Amaliyoti fanidan mustaqil ishi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana21.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1107475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Badminton o’yini texnikasi tasnifi....

Yakkalik o‘yin taktikasi 
Yakkalik o‗yin taktikasi (yoki o‗yinni olib borish rejasi) quyidagi prinsiplar 
asosiga quriladi: 
1) 
raqibni maydoncha bo‗ylab murakkab harakatlami amalga oshirib 
toliqishga majbur 
qilish; 
2) 
baland-olis, hujumkor zarbalarni to‗r yaqinidagi nafis o‗yinlar, 
shuningdek, aldamchi 
harakatlar va noan‘anaviy usullar bilan qorishtirgan holda raqibni xato 
qilishga majbur etish
3) 
doimiy ravishda raqib o'yinidagi ojiz nuqtalami kuzatib borish va 
ulardan imkon qadar samarali foydalanish.Barcha badminton ustalariga quyidagi 
eskirmaydigan aksioma yaxshi ma‘lum - badmintonda hujumkor uslub g‗olib 


chiqadi, buning ma‘nosi shuki: 
• 
barcha zarbalarni imkon qadar baland nuqtadan berish kerak; 
• 
himoyalanayotganda volanni to‗r yaqinida kutib olish zarur; 
• 
raqibga o‗z o‗yin uslubingizni o‗tkazishga harakat qilib, uning faolligini 
so'ndirishga intilishingiz lozim. 
Mana, yana bir nechta amaliy tavsiyalar: 
• 
o‗yin paytida o‗zingiz yaxshi bajara oladigan texnik usullar va taktik 
kombinatsiyaiardan ko'proq foydalaning; 
• 
o‗yin davomida sizga yutuqli ochkolar olib kelayotgan taktikani hech 
qachon o‗zgartirmang; u juda oddiy — orqaga zarba va to‗r yaqinidagi taglik, 
ammo samarali bo‗lishi mumkin; 
Oddiy o‗ynashga harakat qiling, faqat raqibga ochkolami boy 
berayotgandagina o‗yin taktikasini o‗zgartirish maqsadga muvofiq. O‗yin taktik 
rejasini amalga oshirish birinchi zarbadan - volanni oshirishdan oqilona 
foydalanishdan boshlanadi. Yakkalik bahslarida ko'proq baland-olis, kamroq yassi 
va qisqa, kamdankam hollarda baland hujumkor zarbalar qo‗llaniladi. Volanni 
birinchi zarbadayoq raqibni noqulay vaziyatga tushirib qo‗yadigan tarzda oshirish 
kerak. Baland-olis zarba bu talabga to‗liq javob. beradi. 
Baland-olis zarba yakkalik bahslarida samarali hisoblanadi, chunki uni 
qo'llash orqali sportchi raqibini volanni to‗rdan olisdaorqa chiziq ustida qabul 
qilishga majbur etib, uning darhol hujumkor qaytarishni amalga oshirish 
imkoniyatini kamaytiradi va qiyin vaziyatga tushirib qo‗yadi. Bunday zarba texnik 
jihatdan to‗g‗ri bajarilganda sportchi o‗yindagi vaziyat ustidan nazoratni o‗z 
qo‗liga oladi, o‗yinni tashabbuskorlik bilan boshlaydi. Taktik jihatdan raqibni 
olisdan o'ynashga majbur etgan ma‘qul, shunda uning hujumkor harakatiari kam 
samara beradi, kuchsiz va beqaror bo‗ladi. Amaliyotning ko‗rsatishicha, baland-
olis zarbada uni qabul qiluvchiga quyidagilar xalaqit berishi mumkin: 
maydonchaning sifatsiz yoritilishi, shift va yon devorlarning noqulay bo‗yalganligi 
— buning oqibatida baland trayektoriya bilan uchib kelayotgan volanni ilg‗ab olish 
qiyinlashadi; shift tagiga yo‗naitirilgan kuchli ventilatsiya yoki sovutish-isitish 


tizimidan kelayotgan havo oqimi ham kutilmaganda volanning harakat 
trayektoriyasi o‗zgarishiga ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Yana bir jihat — raqibning 
kuchsiz javob zarbasi beradigan tomoniga yo‗naltirish zarur. Odatda, bu – chap 
tomondan raketkaning yopiq tomoni bilan beriladigan zarba hisoblanadi. 
Sportchilar tili bilan aytganda, volanni chap qo‗lga o‗naltirish kerak. 
Yana bir kichkina, ammo muhim afzallik mavjud: qabul qiluvchi o‗yinchining 
baland- olis zarbaga moslashishi yassi yoki qisqa zarbaga nisbatan qiyinroq 
bo‗ladi. Yakkalik bahslarida yassi va qisqa (past) zarbalar raqibga tezkor hujumkor 
zarba qaytarish imkonini berishi bilan xavflidir. Ularning bitta afzalligi bor, ya‘ni: 
raqibning o‗yin ritmini buzib yuborish uchun vaqti- vaqti bilan kutilmaganda 
ulardan baland-olis zarbalar orasida foydalanish mumkin. Shu bois, bunday 
zarbalar uchun ana shunday zarba berishga qulay vaqt va vaziyatni to‗g‗ri baholay 
bilish, raqib baland-olis zarbalarni qaytarishga moslashib, yassi yoki qisqa zarbani 
kutmayotgan paytni poylab amalga oshirish muhimdir. Barcha zarbalarni amalga 
oshirishning yagona qoidasi - shoshilmaslik. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling