Amaliy mashg‘ulot: Jarohatlar va asab tizimi kasalligi tayanch harakat apparati kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasi Reja
Download 38.19 Kb.
|
3-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh miya qon aylanishi buzilishiga olib keluvchi xastaliklar
Nerv sistemasi (asab tizimi) - odam va hayvonlar organizmida barcha aʼzolar faoliyatini bir-biriga bogʻlagan hodda hayotiy muhim funksiyalarni bajaradigan hamda organizmni tashqi muhit bilan bogʻlaydigan sistema. Hayvonlar organizmining evolyusiya jarayonida va organizmlar bilan tashqi muhit oʻrtasidagi murakkab munosabatlarning shakllanishida nerv sistemasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Nerv sistemasining birinchi funksiyasi odam organizmining barcha hujayra, to'qima, organlari va sistemalarining ishini boshqarish, tartibga solish hamda ularning bir-biri bilan o'zaro bog'lanishini ta'minlashdan iborat. I. P. Pavlov nerv sistemasining bu funksiyasini uning quyi funksiyasi deb atagan. Bu vazifani orqa miya va bosh miyaning quyi qismlarida (uzunchoq, o'rta, oraliq miya va miyachada) joylashgan nerv markazlari bajaradi. Nerv sistemasining ikkinchi funksiyasi shundan iboratki, u odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog'lanishini, muomalasini, tashqi muhit sharoitiga moslashuvini ta'minlaydi. O‘tkir bosh miya qon aylanishining buzilishi – bu o‘choqli belgilar, umumiy miya belgilari, meningial belgilar yoki bu belgilarning birgalikda kechishi bilan ifodalanuvchi, qon-tomir o‘zgarishlari ta’sirida yuzaga keluvchi miyaning zararlanishidir. Bemordagi nevrologik nuqsonlarning qancha vaqt saqlanib qolishiga qarab o‘tib ketuvchi miya qon aylanishining buzilishi va insultlar tafovut etiladi. Tez-tez emotsional zo‘riqish, kam harakatlik, chekish, tana vazni yuqori bo‘lishi, qandli diabet, arterial gipertenziya, dislipoproteinemiya, yurak qon-tomir sistemasi kasalliklariga irsiy moyilligi bor bemorlar ushbu kasallikka ehtimolligi yuqori bo‘lgan bemorlar hisoblanadi. Bosh miya qon aylanishi buzilishiga olib keluvchi xastaliklar: ateroskleroz; xafaqon kasalligi; ateroskleroz va xafaqon kasalligining birga kelishi; qon bosimining boshqa xastaliklarda ko‘tarilishi – simptomatik gipertenziya; gipotoniya va simptomatik gipotoniya; yurak xastaligi – miokard infarkti va aritmiyalar, tug‘ma yurak xastaliklari; vaskulitlar, endoartritlar (revmatik sifilitik, allergik, toksik); anevrizmlar; qon kasalliklari (aplastik anemiya, eritremiya, leykoz, trombotsitopenik purpura va b); arteriya va venalarning ezilishi (umurtqa pog‘onasi kasalliklari va o‘smalarda); endokrin kasalliklar; onkologik kasalliklar; vegetativ distoniya sindromi; intoksikatsiyalar (ekzo- va endogen). Yuqorida aytilgan omillar ta’siri natijasida bosh miya qon-tomir kasalliklari rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik har bir kishining o‘z qo‘lida. Download 38.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling