Amir temur va temuriylar davlatchiligida soliq munosabatlari
§ 5.3. Temuriylar davlatchiligida soliqlar tizimi
Download 105.28 Kb.
|
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATCHILIGIDA SOLIQ MUNOSABATLARI
§ 5.3. Temuriylar davlatchiligida soliqlar tizimiTemuriylar davrida soliqlarni hisoblab chiqish qoidalari mavjud edi. Soliqlar yerning unumdorligiga monand ravishda belgilangan. Masalan, agar dehqon doimiy ariqlar, suv quvurlari yoki oqimlar bilan sug’oriladigan yerlarga ega bo’lsa va ana shu suvlar uzluksiz oqib tursagina mazkur yerlardan olinadigan daromadning 1/3 qismi soliq sifatida olingan. Faqat yomg’ir suvi bilan sug’oriladigan yerlar uchun esa soliq stavkasi ikki baravar past bo’lgan. Bundan ko’rinadiki stavkalar yer sifatiga, uning sug’oriladigan yoki lalmikor ekanligiga qarab tabaqalashtirilgan. Aholi natura bilan to’lanadigan haqni pulga almashtirishlari mumkin edi. Agar fuqaro pul bilan to’lashni hoxlasa, yig’imning bir qismi joriy narxlar bo’yicha baholangan. Biroq, rasmiy soliqlar bilan bir qatorda ayrim joylarda o’zboshimchalik bilan belgilangan soliq va yig’imlar ham mavjud bo’lgan. Temur Tuzuklarida shunday deyiladi: ―Amr qildimki, hosil pishib yetilmasdan raiyatdan molu-jihot olinmasin. Hosil yetilgach, soliqni uch bo’lib olsinlar. Agar raiyat soliq to’plovchi yuborilmasdan, soliqni o’zi keltirib bersa, u holda u yerga soliq to’plovchi yubormasinlar. Agar soliq yig’uvchi yuborishga majbur bo’linsa, ular soliqni buyruq berish va yaxshi so’z bilan olsinlar; kaltak-arkon ishlatib ishni urish-so’kishgacha olib bormasinlar. Ularni band etib zanjir bilan kishanlamasinlar‖. Bu qoida keyinchalik Adam Smit asarlarida soliqqa tortishning qulayligi tamoyili tarzida ifodalangan. Amir Temur davrida asosiy soliqlar sifatida yer solig’i (molu-xiroj), jon solig’i (juzya), miniladigan hayvonlar yetkazib berish (uloq), begar majburiyatlari va ba‘zi boshqa favqulodda soliqlar (avarizot) mavjud edi. Amir Temur o’zining moliya va soliq qonunlarini ishlab chiqishda o’z zamondoshlari tajribasidan ham foydalangan. Suyurg’ol - in‘om etilgan sovg’a, marhamat kilingan yer-suv, molmulk shunday atalgan. O’rta asrlardan boshlab, ayniqsa, Amir Temur va temuriylar hamda o’zbek xonliklari davrida davlat va hukumat oldidagi alohida xizmatlari uchun boy-badavlat kishilar, amaldorlar, yuqori lavozim egalariga hukmdorlar tomonidan in‘om etilgan yer, mol-mulk suyurg’ol deyilgan. Bunday toifa kishilar olayotgan daromadlari uchun barcha soliq va majburiyatlardan ozod etilgan bo’lib, mol-mulkdan o’z ixtiyorlaricha foydalanib kelganlar. Hatto ular egalik qilgan boyliklar ajdodlardan avlodlarga meros tarzida o’tib kelgan. O’rta Osiyoda suyurg’ol tizimi Amir Temur hukmronligi davrida ancha kuchaygan bo’lib, hukmdor davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun sarkardalar, viloyat hokimlari, beklar va boshqa hurmate‘tibordagi alohida toifa kishilarga dehqonchilik yerlari, yaylovlar, ariq va kanallarni suyurg’ol tarzida in‘om etgan. Ushbu tizimning yana bir o’ziga xos tomoni shundan iborat bo’lganki, ularni boshqargan yer egalari o’zlariga tortiq qilingan joylardagi aholidan olinadigan davlat soliqlarini to’laligicha yo ma‘lum bir ulushini o’zlariga olishlari mumkin bo’lgan. Suyurg’ol yerlar hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega shaxslarning tabaqasiga qarab in‘om etish jihatidan turlicha bo’lgan. Odatda, shahar yoki viloyatlardan tortib to alohida qishloqqacha suyurg’ol shaklida in‘om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyat ko’pincha hukmron sulola namoyondalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan. Suyurg’ol egasiga suyurg’ol yeri (hududi) doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va turli to’lovlarni to’plash hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan. Aholining ko’chmanchi qismidan olinadigan asosiy soliqlardan biri kopchur (kobchur) yasog’i (mugulcha kubchur), ya‘ni har bosh chorvaga solinadigan soliq edi. Xon yorliqlariga qaraganda, bu soliq Munka davridan (1251 - 1260) mavjud bo’lib, chorvaning yuzdan birini tashkil etar edi7. Keyinchalik bu soliq pul jarimasi bilan almashtirilgan va ko’chmanchilardan ham, o’troq aholidan ham xar 100 bosh molga 70 tanga olingan. Oshliq - oziq-ovqat solig’i bo’lgan. Bu soliq, adabiyotlarda qayd etilishicha, faqat urush paytida olingan. Oshliq - xalq uchun eng og’ir soliq bo’lib, favqulodda hollarda joriy qilingan. Oshliqning miqdori hukmdorlar va zodagonlarning zaruratlari va harbiy talab-extiyojlariga bog’liq bo’lgan. Barot (arabcha) - temuriylar hukmronligi davrida diniy ulamo va shayxlarga davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun ma‘lum shart bilan biror mulk yoki mansabni egallash orqali xalqdan soliq to’plash, g’alla, yem-xashak yig’ish uchun berilgan maxsus yorliq yoki hujjat. Bunday hujjat olgan kishi barotdor deb atalgan. Bu xususiyatlar esa o’rta asr hukmdorlarining o’zboshimchalik bilan davlat xazinasini o’zlashtirish va o’z manfaati yo’lida turli ishlarni amalga oshirayottan bir davrda soliqlarga nisbatan butunlay yangicha qarash edi. Temur avval hukm surgan soliqlarni qoldirishga harakat qildi. Shuning uchun ham biror hududni o’z davlatiga qo’shib olganda yangidan-yangi soliq turlarini joriy qilmaydi. ―Agar yerlik fuqaro azaldan berib kelgan xiroj miqdoriga rozi bo’lsa, ularning roziligi bilan ish ko’rsinlar, aks holda (xirojni) tuzuklarga muvofiq yig’sinlar‖ deyiladi Tuzuklarda. Bu, o’z navbatida, bir tomondan, o’sha hududni boshqarishga yengillik yaratsa, ikkinchi tomondan, bu borada oldindan mavjud bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etishga ko’mak bergan. Download 105.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling