Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika


Gumanistik (fenomenologik) paradigma


Download 0.87 Mb.
bet8/53
Sana30.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1403973
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53
Bog'liq
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)

3. Gumanistik (fenomenologik) paradigmagako‘ra(A.Maslou, A.Kombs, K.Rodjers, L.S.Vigodskiy va boshqalar) ta’lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida o‘ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ular bolani rivojlantirish maqsadida uni shaxslararo munosabatlar jarayoniga yo‘naltiradi. Ta’limning fenomenologik (fenomen yunoncha «phainomenon» – hisoblangan, ya’ni mashhur, alohida nodir odam) modeli o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ko‘zda tutadi. Uning vakillari o‘quvchini nodir shaxs deb hisoblaydilar. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o‘quvchi hamda o‘qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.
Gumanistik paradigma g‘oyalari 1991-yildan keyin respublika uzluksiz ta’lim tizimida joriy etila boshlandi. Paradigmaning diqqat markazida o‘quvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari, “erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida quyidagi g‘oyalarga amal qilinmoqda: “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. ...Mustaqil fikrlash – ham katta boylikdir”4.
Ezoterik paradigma(yunoncha «esoterikos» ichki, sirli, yashirin, faqatgina biluvchilar uchun mo‘ljallangan insonning dunyo bilan o‘zaro aloqalari yuksak darajalarini aks ettiradi). Modelning mohiyati haqiqat abadiy va o‘zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo‘lmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini ta’kidlaydilar. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan muloqot, o‘quvchining tabiiy kuchlarini ozod etish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga, o‘qituvchining himoyalash vazifasi muhimdir, u o‘quvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma’naviy, jismoniy, psixik jihatdan rivojlantirishga yo‘naltiradi.
Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va ularning o‘zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim kuchdir, shu bois, shaxs qimmati uning o‘rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o‘rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo‘lsagina qadriyat sifatida e’tirof etiladi degan g‘oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
So‘nggi yillarda noinstitutsional paradigmarivojlana boshladi. U ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim “tabiatda” - internet, “ochiq maktablar” – kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o‘qitish) muvofiq o‘qitish samarali deya hisoblaydi.
Nazorat savollari:
1. Didaktikani siz qanday tushunasiz?
2. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy kabi mutafakkirlar didaktika haqida qanday fikrlar bildirganlar? Gapirib bering.
3. Didaktika kategoriyalari to‘g‘risida o‘z fikringizni bildiring.
4. Hozirgi zamon shaxsini shakllantirishni siz qanday tushunasiz?
5. Ta’lim berish va o’qitish hamda o’qitish integratsiyasi tushunchalari haqida gapirib bering.
6. Laboratoriya mashg’ulotida ta’lim-tarbiya, o’qitish integratsiyasini kuzating.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling