Amaliy mashg‘ulot: Jarohatlar va asab tizimi kasalligi tayanch harakat apparati kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasi Reja


Download 38.19 Kb.
bet4/9
Sana24.12.2022
Hajmi38.19 Kb.
#1063804
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-Amaliy

Birinchi davr shikastlanish paytidan boshlab immoblizatsiya etiladigan davrning oxirigacha (skelet cho‘zilib tortilgan, operatsiyadan keyingi holat) bo‘lgan davr. Bu davrda davolash jismoniy tarbiyasining maqsadi bemorning umumiy ahvolini yaxshilash, dimlanish hodisalariga qarshi kurashish, bu ishlarning immobilizatsiyadan xoli, harakatchan bo‘lib qolishning oldini olish, bitish jarayonlariga yordam beradi va limfa aylanishini kuchaytirishdan iborat.
Ikkinchi davr shikastlangan organning deyarli to‘liq bitishi, aylanma gips immoblizatsiyasiz olinadigan longeta bilan almashtirish. Bu davrda davolash jismoniy tarbiyasining maqsadi-hamma bo‘g‘imlarda harakatning normal xajmini tiklash, zararlangan organlarning funktsiyasini yaxshilash (oddiy mashqlardan boshlab borgan sari xarakat amplitudasini kengaytirib va umumiy nagruzkani oshirib boriladi). Lozim bo‘lgan hollarda yo’qotilgan malakalarning o‘rnini bosuvchi yangi malakalar hosil qilishdan iboratdir.
Uchinchi davr - shikastlanishning qoldiq nuqsonlari (muskullarning zaifligi, funktsiyalarning bir oz buzilishi)dan iborat. Bu davrda davolash jismoniy tarbiyasining asosiy maqsadi qoldiq nuqsonlarning barchasini yo’qotish, turmushda va ilmda earur masalalarni qayta tiklash, chidamlilik chaqqonlik kuch-quvvat xarakatlarning aniq bo‘lishini takomillashtirish va hakoza mashqlar kompleksiga bir oz murakkabroq gimnastik mashqlar qo‘shilib mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘riladi.
Panja va barmoq suyaklari sinishini davolashda davolash jismoniy tarbiyasi shikastlanishning 2-3 kuni boshlanadi. Shikastlanish qo‘l-oyoqning immoblizatsiya qilinmagan bo‘limlari xarakatlantiriladi. Qo‘l kafti suyaklari singanda langetni echgandan so‘ng barmoqlar turlicha harakatlantiriladi (xususan singan barmoqlar bilan). Kaft usti suyaklari singanda gips boylami olingandan so‘ng kaft usti bilan bo‘g‘imga mo‘ljallangan mashqlar qo‘shiladi va xar tarafga aktiv xarakatlantiriladi; bunda kaftga bir oz tayaniladi, barmoqlarni keriladi va yig‘iladi, ularni yumiladi, yoziladi va xokazo, lekin og‘ritmaslik lozim. Keyinchalik tayoq, meditsinbolbilan bajariladigan mashqlar qo‘shiladi.
Bilak suyaklari shikastlanganda barmoqlarni aktiv harakatlantirish, shikastlangan qo‘lning elka bo‘g‘imini sog‘ qo‘l yordamida mashq qildirish (qo‘lni yuqoriga, ko‘tarish aylanma xarakatlar) ro’xsat etiladi.

Download 38.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling