Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika


Download 0.87 Mb.
bet14/53
Sana30.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1403973
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
Bog'liq
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)

Mustaqil ishlash metodlari
Mustaqilishlar ta'limning turli guruhlari, sikllarida, darsning barcha bosqichlarida o’tkaziladigan, o’qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko’rsatmalari, rahbarligida bajariladigan intelektual va amaliy topshiriqlardir.hozirgi paytda mustaqilishlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi.
Darslikdagi qoidalar va ta'riflar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi qoida va ta'rifni o’qish va ularga oid omillarni ajratish; o’qituvchi bergan, o’qituvchi topshiriqiga ko’ra to’plagan omillarni tahlil etish va xulosa chiqarshy; darslikning ayrim betlarini tanlab o’qish va shu bilimlardan amaliyotda foydalanish yo’llari to’g’risida qisqacha xisobot tayyorlash; qoida, ta'riflarni mantiqiy qismlarga ajratish va terminlarga izoh yozish; darslik, o’quv qo’llanmalarni va qo’shimcha adabiyotlardan o’rganilgan mavzu doirasida omil to’plash; ma'ruza, hikoya, suhbat paytida o’qituvchi chiqargan xulosalarni darslikdagi qoida, ta'rif aniqliklariga solishtirish.
Darslikdagi amaliy materiallar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi mashq, misol va masalalar variantlar asosida musobaqalashib bajarish; darslikdagi amaliy materiallar asosida turli diogramma, jadval, chizmalar tayyorlash; laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish rejasiii tuzish.
Mashg’ulotlarda turli mustaqil ishlarni bajarish bolalarda mustaqillikni tarbiyalaydi. Mustaqillik esa shaxsiy sifat hisoblanadi. Mustaqil ishlash metodlaridan foydalanishda qator qoidalarga rioya qilinadi; o’quvchilarni mustaqil ishlashga tayyorlash; mustaqil ishlarning tushunarli bo’lishi; mustaqil ish uchun yetarli vaqt ajratish; mustaqil ish natijasini tekshirish.
Ta’lim metodlari pedagogning imkoniyatlarini kengaytiradi, vaqtini tejaydi.
Mashg‘ulot jarayonlarida professor-o‘qituvchiga darsni qulay boshqarish imkonini
beradi, unga faollik kasb etish bilan bir qatorda ta’limning mazmun-mohiyatini
belgilab beradi. Jumladan:
- Ta’lim motivlari kuchi o‘quvchining bilim olish yo‘lidagi qiyinchiliklarni
yengib o‘tishga bo‘lgan intilishilari uning davomiyligi bilan belgilanadi.
- O‘qitish jarayoni pedagog, ta’lim oluvchi va o‘qitish vositalarining o‘zaro
ta’siridan iborat.
- O‘qitish jarayoni pedagog, ta’lim oluvchi va o‘qitish vositalarining o‘zoro
ta’siridan iborat bo‘lib, hozirgi zamon axborot texnologiyalari imkoiyatlari o‘qitish
vositalariga o‘qituvchi va ta’lim oluvchi vazifalarining bir qismini yuklash imkoniniberadi.
- Ta’lim metodlari darslarning qulayligini ta’minlaydi. Unda o‘quvchining
o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi doimiy ketma-ket kuzatishga, nazorat olib borishga,kerak holarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi.
Ta’lim vositasi – bu bilimlarni olish, malakalarni shakllantirish manbai hisoblanib, ularga ta’lim jarayoni uchun mo’ljallangan, uni samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan, maxsus ishlab chiqilgan predmetlar kiradi. Ta’lim vositasi — bu bilimlarni o’zlashtirish, ko’nikmalarni shakllantirish manbai «ta’lim vositasi» tushunchasi keng va tor ma’noda qo’llaniladi. Tor ma’noda ta’lim vositalari deganda o’quv va ko’rgazmali qo’llanmalar, namoyish etish qurilmalari, texnik vositalar tushuniladi. Keng ma’noda ta’lim vositalari deyilganda ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlovchi metod, shakl, mazmun yig’indisi va maxsus texnik vositalar tushuniladi.
Ta’lim vositalari dunyoni bilvosita va bevosita bilishni yengillash­tirishga xizimat qiladi. Ular ham metodlar singari ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarni bajarib, o’quvchilarni o’quv-biluv faoliyatini boshqarish va nazorat qilishga xizmat qiladi.
Didaktik vositalar ta’limning boshqa elementlari bilan aloqadorlikda qo’llanilgandagina o’z qadrini yo’qotmaydi.
Ta’lim vositalari turli asoslarga ko’ra klassifikatsiya qilinadi: faoliyat subyektiga ko’ra, obyektlar tarkibiga ko’ra, o’quv axboroti munosabatiga ko’ra. Masalan faoliyat subyektiga ko’ra o’qitish vositalari va o’qish vositalariga bo’linadi.
Ta’lim vositalariga: turli xildagi ko’rgazmalar, namoyish qilish qurollari, axborot vositalari, elektron doska, yozish vositalari, kompyuter.
Bulardan tashqari o’qituvchi nutqi ham o’qitish vositasi hisoblanadi. Talabalarni o’quv materialini sifatli o’zlashtirib olishlari uni qanday gapi­rishi, asosiy g’oyani ajratib berishi, turli tushunchalarni qanday tushuntirib berishiga bog’liq.
O’qish vositalariga: darslik, daftar, ruchka, didaktik tarqatma materiallar, sxemalar, tayanch konspektlari, laboratoriya qurollari, individual axborot vositalari kiradi.
Ob’yektlar tarkibiga ko’ra vositalar moddiy va ideal vositalarga bo’linadi. Moddiy vositalarga: darslik va o’quv qo’llanmalari, jadvallar, modellar, maketlar, axborot vositalari, kompyuter, o’quv-texnik vositalar, laboratoriya anjomlari, mebellar, mashg’ulot jadvali v. b.
Ta’limning ideal vositalari – bu o’qituvchi va talabalar yangi mavzuni o’zlashtirish va tushuntirish uchun qo’llaydigan avval o’zlashtirilgan bilim, malakalar. Masalan g’oya ta’limning ideal vositasi hisoblanadi.
Mashhur polyak didakti V.Okon ta’lim vositalarini oddiy va murakkab turlariga ajratadi.
Oddiy vositalar:
1) og’zaki vositalar: darslik va boshqa matnlar;
2) oddiy ko’rish vositalari: real predmetlar, modellar, rasmlar.
Murakkab vositalar:
1) mexanik ko’rish vositalari: kodoskop, diaproyektor va b. ;
2) eshitish vositalari: proigrivatel, magnitofon, radio;
3) audiovizual ( ko’rish-eshitish): ovozli film, TV, video;
4) ta’lim jarayonini avtomatlashtiruvchi vositalar: multimediyali kabinetlar, kompyuterlar, axborot tizimlari, telekommunikatsiya tarmog’i.
SHunday qilib, ta’lim sifati ta’lim maqsadi, mazmuni, metodlari, usul­lari, vositalari, aloqalariga bog’liq. Ta’lim vositasini tanlashda ularni qanday didaktik vazifalarni bajarishini, qanday natijalarga olib kelishini bilish zarur.
O’quvchilarni samarali o’qitishda ta’limiy muhit, ya’ni o’quv xonasi katta rol o’ynaydi.
O’quv kabineti – bu o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish markazi hamda fan bo’yicha o’qishdan tashqari ishlarni tashkillash markazi hisoblanadi. O’quv xonasining maqsadi yoshlarda tanlagan mutaxassisligiga ijobiy munosabatni shakllantirish, fanlarni o’rganishga qiziqishlarini rivojlantirish.
O’quv xonasi – bu maslahatli yordam markazi hisoblanadi. Ta’limni axborotlashtirish sharoitida o’quv xonasi zaruriy axborot telekommu­nikatsiya vositalari billan jihozlanishi zarur. SHunday qilib, o’quv kabineti auditoriyada va auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarni o’tkazish uchun mo’ljallanib, unda o’quvchilarni kasbga yo’llash tayyorgarligi shakllanadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling