Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika


O’rta Osiyoda jadidchilarning taʼlimni yangilashdagi o’rni hamda ularning taʼlimni tashkil etishdagi qarashlari


Download 0.87 Mb.
bet6/53
Sana30.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1403973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)

O’rta Osiyoda jadidchilarning taʼlimni yangilashdagi o’rni hamda ularning taʼlimni tashkil etishdagi qarashlari
Jadidlar maktablarda yoshlarni bilimli va ma’rifatli qilib tarbiyalab, ular orqali Turkistonda mustaqil davlat barpo etish uchun milliy davlatchilik g‘oyalarini ilgari surganlar.XX asr boshiga kelib Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, o‘lka ma’naviy-ma’rifiy soha taraqqiyotiga, milliy madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan namoyandalari vujudga keldi. Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Said Ahmad Siddiqiy-Ajziy, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Buxoroda Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Farg‘ona vodiysida Hamza Hakimzoda Niyoziy, Obidjon Mahmudov, Abdulhamid Cho‘lpon, Is’hoqxon Ibrat, Xivada Bobooxun Salimov, Polvonniyoz hoji Yusupov va boshqalar edi.
Turkiston jadidlarini birlashtirishda «O‘rta Osiyo jadidlarining otasi» deb tan olingan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) ning xizmati katta bo‘ldi.
U 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlab Samarqand, so‘ngra Buxoro madrasalarida tahsil olib, imom-xatib, qozi, keyin muftiy darajasiga ko‘tarildi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Behbudiy O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining asoschisi va yo‘lboshchisi edi. Turkistonda ma’rifatparvarlik harakatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan shaxs hisoblanadi. Behbudiyning tashabbusi bilan o‘z otasi sharafiga «Behbudiya kutubxonasi» deb atalgan kutubxona tashkil qilingan. Mahmudxoʻja Behbudiy (Kirill alifbosida: Mahmudxo‘ja Behbudiy; Arab alifbosida: محمودخواجهبهبودی‎; Toʻliq oti Mahmudxoʻja Behbudiy ibn Behbudxoʻja) (20-Yanvar 1875 Samarqand — 25-Mart 1919 Qarshi) dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri. UYassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga koʻtariladi. Behbudiy haj safarida boʻlgan chogʻida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899–1900). Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yaqinidagi Halvoyi qishlogʻida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi. Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903–1904), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yoʻlga qoʻyadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling