Amir temur va temuriylar davlatchiligida soliq munosabatlari
§ 5.4. Temuriylar davrida din peshvolariga ko’zda tutilgan imtiyozlar
Download 105.28 Kb.
|
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATCHILIGIDA SOLIQ MUNOSABATLARI
§ 5.4. Temuriylar davrida din peshvolariga ko’zda tutilgan imtiyozlar
O’rta asrlar va uning oxirlaridan boshlab, Amir Temur va temuriylar davrida ham jamiyatda ayrim toifa kishilar umumdavlat va mahalliy soliqlardan butunlay va qisman ozod etilganlar. Bunday kishilar toifasi oliy musulmon jamoasi a‘zolari va Muhammad Payg’ambar xonadonining avlodlaridan bo’lgan sayidlar va xo’jalar edi. Tarixiy adabiyotlarda ana shunday kishilar qatorida Xoja Axmad Yassaviy, Xoja Ahror Valiy, Buxoroda Muxammad Islom xo’ja Sa‘d (Juybor xo’jalari) va ularning avlodlari keltirib o’tiladi56. Ma‘lumki, Xoja Axror o’z davrining badavlat, obro’li, diniy ulamo hamda avliyosi sifatida tanilgan bo’lib, butun Movarounnaxr olamida davlatning ijtimoiy-siyosiy xayotida katta nufuzga ega ekanligi bilan shuhrat qozongan edi. Ulamoning pir va avliyolik jihati bilan birga, qo’li ostida katta miqdordagi yer-suv, mol-mulkning to’planganligi edi. Tarixiy adabiyotlar va ilmiy tadqiqotlarda qayd etilishicha, uning yirik-yirik shaharlarda karvonsaroylari, sardobalari, bozorlari, savdo rastalari, do’konlari, hammomlari, tegirmonlari, moyjuvozlari bo’lgan57 56 Чехович О.Д. Самаркандские документы в XVI-XVI вв. (о владениях Ходжи Ахрара в СреднейАзии и Афганистане) факсимиле, критический текст, перевод, примечание и указатели.- Москва. 1974. Кутбаев. З.А. К истории вакуфных владений Ходжи Ахрара и его потомков. Авгореф. дисс. 57Mallaboev B. Chorizmping Turkistonda vak;f mulkchilik siyosati (Xuja Аxror Valiy avlodlari vak;f mulklari misolida). tarix. fan. nomz. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. Аvtorsferati. -T, 2004. -B. 13-21. Болпшбоев С Д. Вакфное имущество в Туркестанском крае во второй половине XIX и в начале XX веков. Авторе. Дисс... канд. исг. Наук. - Т., 1995 10-17, Xo’ja Axror Valiy va uning avlodlariga tegishli mulklar O’rta Osiyo hamda shimoliy Afg’oniston hududlarida 64 ta qishlok, 1300 ga yakin turli o’lchamdagi yer maydonlari bo’lgan. Ul piri murshid va avlodalari garchand soliq va boshqa to’lovlardan ozod etilgan bo’lsada, o’z ixtiyori bilan davlat xazinasiga va hukmdorlarga sovg’a va ehson tariqasida doimo mol-mulkidan bir qismini har yili o’tkazib turgan. Uning g’alla, don va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari bilan bog’liq xar yili davlatga to’laydigan solig’ining o’zi 80 ming botmonni tashkil etgan. U daromadning ma‘lum qismini xayrli ishlarga sarflagan, oddiy xalq, beva-bechoralar, miskinu-faqirlarga xayr-ehson tariqasida tarqatgan. O’z davrida turli ichki nizolar va o’zaro urushlarni oldini olgan, to’lanmagan olik-soliqlarni o’z hisobidan to’lab, odilona siyosat bilan sulhparvarlik qilgan. Masalan 1463 yili temuriyzoda Umarshayx Mirzo Toshkent ahlidan katta miqdorda xiroj talab qilganda, Xoja Axror uni o’z hisobidan to’lagan, xunarmandlar va bozor ahlidan olinadigan tamg’a solig’iga qarshi chiqqan. Hazrat eshon barcha soliqlardan ozod qilinganiga qaramay, ayrim yillari hamma qatori xiroj, ushr va boshqa soliqlarni to’lab turgan. Xoja Axror har yili Sulton Axmad mirzo (14581494 yillari Movarounnaxr hukmdori) ning devoniga 80 ming man (botmon) g’allani xiroj o’rnida yuborib turgan, yiliga unga xirojning bir qismi sifatida 10 ming kumush tanga berib turgan8. O’rta asrlardan boshlab, xususan, temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar davrida ham jamiyatda ayrim toifa kishilar umumdavlat va mahalliy soliqlardan batamom yoki qisman ozod etilganlar. Bunday kishilar toifasi oliy musulmon jamoasi a‘zolari va Muxammad Payg’ambar xonadonining avlodlaridan bo’lgan sayidlar va xo’jalar edi. Tarixiy adabiyotlarda ana shunday kishilar qatorida Xo’ja Axmad Yassaviy, Xo’ja Axror Valiy, Buxoroda Muxammad Islom xo’ja (Juybor xo’jalari) va ularning avlodlari keltirib o’tiladi. Movarounnaxrning yuksak e‘tibordagi tarixiy shaxslari orasida buxorolik Jo’ybor xo’jalaridan xo’ja Muxammad Islom, xo’ja Sa‘d hamda ular avlodlarining o’ziga xos nufuzi va o’rni bo’lganligini tarixiy manbalar ko’rsatadi. Buni, keyinchalik shayboniyzoda hukmdor Abdullaxon II tomonidan Muxammad Islom avlodlarini soliq, mol-xiroj masalasida hech kim bezovta qilmasligi to’g’risida farmon bergani ham isbotlaydi. Yana bir mashxur din ulamosi Xo’ja Tojiddinning Buxoro viloyati va tumanlarida joylashgan 20 ming tanob atrofidagi yer-mulklaridan soliq olinmaganligi haqida ham ma‘lumotlar mavjud. Bunday yerlar oliq-soliqlardan ozod etilganligi to’g’risida maxsus hujjatlarga ega bo’lib, ular podsho, bek, amir yoxud xonlar tomonidan tasdiqlanishi shart bo’lgan. Jo’ybor xo’jalari o’zlarining Buxoro, Miyonqol, Samarqand, Toshkent, Savron, Turkiston, Axsikat, Nasaf, Hisor, Termiz, Qubodiyon, Balx, Badaxshon, Hirot, Marv, Murg’ob, Mashhad va boshqa joylardagi mavjud yirik yer-suvlari, behisob mol-mulklarini soliq to’lamasdan ko’plab amaldorlar yordamida boshqarganlar. Xo’jalar o’z shaxsiy devonlari va daftarxonalarini, ya‘ni barcha mulkni (jumlat ul-mulk) nazorat qilib turuvchi moliyaviy idoralarni ham tashkil qilganlar. Daftarxonada daftardor (hisobchi) va kotib kabi amaldorlar ishlaganlar. Shuningdek, ular xizmatida qushbegi, miroxur, mirishikor, mushrif, qozi bakovul, kerak yaroqchi kabi bir qator mansablar ham mavjud bo’lgan. Xo’jalarga tobe bo’lgan ko’chmanchi qabilalar ustidan maxsus amaldor –dorug’a rahbarlik qilgan. Bundan ko’rinadiki, Jo’ybor xo’jalari ma‘lum davlat idora uslubiga o’xshash boshqaruv idorasini tuzganlarki, bu o’z o’rnida ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi kuch-qudrati va mavqeidan dalolat beradi. Download 105.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling