Amaliy mashg‘ulot: Jarohatlar va asab tizimi kasalligi tayanch harakat apparati kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasi Reja


Download 38.19 Kb.
bet5/9
Sana24.12.2022
Hajmi38.19 Kb.
#1063804
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-Amaliy

Bilak suyaklari jarohati. Shikastlangan sohaga mo‘ljallab boylam tagidagi muskullarni kuniga bir necha marta ritmik ravishda qisqartiriladi. Suyak kodog‘imustahkamlangandan keyin gips boylamini olinadigan langet bilan almashtiriladi va mashq kompleksiga sekin sur’atda bajariladigan aktiv mashqlar kiritiladi, passiv mashqlar va zarur bo‘lganda apparatlarda bajariladigan mashqlar qo‘yiladi.
Butun organiizmda beriladigan umumiy nagruzkani ham jumladan tezroq bajariladigan umummustaxkamlovchi mashqlar qo‘shib ko‘paytiriladi.
Elka suyak sinishi birinchi davrda tana va sog‘qo‘lga mo‘ljallangan umummustahkamlovchi mashqlar qo‘l panjasiga mo‘ljallangan mashqlar (barmoqni yumib ochish, barmoqni to‘g‘rilab panjani ko‘tarish va hakoza) qo‘llaniladi. Shinani echgandan keyin engillashtirilgan dastlabki holatda mashqlar, gimnastik tayoq bilan mashq qilinadi, bu-bemor e’tiborini shikastlangan qo‘ldan qochiradi va xarakatlarni osonroq bajarishga imkon yaratadi.
Son suyagi sinishi. Dastlabki kunlardan boshlaboq elka sohasi, sog‘lomoyoq shikastlangan oyoq panjasi barmoqlariga mo‘ljalangan (oyoq panjasini 4-5 marta yozish va bukish)boylam tagida muskullapga kuniga 10 martagacha statik qisqarish mashqlari beriladi. Keyinchalik oyoqni ko‘tarish, qoringa og‘darib yotish, karovotdan turish va nixoyat qo‘ltiq tayoqda yurishga ruxsat beriladi. Turish oldidan qo‘ltiq sohasini qo‘ltiq tayoqdan ezilishga tayyorlash lozim. Gips boylami olinganda yoki cho‘zib tortish tugatilgadan so‘ng barcha bo‘limlarda aktiv xarakatlar qilina boshlanadi. Bo‘g‘imlar harakatchanligi cheklanib qolgan bo‘lsada, bunday bo‘g‘imlarga passiv harakatlar qo‘shiladi. Bemorni to‘g‘ri qadam tashlab yurishga o‘rgatishga e’tibor beriladi. Oyoq katta bo‘lib qolganda ortopedik poyafal kiyish lozim.
Boldir suyaklari sinishi. Birinchi kunlardan boshlab oyoq poshnasi boldir barmoqlari va yonbosh chanoq bo‘g‘imida harakatlar qilinadi. Davolash jismoniy tarbiyasining asosiy maqsadi oyoqning tayanch funktsiyasini kayta tiklashdan iborat.
Yumshoq to‘qimalarni zararlanishi. Bular shikastlanganda to‘qimalarni xirurgikishlov qilingandan so‘ng davolash jismoniy tarbiyasining umumiy mustakaрkamlash mashqlari, mehnatbilan davolash qo‘llaniladi. Agar xarakatlar ko‘ngildagidek tiklanmasa asoratlar bo‘lganda davolash jismoniy tarbiyasi shikastlanishidan bir hafta keyin boshlanadi va shikastlangan soha muskullariga mo‘ljallangan mashqlar bajariladi, bunday hollarda bemor va jarohatning ahvoli tekshirib turiladi. Kuniga bir necha marta aktiv mashqlar berilib, passiv mashqlar qo‘shib boriladi. Ikkilamchi chok solingandan so‘ng tikilgan to‘qimalarni cho‘zib yirtmaydigan mashqlar qo‘llaniladi. Chokka yaqinbo‘g‘im harakatlari amplitudasi uncha katta bo‘lmasdan sekin tempda bajarilishi kerak. Chokdan pastroqdagi bo‘g‘imlarga kuchli mashg‘ulot beriladi. Chok iplari olinganidan so‘ng mashqlar to‘liq amplitudada bajariladi. Infektsiya aralashgan xillarda davolash jismoniy tarbiyasi bemorni ahvoli yaxshilangandan keyin qo‘llaniladi. Umumiy tiklantiruvchi mashqlap simmetrik tomonidan sog‘ oyoq qo‘llarga mashqlar beriladi, jarohat bitgan sari shikastlangan soha muskullari mashq qildiriladi. Davolash jismoniy tarbiyasi chandiq to‘qimalarning normal rivojolanishiga yordam beradi.

Download 38.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling