Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika
-Mavzu: Boshlangʼich sinf oʼquvchilarida tanqidiy tafakkur koʼnikmalarini shakllantirish texnologiyasi
Download 0.87 Mb.
|
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
2-Mavzu: Boshlangʼich sinf oʼquvchilarida tanqidiy tafakkur koʼnikmalarini shakllantirish texnologiyasi
REJA: 1.Taʼlim jarayonida boshlangich sinf o’quvchilarini fikrlash va aqliy rivojlanishning xususiyatlari. 2.Boshlangʼich sinf oʼquvchilarda tanqidiy tafakkur koʼnikmalarini shakllantirishning kontseptual asoslari. 3.Boshlangʼich sinf oʼquvchilarda tanqidiy tafakkur koʼnikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik jihatlari Tayanch tushunchalar:tanqidiy fikrlash,tanqidiy tafakkur,tanqidiy tafakkur ko’nikmalari, tanqidiy tafakkur ko’nikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik jihatlari. Har bir fanda o‘quvchilarning kognitiv ko‘nikmalari, tanqidiy va ijodiy fikrlashi, ko‘p savodlilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarini o‘quvchilarda teran idrok etish va ular to‘g‘risida mulohaza yuritish, Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni va istiqboliga daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish, ularda ijodiy, tanqidiy, nostandart fikrlash, notiqlik, moslashuvchanlik, o‘z fikrini ijodkorona yetkazib bera olish ko‘nikmalarini shakllantirish zamonaviy ta’limning ajralmas qismidir. XXI asr pedagogikasi tanqidiy tafakkurni rivojlantirish, kreativ muhit, kreativ shaxs, o‘z faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish qobiliyatining rivojlanganlik darajasiga ehtiyoj asosida ish tutish lozimligini uqtirmoqda. Bugungi olib borilayotgan tadqiqotlar insoniyatning zamonaviy bilimlarni egallashlari va ularni amalda qo‘llash uchun maxsus qobiliyatlarni shakllantirish uchun muhim ekanligini isbotlamoqda. Fikr inson tomonidan tug‘iladigan g‘oyat katta kuch va fikrlash jarayonini universal shaklidir. Fikrlash – biror muammoni yechish maqsadida mulohaza yuritmoq yoki o‘ylamoqdan iborat bo‘lgan psixologik jarayondir.Fikrlash – o‘qish, yozish, so‘zlash va eshitishga o‘xshash jarayon bo‘lib, u faol muvofiqlashtiruvchi hamda o‘zida biror haqiqat to‘g‘risidagi fikrlarni qamrab oladi. Bu tanqidiy fikrlash tarixi 2500 yil oldin boshlangan. Eramizdan avvalgi 400-300 yil oldin yashagan fikrlash asoschilari yunon faylasuflari Platon va Suqrot, Aristotel davridan beri tanqidiy fikrlash juda ko‘p munozaralar va fikrlar mavzusi bo‘lib kelgan va hozirgi davrga qadar dolzarb mavzusi bo‘lib kelmoqda. Olimlar tahlil qilish, mulohaza yuritish va tanqiddan iborat analitik fikrlash sistemasini yaratganlar.Xususan,Suqrot yangi g‘oyani taklif qilishdan ko‘ra nima «yomonligini» ko‘rsatishni muhim deb bilgan. Suqrot nazariyasiga ko‘ra o‘quvchilarga tanqidiy fikrlashni o‘rgatishning eng mashhur usuli “Sokratik so‘roq” bo‘lib aniqlik va mantiqni keltirib chiqaradi deyilgan. Shunga asosan tanqidiy tafakkur – narsalar va hodisalarni tahlil qilish, asosli xulosalar chiqarish maqsadidagi mulohazalar sistemasi bo‘lib, u tanqidiy baholash xarakteriga ega. Ya’ni u tanqidga tayangan analitik fikrlashdir. Tanqidiy fikrlashning ijodiy manbalari qadim zamonlarga borib taqaladi. Uning faolligi yaxshi xotiralashga imkon yaratishi, narsalar, jarayonlar va hodisalar mohiyatiga chuqur kirib borishiga yordam berishi ko‘hna zamonlardayoq ma’lum bo‘lgan. Sharq mutafakkirlarimizning ilmiy merosiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning ilm-aql, fikrlash tanqidiy tafakkurning mezoni sanalishini o‘zlarining asarlarida batafsil yoritganlar.Darhaqiqat inson kamolotga erishishida aqliy, axloqiy, jismoniy rivojlanishining o‘rni beqiyosdir. Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino va ular izdoshlari gnoseologik qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, inson ongida predmet timsoli (obrazi)ni mavhumlashtirish jarayoni mutafakkirlar e’tiborini doimo jalb etgan. Xorazmiy tanqidiy fikrlash nazariya¬sini rivojlanishiga muhim hissa qo‘shdi. U tajriba-kuzatish va eksperimental metod, samoviy jismlar harakati, shuningdek, er sathidagi punktlarni jadval ko‘rinishida ilk bor ilmiy asosladi, induksiya va deduksiya jihatidan yagona, alohida va umumiyning birligi tamoyilini aniqlashtirdi: xususiy holdan alohida holdagi tenglama (olti tenglama)ga o‘tdi, lekin umumiy (qonuniy) turgacha etmadi. Hozirgi paytda hamma e’tirof etgan umummilliy metod bo‘lgan matematik masa¬lalarni hal etishning algoritm metodini ishlab chiqdi. Buyuk qomusiy olim Farobiy (873-950) «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida» asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu olam asoslari haqidagi ilmdir. Shuningdek,tabiiy ilmlarni tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish lozim. Farobiy dunyoni insonning o‘z bilimi aqli yordami bilan bilishni nazarda tutib, tushunish esa (narsalarning mohiyatini) umumiy qoida va qonunlar to‘g‘risidagi harakat bo‘lib, ularning oxiri bor va chegaralangan hamda umumlashtirilgandir — deb yozgan edi.5Farobiy fanlarga bilimlarni o‘zlashtirish va to‘plashning zarur vositasi sifati¬da muhim ahamiyat berdi, ularni egallashni esa savodxonlik ko‘rsatkichi deb hisobladi.Uning aytishicha, hissiyot a’zolari, yurak va miya inson tug‘ilgandan ato etilgan, bilim, turli xil aqliy va axloqiy xususiyatlar, xarakter belgilari, ta’lim olish va boshqalar inson hayotiy tanqidiy fikrlashi jarayonida egallanadi. U inson xarakterining turli xususiyatlari va axloqiy fazilatlari: dadillik, mardlik, do‘stlik, saxiylik, zukkolik, haqqoniylik va hokazolarni belgilar ekan, ularni shaxsni tarbiyalash va o‘z-o‘zini tarbiyalash natijasi deb hisoblaydi. Ibn Sino tanqidiy fikrlash turli xillarining keng manzarasini ochib berdi. Ularni ruhning xilma-xil kuchlari deb tasvirladi va bu kuchlarning anchagina qismini ilohiy ibtido hukmi ta’siridan ajratib oldi. U qadimgi (antik) an’anaga muvofiq ruhni uch ko‘rinish: nabotot, hayvonot va aqlga ajratadi.Birinchisi ikki kuch – harakatlantiruvchi va qabul qiluvchiga bo‘linadi. Qabul qiluvchi, o‘z navbatida, tashqari va ichkaridan qabul qiluvchiga ajraladi. Birinchisiga besh yoki sakkiz hissiyot tegishlidir. 6Jumladan, komusiy olim Abu Rayxon Beruniy o‘z asarlarida bu boradagi masalalarga alohida to‘xtalib, o‘quvchi shaxsi, tafakkurini rivojlantirish uchun ta’lim berishda ko‘proq qaysi tomonlarga e’tibor berish kerakligini bayon qiladi. Xususan, olimning fikricha , o‘qitishda yodlatish emas, balki tushunish, mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqarish yo‘llariga amal qilish muhimdir. Ushbu keltirilgan fikrlarning mazmunini yaxshiroq anglab olish uchun qomusiy olimlarimiz ta’kidlaganidek, bolaning mustaqil,tanqidiy fikrlashi jarayonida o‘zlashtirilgan bilimlari biror-bir manbadan tayyor holda olingan bilimlar bilan qiyoslaganda katta afzalliklarga ega. Kengroq va tezroq rivojlangan bu bilimlar o‘quvchilar e’tiqodiga, ular tafakkuri hamda faol amaliy-tanqidiy fikrlashi quroliga aylanadi. Biroq o‘quvchilar tanqidiy fikrlashini shakllantirishga bag‘ishlangan ta’limotlarning nazariy tahlili shuni ko‘rsatadiki,pedagogika fani asoschilari qarashlarida uning ko‘pgina jihatlari, jumladan, ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tanqidiy fikrlashlari mohiyatini tushunishda hozircha hamjihatlik yo‘q. Shuningdek, ularda muammo mohiyatni talqin qilish nazariyalari turlichadir. «Tanqidiy fikrlash” atamasi ilk bor XX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. Mazkur tushuncha haqida tafsilot berishdan oldin, muayyan fikrlash ko‘nikmalari ustida to‘xtalish maqsadga muvofiqdir.Chunki fikrlash ko‘nikmalari o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni tarkib toptirish uchun nihoyatda zarurdir. Ta’lim maqsadini tavsiflash uchun "tanqidiy fikrlash" atamasidan foydalanish amerikalik faylasuf Jon Dyuiga (1910) borib taqaladi, u ko‘proq uni "reflektiv fikrlash" deb atagan. U shunday ta’rif berdi: “Har qanday e’tiqod yoki bilimning taxminiy shaklini uni qo‘llab-quvvatlovchi asoslar va u moyil bo‘lgan keyingi xulosalar nuqtai nazaridan faol, qat’iyatli va diqqat bilan ko‘rib chiq va bunday mulohaza yuritish odatini ilmiy nuqtai nazar bilan aniqladi. Jon Dyui tanqidiy fikrlashni ta’limning yakuniy intellektual maqsadi deb bildi, lekin uni maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirishdan ajratib, uni asosiy ahloqiy maqsad deb bildi. Uning fikricha: «O‘quvchilar muayyan muammo bilan shug‘ullana boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi. SHu sababli, ta’lim jarayonining boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan, biror vaziyat yoki hodisaga tegishli bo‘lgan eng muhim savol bu hodisa qanday muammoni vujudga keltirishini anglatadigan savoldir. Faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini izlagandagina, o‘quvchi haqiqatan ham fikrlaydi». Darhaqiqat, rejali va maqsadli o‘qitish va tarbiyalash jarayonida o‘quvchilarning intellekt darajasini aniqlash zaruriyati tanqidiy fikrlashni shakllantirishni vujudga keltirgan. O‘z ibtidosida bu natijalar oddiy pedagogik metodlar orqali aniqlangan.7 CHarlz Templ, Kert Meredist, Djinn Stillarning “O‘qish va yozishorqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirish” 8 (O‘YOTF) loyihasida quyidagilar ta’kidlanadi: “Odam tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g‘oyalar bilan tanishadi, ularni amalga oshirishdagi mumkin bo‘lgan oqibatlarini ham e’tiborga oladi. Bunda odam bu g‘oyalarni, dastlab, ma’lum darajadagi ishonchsizlik bilan idrok qiladi va qarama- qarshi nuqtai nazarlar bilan taqqoslaydi. Ularni asoslash uchun qo‘shimcha mulohazalar tizimidan foydalanadi va bular asosida o‘z nuqtai nazarini ishlab chiqadi”.9 Darhaqiqat, «tanqidiy fikrlash» atamasidan pedagogik muhitda anchadan beri foydalanib kelinmoqda, ammo uning talqinlari bugungi kungacha turlichadir. Bir qator pedagog-psixolog olimlar I.S. Kon, L.S. Rubinshteyn, S. S. G‘ulomov, E. G‘ozievlar tanqidiy fikrlash «yuqori tartibdagi» fikrlashni bildiradi (Benjamin Blum tizimiga ko‘ra o‘rganish qobiliyatlarining so‘nggi oliy pog‘onasi), degan g‘oyani ilgari surishsa, faylasuf olimlar (3. G‘ofurov, J. Tulenov, Q. Nazarov) fikrlaricha tanqidiy fikrlash deganda mantiqiy fikrlash va uni asosli isbotlash ko‘nikmalari tushuniladi, uning yordamida o‘quvchilar diqqat bilan o‘qish, chuqur munozaralar yuritish va yozuvda o‘z fikrlarini aniq va o‘ylab ifoda etish imkonini oladilar. SHu o‘rinda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning quyidagi gaplari yodimizga tushadi: “Tanqidiy tahlil,qatiiy tarib-intizom va shaxsiy javobgarlik –har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.(Sh.M.Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak”. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-shtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan shtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. 2017-yil 14-yanvar.) Bugungi zamonaviy yoshlarimizda davlatimiz rahbari aytganidek, tanqidiy tahlilni yoshligidan o‘rgatib boradigan bo‘lsak, biz kutgan natijaga erisha olamiz,ular jamiyatimizning etuk kadrlari bo‘lib etishadi. Bizning fikrimizcha, amaldagi bunday bo‘shliqlarni to‘ldirish va ta’lim amaliyoti o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash qo‘nikmalarini shakllantirish natijasida har bir rejali o‘quv jarayonining didaktik ta’minoti e’tiborga olish, o‘quvchilarni o‘quv materialini qanday o‘zlashtirayotgani doimiy monitoringini ishlab chiqish, ta’lim jarayonidagi muammolarning echimini topishga harakat qilish zaruriyati paydo bo‘lmoqda. O‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini shakllantirish shunday uslubiy xizmatni talab etadiki, bunda yoshlarning shaxsiyatiga zarar keltirmaslik, ularning pedagogik dahlsizligini ta’minlash hamda milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar orqali ularga ijobiy ta’sir ko‘rsatish lozim bo‘ladi. O‘quvchilarni tanqidiy fikrlash uchun eng avvalo, ularning o‘zlari mas’ul ekanliklarini anglatish lozim. Pedagogning vazifasi esa tanqidiy fikrlashni rag‘batlantirib turuvchi muhitni yaratishdan iborat bo‘ladi. Darhaqiqat, tanqidiy fikrlash – axborotlarni o‘zlashtirishdan boshlanadigan va xulosa chiqarish bilan tugallanadigan murakkab o‘ylash jarayonidir.Ta’kidlash joizki, tanqidiy tafakkur – bilish faoliyatining yuqori darajasi sifatida o‘quvchilarda matn bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirishga, og‘zaki va yozma nutqni egallashga, mazkur matn bo‘yicha o‘rtoqlari bilan birgalikda harakatda bo‘lishiga qaratilgan pedagogik texnologiya. Tanqidiy tafakkur – o‘quv jarayondagi ruhiyatni o‘zgartira oladigan strategiyalar majmuidir, ya’ni mashg‘ulot o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodxonasiga aylanadi. Tanqidiy tafakkurning tuzilishlari, aqliy faoliyatning umumlashgan usullarining shakllantirish yo‘llarini belgilovchi alohida komponentlarning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi. SHu bilan birga mazkur tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlashning barcha komponentlarini egallashga yo‘naltirish asosida tizimli ta’limga tayyorlash va shaxsni har tomonlama faollashtirish oldinga suriladi. Bu maqsadlarni tugal konsepsiya sifatida amalga oshirish an’anaviy didaktik tizimlarning barcha bo‘g‘inlarini takomillashtirish, shu jumladan, o‘quvchilarning faol tanqidiy tafakkurini shakllantirishning motivlari, metodlari va tashkiliy vositalarini ta’minlash uni inson taraqqiyotining turli yosh bosqichlarida chuqur tadqiq etish zaruriyatini talab etadi. O‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish deganda nimalar nazarda tutiladi? Tanqidiy fikrlash - bu axborotlarni ob’ektiv tahlil qilish va asosli xulosa chiqarish qobiliyatini anglatadi. Bu ma’lumotlar, asoslar, kuzatiladigan hodisalar va tadqiqot natijalari kabi manbalarni baholashni o‘z ichiga oladi. Tanqidiy fikrlash - bu xulosa chiqarish uchun dalillarni tahlil qilish, murakkab mavzular va ob’ektlardagi dalillarni tanqidiy , xolis tahlil qilish yoki baholashni o‘z ichiga olgan bir nechta turli xil ta’riflardir. Dars va darsdan tashqari olib boriladigan faoliyat davomida o‘quvchilar tomonidan olib boriladigan mashg‘ulotlar ko‘pincha tadqiqotchilikga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda o‘quvchining mustaqil harakatlanishda, unga berilayotgan topshiriqlar va ularni echimini topishda o‘quvchining mantiqiy tafakkurini rivojlantirib borish va tanqidiy fikrlashiga yo‘naltirish doimo muammo bo‘lib qolmoqda.Ta’kidlash joizki, ijtimoiy ong, aql-zakovat, borliqni idrok etish, ilm cho‘qqisiga intilish hissi insonni fikr tarbiyasining samarali yo‘llari, shakl va metodlarini takomillashtirishga undaydiki, bu, o‘z navbatida, yosh avlodda tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirishning ta’sirchan mexanizmlarini topishga zamin yaratadi. Bugungi kunda o‘quvchilarni «o‘qishga o‘rgatish» va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O‘quvchilar yangi axborotlarga duch kelar ekan, uni mustaqil ravishda baholashi, unga turli xil nuqtai-nazardan qarashi, undan o‘z ehtiyoj va maqsadlari yo‘lida foydalana olish imkoniyati to‘g‘risida xulosa yasay olishlari zarur. Tanqidiy fikrlash muloqot madaniyatini o‘stiradi va guruh bilan ishlash malakalarini rivojlantiradi. So‘nggi yillarda o‘quvchilarda tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirish aynan aniq fanlarni o‘qitish jarayoniga keng ko‘lamda joriy etish masalasiga keng miqyosda urg‘u qaratilmoqda. Ayniqsa, prezident maktablarida “STEAM — ta’lim”, “Cambridge o‘quv dasturi”, “Mahalliy o‘quv dasturi” o‘quv dasturlari asosida chuqur ixtisoslashtirilgan ta’lim berilmoqda. SHu o‘rinda bir savol tug‘iladi, nima uchun aynan, aniq fanlarni o‘qitishga bunday ta’lim texnologiyalarni joriy etish ehtiyoji tobora ortib bormoqda? Sababi o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish orqali o‘quvchilar tomonidan predmetlarning prototiplarini modellashtirish va qurishga taklif qilinadigan mashg‘ulotlarni tashkil etish, o‘quvchilarga qat’iyatlilik, o‘z kuchiga ishonish, shuningdek, sinfda olingan nazariy bilimlarga bo‘lgan ehtiyojga ishonch hosil qilish imkonini beradi. Tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini o‘quvchilarda shakllanganligi va rivojlanganligi strukturasi quyidagi sxemada o‘z aksini topgan O‘zbekiston davlatining har tomonlama rivojlanishi va amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati yosh avlodning mustaqil fikrlashi, keng bilimi, tarbiyasi va umumiy madaniyatining shakllanganlik darajasiga bog‘liq. Shu sababli, jamiyatimizdagi barcha yoshlarni mustaqil fikrlashi , tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirish lozimligiga ijtimoiy ehtiyoj sezadi. O‘quvchilarga tanqidiy fikrlash uchun eng avvalo, ularning o‘zlari mas’ul ekanliklarini anglatish lozim. Zamonaviy pedagogning vazifasi tanqidiy fikrlashni rag‘batlantirib turuvchi muhitni yaratishdangina iborat bo‘ladi. Tanqidiy tafakkurning eng muhim jihatlaridan biri bu nimaga erishmoqchi ekanligingizni hal qilish va keyin bir qator imkoniyatlardan kelib chiqib qaror qabul qilishdir. Biz o‘zimizni, kuchli va zaif tomonlarimizni qanchalik aniq bilsak, tanqidiy fikrlashimiz shunchalik samarali bo‘ladi. Tanqidiy tafakkur har qanday vaziyatda eng yaxshi natijalarga erishishga qaratilgan. Bunga erishish uchun imkon qadar ko‘proq turli manbalardan ma’lumot to‘plash va baholashni o‘z ichiga olishi kerak. Tanqidiy tafakkur sizning shaxsiy kuchli tomonlaringiz, zaif tomonlaringiz va afzalliklaringizni va ularning qabul qilishingiz mumkin bo‘lgan qarorlaringizga ta’sirini aniq, ko‘pincha noqulay baholashni talab qiladi.Tanqidiy tafakkur qabul qilingan qarorlarni qo‘llash natijalarini ko‘rib chiqish va iloji boricha o‘zgarishlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Tanqidiy tafakkur - o‘zgaruvchan mavzu, muammolar va maqsadlarga javob berishda - o‘zaro bog‘langan fikrlash usullari oilasiga kiritilgan, jumladan: ilmiy tafakkur, matematik fikrlash, tarixiy tafakkur, antropologik tafakkur, iqtisodiy fikrlash, axloqiy tafakkur va falsafiy fikrlash. Tanqidiy tafakkur ma’lumotni ob’ektiv tahlil qilish va asosli xulosa chiqarish qobiliyatini anglatadi. U ma’lumotlar, faktlar, kuzatilishi mumkin bo‘lgan hodisalar va tadqiqot natijalari kabi manbalarni baholashni o‘z ichiga oladi.Tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan kishi mustaqil ravishda qaror qabul qilishiga ishonishi mumkin va doimiy ravishda qo‘lda ushlab turishga muhtoj bo‘lmaydi. Bugungi kunda globallashuv jarayonida jamiyatda har tomonlama etuk intellektual, mustaqil va tanqidiy fikrlaydigan yosh kadrlar jamiyat ravnaqi uchun har kungidan ham zarurdir.“Tanqidiy fikrlash qiziquvchanlik va tadqiqot usullaridan foydalanishni anglatadi: savol berish, tizimli ravishda javob izlash. Tanqidiy fikrlash ko‘p darajalarda ishlaydi, faktlar bilan qanoatlanmaydi, balki bu faktlarning sabab va oqibatlarini ochib beradi. Tanqidiy fikrlash o‘z aqliy faoliyati, tushunchalar, mulohazalar, xulosalar, savollar bilan ishlash qobiliyati, analitik faoliyat qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek, boshqa odamlarning o‘xshash imkoniyatlarini baholash qobiliyatini aks ettiradi. Tanqidiy fikrlash odatda amaliy yo‘nalishga ega. SHu sababli, uni fikrlash konteksti va fikrlash sub’ektining individual xususiyatlari doirasida va unga qarab ko‘rib chiqiladigan amaliy mantiq shakli sifatida talqin qilish mumkin. Tanqidiy tafakkur mexanizmi fikrlash va mulohaza yuritish jarayonini belgilovchi aqliy operatsiyalarni o‘z ichiga oladi: maqsadni belgilash, muammoni aniqlash, farazlarni ilgari surish, dalillarni keltirish, ularni asoslash, oqibatlarini bashorat qilish, muqobil nuqtai nazarlarni qabul qilish yoki qabul qilmaslik. U murakkab va noaniq vaziyatlar va muammolarni sintez qilish, tahlil qilish va baholash uchun asosiy intellektual ko‘nikmalarni (bilim va tushunish) qo‘llash qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Muammoni aniqlash, vaziyatni aniqlashtirish, argumentni tahlil qilish, masalani har tomonlama o‘rganish, echimlar va axborot manbalarining ishonchliligini baholash mezonlarini ishlab chiqish, umumlashtirishdan qochish qobiliyati shular jumlasidandir. O‘quvchilarning nazariy va amaliy, mahsuldor va reproduktiv tafakkurini shakllantirish haqida etarli tushuncha mavjud, bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida ijodiy, muammoli fikrlashni rivojlantirish vositasi sifatida muammoli ta’limning yaxlit tushunchasi mavjud. Ko‘pgina o‘qituvchilar tanqidiy fikrlashni o‘rgatishning maqbul shakllari va usullarini topishga intilishadi, ammo o‘qituvchilar tayyorlashda tanqidiy fikrlashni shakllantirishga deyarli e’tibor berilmaydi. Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish jarayoni murakkab bo‘lib, barcha o‘quv fanlari va sinfdan tashqari ishlarda amalga oshiriladi. Fikrlash to‘g‘ridan-to‘g‘ri, hissiy aks ettirish orqali hal qilib bo‘lmaydigan savollarga javob beradi. Fikrlash tufayli, inson o‘zini atrofidagi dunyoda to‘g‘ri yo‘naltiradi, yangi, o‘ziga xos muhitda ilgari olingan umumlashmalardan foydalanadi. Inson faoliyati qonunlarni bilish, ob’ektiv voqelikning o‘zaro bog‘liqliklari tufayli oqilonadir. Tanqidiy tafakkur g‘oyalar va ma’lumotlar bilan o‘zaro ta’sir qilishning tabiiy usuli, tayanch nuqtasidir. Ko‘nikma uni o‘zlashtirish uchungina emas, balki tanqidiy baholash, tushunish va qo‘llash uchun ham zarurdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash texnologiyasi bo‘yicha ishlarni organik ravishda kiritish shaxsiy o‘sishga imkon beradi, chunki bunday ish, birinchi navbatda, bolaga, uning individualligiga qaratilgan.Tanqidiy fikrlash hech narsani oddiy deb hisoblamaydi. Undan foydalangan holda, odam savol beradi va tizimli ravishda tadqiqot usullari va axborot manbalari bilan ishlashning muayyan usullaridan foydalangan holda ularga javob izlaydi. Tanqidiy fikrlash savollardan boshlanadi va o‘qituvchi tomonidan o‘quvchining barcha savollariga javoblar bilan emas, balki fikrlashga undovchi savollar berish orqali amalga oshiriladi. Tanqidiy fikrlash - bu o‘rgatish kerak bo‘lgan qobiliyatdir. Yozish qobiliyatlari tanqidiy tafakkurni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi, chunki ular shakllanmagan fikrlar yoki tasvirlarni tuzatishga, ularni har tomondan ko‘rib chiqishga va "ongni uyg‘otishga" imkon beradi. Yozma nutq idrokni chuqurlashtiradi: yozuvchi fikrni tuzatadi, so‘ngra uning yozmasini o‘rganadi va bu turg‘un fikrga javob sifatida yangi, undan ham qiziqroq fikr paydo bo‘ladi. Yozma nutq qiziqishni kuchaytiradi, bolalarni faolroq kuzatuvchiga aylantiradi, chunki biror narsani tuzatish uchun siz uni o‘rganishingiz, u haqida ko‘proq bilishingiz kerak. Oddiy fikrlashdan farqli o‘laroq, tanqidiy fikrlash mulohazalarning noaniqligi va noaniqligini fikrlarni ifodalashning aniqligi va o‘ziga xosligi bilan almashtiradi. Sinfda tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi o‘qituvchilar muammo bo‘yicha turli mulohazalar, nuqtai nazarlarni ko‘rib chiqish, o‘quvchining mustaqil fikr, qaror, xulosa chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, “darslarida juftlik va guruh ishlarining barcha turlaridan foydalanishga harakat qilishni taklif qiladilar. Shunga asosan o‘qish va yozish axborot almashinuvining asosiy jarayonlari bo‘lib,ular tahlil qilish va tizimlashtirishni o‘z ichiga oladi. “Tanqidiy tafakkur” hodisasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, tafakkurning bu turi o‘z-o‘zidan rivojlanishi mumkin, ammo stixiyali rivojlanish tanqidiy fikrlashning yuqori darajada shakllanishini ta’minlamaydi. Tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish o‘quv muammoli vazifalarni hal qilish bilan bog‘liq sharoitlarda amalga oshirilishi kerak. Tanqidiy fikrlash texnologiyasi o‘qituvchiga sinfda ochiqlik va mas’uliyatli hamkorlik muhitini yaratish, o‘quv jarayonida tanqidiy fikrlash va mustaqillikni rivojlantirishga yordam beradigan o‘quv modeli va samarali usullar tizimidan foydalanish qobiliyatini beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlashning shakllanishi va namoyon bo‘lishini stixiyali jarayon deb hisoblash mumkin emas, ko‘p omillarga bog‘liq. Tanqidiy fikrlash darajasining namoyon bo‘lishi va "o‘sishi" rahbarlik signalining tabiatiga, eksperimental materialning tuzilishining ketma-ketligi va xususiyatlariga bog‘liq. Bolalarda tanqidiy fikrlashning namoyon bo‘lishi taqdim etilgan vazifalarning tabiatiga ham bog‘liq. Bolalar mustaqil ravishda xatolarni topadilar va ularni "bunday bo‘lmaydi" degan umumiy taklif bilan oqlaydilar, lekin ba’zida ular nima uchun buni qilish mumkin emasligini tushuntirishga harakat qiladigan holatlar mavjud.Tanqidiylikning namoyon bo‘lish darajasi ko‘p jihatdan bolalarning bilim ob’ektidagi xatolarni qidirishda qanchalik faol ishtirok etishiga bog‘liq. Inson rivojlanishining har bir yosh bosqichida ijtimoiy guruhga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar ham, o‘ziga xos, individual xususiyatlar ham shakllanadi. Xuddi shu yoshdagi bolalar bir-biridan oliy nerv faoliyatining tipologik xususiyatlari, fikrlash, jismoniy va ma’naviy rivojlanishi, qobiliyatlari, qiziqishlari va boshqalar bilan farqlanadi. SHunday qilib, sinf turli xil rivojlanish, har xil tayyorgarlik, turli o‘quv natijalari va o‘qishga munosabati, diqqat va xotiraning turli xususiyatlariga ega bo‘lgan o‘quvchilardan iborat. Birinchi sinfdan boshlab o‘qituvchi ko‘pincha o‘rtacha darajaga - o‘rtacha rivojlanishga, o‘rtacha tayyorgarlikka, o‘rtacha akademik ko‘rsatkichlarga qarab mashg‘ulotlar olib boradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy tafakkurni rivojlantirish alohida o‘rin tutadi. Ta’limning boshlanishi bilan tafakkur bolaning aqliy rivojlanishining markaziga o‘tadi va uning ta’siri ostida intellektuallashgan va o‘zboshimchalik xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa psixik funksiyalar tizimida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ularda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik shartlari, birinchi navbatda, turli xil vositalar va usullardan foydalanishdir. Aksariyat o‘qituvchilar hali ham an’anaviy dasturlar bo‘yicha ishlayotganligini hisobga olsak, amaliyotchi o‘qituvchilarga ehtiyoj bor uslubiy material mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan, darsda foydalanish mumkin bo‘lgan aqliy operatsiyalar. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning usul va usullarini birlashtirgan holda o‘qituvchi o‘quvchilarning etuklik darajasiga, darsning maqsadlariga va o‘quv materiali hajmiga mos ravishda darslarni rejalashtirishi mumkin. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling