda bo‘lishi kerak, u televizor ko‘rishi, telefoniga qarashi, kitob o‘qishi mumkin emas;
Agar bemor hushini yo‘qotgan bo‘lsa, uni harakatlantirish, joyidan ko‘chirish mumkin emas. Uni o‘ng yonbosh sohaga yotqiziladi, chap oyoq va chap qo‘l bukiladi, boshni o‘ng tomonga burib, iyakni ko‘krak qafasi tomonga biroz egib qo‘yish kerak. Shunday holatda bemorga havo kelishi oson bo‘ladi va qusiq massalari bilan bo‘g‘ilib qolmaydi.
Asab tizimi patologiyasida shifobaxsh jismoniy tarbiya
ShJT ning vazifalari:
- restitutsiya - dastlabki holiga qayta oluvchi shikastlangan strukturalarning tiklanish jarayoni.
Restitutsion mexanizmlar asosan membranalarning qo‘zg‘aluvchanligi va o‘tkazuvchanligining tiklanishi, hujayra ichi oksidlanish-qaytarilish jarayonining normallashishi va fermentlar tizimi faollashishi tufayli amalga oshadi, buning natijasida hujayra strukturalarining bioenergetik va oqsil-sintezlovchi faoliyati normallashadi va asab tolalari va sinapslari bo‘yicha o‘tkazuvchanlik tiklanadi.
- regeneratsiya - to‘qimalar spetsifik elementlarining (orqa miya tolalariga nafaqat morfologik regeneratsiya, balki funksional tiklanish ham mosdir; yosh kattalashgan sari regeneratsiyaga bo‘lgan qobiliyat pasayadi; funksional tiklanish ayniqsa homila rivojlanayotgan davrda va erta postnatal davrda yaqqol ifodalangan) o‘sishi va rivojlanishi natijasida shikastlangan to‘qima va a’zolar butunligining strukturaviy-funksional tiklanishidir.
ShJT vositalari:
- holat bilan davolash (korreksiya),
- DG,
- uqalash - uqalash.


Nazorat uchun savollar:
1. Jarohatlar, ularning sababi, turlari.
2. Sportda jarohatlarni keltirib chiqaradigan tashqi va ichki omillar.
3. Jarohatlarda birinchi tibbiy yordam va oldini olish chora tadbirlari.
4. Harakat – tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlari.
5. Bosh miya qon aylanishi buzilishiga olib keluvchi xastaliklar
Download 38.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling