Amir temur va temuriylar davlatchiligida soliq munosabatlari


-rasm. Amir Temur davrida soliq imtiyozlarining asosiy


Download 105.28 Kb.
bet8/12
Sana31.01.2024
Hajmi105.28 Kb.
#1829048
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATCHILIGIDA SOLIQ MUNOSABATLARI

5.5-rasm. Amir Temur davrida soliq imtiyozlarining asosiy


55 ko’rinishlari
Amir Temur moliya va soliq tizimini boshqarishda quyidagi tamoyillarga asoslanib ish tutgan, degan xulosaga kelish mumkin.


  1. Ахмедова Б.А. Махмуд ибн Вали. Море тайн относительно доблестей благородних. Введение, примечания, указатели Т.: Красная гвардия. 1977. – С. 38 - 92.

  2. Oblomurodov N., Tolipov F. Oʼzbekistonda soliqlar tarixi. T.: ―Iqtisodiyot-Moliya‖ 2009. – 42-67 bet.

Birinchi tamoyil – adolatparvarlik tamoyili. Soliqqa tortishning ommaviy xarakteri, soliqni fuqarolarning daromadlariga qarab taqsimlash.
Ikkinchi tamoyil – aniqlik tamoyili. Bunga asosan soliq to’lovchiga soliq hisoblash usuli va to’lash vaqti oldindan ma‘lum bo’lishi kerak.
Uchinchi tamoyil – soliq to’lash va undirish aholiga qiyin bo’lmasdan, qulay bo’lishi kerak. Soliq fuqarolar uchun qulay vaqtda va usulda undirilishi kerak.

5.6-rasm. Amir Temur davrida soliqqa tortish jarayonini tashkil etishda qo’llanilgan tamoyillar
To’rtinchi tamoyil - soliqlarni tobora takomillashtirib, soliq to’plash xarajatlarini esa kamaytirib borish tamoyili.
Bu tamoyillarni Amir Temur ―Tuzuklar‖da o’ziga xos mulohaza bilan bayon qilgan. Masalan, uning fikricha, soliq hosil pishib yetilgandan keyin olinishi kerak. Bundan tashqari, Temurning tashabbusi bilan favqulodda va mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan soliqlarning bir qanchasi bekor qilinadi. Bular qatoriga sovariy (oliy mansabdagi kishilarga sovg’a uchun olinadigan), qo’nalg’a (elchilar va choparlar uchun mehmon puli), shilon (saroy xizmatchilari uchun sovg’a) va boshqalar kirgan.
Amir Temur davlati moliyasini tahlil etganda markaziy va mahalliy xazinalarga tushadigan barcha to’lovlar bilan birga, ayrim soliqsiz daromadlar ham e‘tiborda tutilishi kerak. Quyida shulardan ayrimlarini keltiramiz:

    • chorvachilikdan keladigan daromadlar;

    • bosib olingan mamlakatlar xazinalarini musodara qilishdan keladigan daromadlar;

    • oltin va kumushdan pul zarb qilishdan keladigan daromadlar;

    • nodir metallarni qazib olish va ularni sotishdan keladigan daromadlar;

    • bedarak yo’qolgan shaxslardan qolgan, vorissiz mol-mulklar;

    • qozilar va shayxulislomlarning hukmi bilan olingan jarimalar;

    • tashqi savdoni rivojlantirishdan tushgan daromadlar;  sovg’alar va xazinaga taqdim qilingan boshqa daromadlar.


Download 105.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling