Ko’rgazmali metodlar.
Ko’rgazmalilik didaktikada eng asosiy qoida bo’lib, uning yordamida ko’ruv o’quvi va tafakkur o’zaro uyg’unlashadi. Ko’rgazmali metodlarning quyidagicha turlari mavjud:
Ilyustratsiya metodi Og’zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarga diqqatni tortish.
Demonstratsiya metodi-kinoapparat, LETI kabi texnik vositalar asosida, shuningdek, televizor eshittirishlaridan, videotasvirdardan foydalanib, kinolentalarni, turli tasvirlarni namoyish qiladi.
Tabiiy ko’rgazmalar-narsalarning o’zi, predmetlar, turli jonivorlarning mulyajlarini ko’rsatish. Ko’rgazmali metodlar eshitish va ko’rish o’quvlarini o’zaro uyg’unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli ulardan bilimlarni Og’zaki bayon qilish metodlari bilan yonma-yon foydalanshp ta'limning samaradorligini oshiradi.
Muammoli izlanish metodlari.
Muammoli izlanish turidagi metodlar o’quvchilarning tafakkuriga, binobarin, ularning ijodiy faoliyatiga yo’nalgan ta'lim metodidir. Bu metodlar asosida o’quv-tarbiya ishlari tashkil etilganda o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro ta'siri etadi.
Muammoli izlanish metodlari ham maktab tajribasida sof holda qo’llanilmaydi. Muammolarni qo’yish, ularni izohlashda suhbat, hikoyadan ham foydalaniladi. Shuningdek, ma'ruza o’qib turgan paytda turli o’quv topshiriqlari, muammolar ham hal etiladi. Ko’rgazma qurollar vositasida bolalarga eksperemental (sinov) topshiriqlar beriladi. Ana shularga ko’ra muammoli-izlanish metodlarining quyidagi turlari farqlanadi.
Muammoli hikoya-o’rganilayotgan mavzu doirasida hikoya boshida, hikoya davomida, hikoya oxirida bolalar oldiga muammolar qo’yib, ularning mavzuga qiziqishlarini oshirish yo’lidir.Muammoli ma'ruza-ma'ruzadan oldin o’quvchilarni mavzuga qiziqtirish maqsadida yoki ma'ruza oxirida o’quvchilar oldiga muammolar qo’yish yo’li bilan ta'lim maqsadiga erishishdir. O’quv materialining asosiy qismini ma'ruza vositasida, nisbatan oson qismini topshiriqlarni bajarish, muammolarni qo’yish yo’li bilan ham o’rgansa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |