Amir temur va temuriylar davlatchiligida soliq munosabatlari


§ 5.2. Amir Temurning soliqqa oid qarashlari va soliq siyosatini belgilashda “Temur tuzuklari”ning o’rni


Download 105.28 Kb.
bet5/12
Sana31.01.2024
Hajmi105.28 Kb.
#1829048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATCHILIGIDA SOLIQ MUNOSABATLARI

§ 5.2. Amir Temurning soliqqa oid qarashlari va soliq siyosatini belgilashda “Temur tuzuklari”ning o’rni
Amir Temur turmush tajribalari asosida ishlab chiqqan va uning hukmi bilan qonun darajasiga ko’tarilgan qoidalardan iborat to’plam tarixiy asarlarda turli tildagi tarjimalarga mos holda ―Temur tuzuklari, ―Tuzuki Temuriy, ―Temurning aytganlari, ―Voqeoti Temuriy, ―Amir Temurning boshidan kechirganlari, ―Ulojeniye Temural deb yuritilgan.
―Tuzuk so’zi asli eski o’zbek tilida ―qonun-qoidalar to’plami yoki ―nizom kabi huquqshunoslikka oid ma‘noni anglatgan.
―Tuzuklar‖ Temur saltanati, uning davlat tuzumi, boshqarilishi, sud qurilishiga oid juda muhim qoidalar va ma‘lumotlarni o’zida aks ettirgan, XIV asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy voqealarni o’rganishga oid tarixiy hujjatdir. Yuridik tilda aytganda, bu hujjat ma‘muriy-siyosiy va harbiy Kodeksdir.
U ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismi tarjimai hol xarakteriga ega. Bunda 150 yil davom etgan mo’g’ul-chig’atoy sulolasining istibdodidan qutulish, O’rta Osiyodagi markazlashgan davlatni tuzish bilan bog’liq ijtimoiy-siyosiy voqealar bayon etiladi.
Ikkinchi qismida esa ulkan davlatning valiahd va amirzodalar tomonidan qay tarzda boshqarilishi, yirik mansabdorlarni tayinlash, harbiy qurilish, sud yuritish, armiyani tuzish, sarflash ta‘minoti masalalarini o’z ichiga oladi. ―Saltanat qurish, davlat tutish ishlarini bir necha tuzukka bog’ladim va saltanatda boshqarish haqida qo’llanma yozib qoldirdim‖, deb yoziladi tuzuklarda.
Temur soliq siyosatining asosiy qoidasi ―Tuzuklarda
sohibqironning o’z farzandlariga qoldirgan siyosiy vasiyatida keltirilgan: ―Soliqlarni yig’ishda xalqni soliqlar bilan ezib qo’yishdan yoki viloyatlarni xonavayron qilishdan ehtiyot bo’lish zarur. Zero, xalqning xonavayron bo’lishi davlat xazinasining qashshoqlashishiga olib keladi, xazinaning nochorligi oqibatida esa harbiy kuchlar parokanda bo’lib, bu esa o’z navbatida hokimiyatni zaiflashtiradi‖. Temurning fikriga ko’ra, qonunni ishlab chiqishda, avvalo, xalqning manfaatlarini hisobga olish, uning to’lov qobiliyatidan kelib chiqish zarur. Har bir alohida xo’jalikda boy-badavlatlik darajasi soliqqa tortishga asos qilib olinishi kerak.
―Temur tuzuklarida har qanday jamiyat uchun iqtisodiyot ustuvorligi ifodalanib, quyidagi xulosa berilgan: ―Davlatu-saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan bardamdir. Oqil vazir bularning har uchalasini yaxshi ahvolda saranjom tutadi‖. Bu xulosa ko’proq xazinaga taaluqlidir.
―Temur tuzuklarida ―xarob bo’lib yotgan yerlarning egasi bo’lsayu, lekin obod qilishga qurbi yetmasa, unga turli asboblar va kerakli narsalar bersinlar, toki o’z yerini obod qilib olsin deyiladi. Unda yana shunday deyiladi: ―Kimki, biron sahroni obod qilsa, yo biron bog’ ko’tarsa, yoki biron-bir xarob bo’lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili esa (oliq-soliq) qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig’ilsin‖. Ko’rinib turibdiki, Temur davlatida fuqarolardan soliq undirib olishdan oldin, ularga albatta zarur shartsharoitlar yaratib berish lozim bo’lgan.
Hozirgi zamon tili bilan aytganda, davlat ixtiyoridagi xazina – ikki shakldagi jamg’armadan tarkib topgan. Birinchisi asosiy xazina bo’lib, bunda uzoq yillar davomida avloddan-avlodga meros bo’lib kelgan boylik va durdonalar saqlanar edi. Ikkinchi jamg’arma joriy xarajatlar uchun mo’ljallangan, buning uchun mablag’ yetishmaganda birinchi (asosiy) xazinadan ―qarz‖ olinar edi. Yillar davomida xazinaning holati o’zgarib turgan, ba‘zan taqchillik sezilib, uni to’ldirish uchun qo’shimcha soliq va yig’imlar ham joriy etib turilgan.
Amir Temurning xazinani boshqarishdagi tartiboti shundan iborat bo’lganki, u xazinadagi birinchi jamg’armani saqlab qolgan holda ikkinchi jamg’armaning shakllanishi va sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytiradi. Har ikkala jamg’armadagi mablag’lar harakati yozib boriladigan bo’ldi. Bundan tashqari, ikkinchi jamg’arma xarajatlariga mablag’lar berish vazirlar zimmasiga yuklatildi. Har bir vazir o’ziga topshirilgan daromad va xarajatlar ustidan nazorat olib boradigan bo’ldi.
Eng muhimi markaziy xazina bilan uluslar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarga aniqlik kiritildi. Mahalliy ehtiyojlar belgilangan tartibda mablag’ bilan ta‘minlanadigan bo’ldi. Amir Temur aksariyat hollarda xazinaning joriy xarajatlar manbai hisoblangan ikkinchi bo’limiga alohida e‘tibor bergan. Bu hol Amir Temurning soliqlar demokratik xususiyatini chuqur anglaganligidan guvohlik beradi.

Download 105.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling