Amir temur va temuriylar davlatchiligida soliq munosabatlari


-rasm. Temuriylar davrida muzoriylarning tabaqalanishi


Download 105.28 Kb.
bet4/12
Sana31.01.2024
Hajmi105.28 Kb.
#1829048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATCHILIGIDA SOLIQ MUNOSABATLARI

5.3-rasm. Temuriylar davrida muzoriylarning tabaqalanishi


Muzoriy davlat yoki vaqf yerlarida ham, tarxon yoki suyurg’ol egalari kabi yirik mulkdorlarning yerlarida ham yollanma ziroatchi bo’lib dehqonchilik qilgan. Uning hosildan oladigan hissasi yer egalarining yerdan tashqari, urug’lik, omoch, ho’kiz, ot-arava kabilarni berishiga qarab belgilangan. Qanday yerda dehqonchilik qilishidan qat‘i nazar, muzoriy hamma vaqt soliqlarni to’lar va majburiyatlarni o’tar edi.
Amir Temur jahondagi 27 mamlakatni bosqichma-bosqich o’z davlati tarkibiga kiritib, yagona davlat safida birlashtirdi, ularning iqtisodiyoti va moliya tizimini takomillashtirdi.
Bu mamlakatlarning tabiiy sharoiti bir xil bo’lmaganidek, ularning iqtisodiy rivojlanish darajalari ham, shuningdek, aholisining turmush darajasi, mashg’uloti, boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari ham bir xil emas edi.
Amir Temurning yagona mustahkam saltanatni shakllantirish strategiyasida moliya muammolari o’zining muhimligi bilan boshqa muammolardan ajralib turar edi.
Temur, avvalo, davlat moliyasining mo’g’ul va boshqa bosqinchilarga qaramligiga uzil-kesil nuqta qo’ydi, ulkan mamlakatning mustaqil davlat moliyasini yaratdi va uni muttasil takomillashtirib bordi.
Markazlashtirilgan davlat tarkibiga kirgan barcha mamlakatlar moliyasini bir tizimga birlashtirdi va ularni ma‘muriy boshqarish talablari asosida idora qilish usullarini joriy etdi.
Qur‘oni karim talablarini o’zida ifoda etgan moliya sohasidagi shariat qonunlari asosida soliq tizimi shakllantirildi. Bunda har bir mamlakat va aholining xususiyatlarini e‘tiborga olib, qator imtiyozlar joriy etildi.
Davlat xazinasi resurslari va mahalliy ulus hamda tumanlar ixtiyoridagi mablag’lar tarkibiga aniqlik kiritildi, ularning markaz bilan moliyaviy munosabatlari takomillashtirildi. Shu o’rinda, aytish lozimki, Amir Temur Yevropadagi birinchi byudjet tuzilishiga (XVII asr) nisbatan taxminan uch asr avval mamlakatni idora qilishda byudjetning dastlabki kurtaklarini ishlab chiqdi va joriy qildi.
Ma‘lumki, islom shariatida ham ―byudjet‖ tushunchasi mavjud va u ―baytulmol‖6 deb yuritiladi. Shunday qilib, mayda mulklar amirlarga, uluslarga, ya‘ni ikki-uchta sobiq mamlakat amirzodalariga beriladi. ―Suyurg’ol‖ va ―ulufa‖ o’rtasidagi tafovut esa tarxonlar, amirlar, bahodirlar, iqtadorlar kabi harbiy amaldorlar vakolatlari va ularning mol-mulki bilan to’ldiriladi.
Amir Temur zamonida saltanatning 40 ga yaqin shahrida, shu jumladan, Samarqandda pul zarb qiluvchi korxonalar tashkil qilingan. Bunday korxonalar daromadlarining 3/4 qismi xazinaga ajratilgan.

Download 105.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling