Ta’lim metodlari va vositalarini tanlash
Ta’lim jarayonida o’qitish metodlarini va vositalarini tanlash ko’plab obyektiv va subyektiv omillarga bog’liq:
ta’lim qonuniyatlariga va prinsiplariga;
insonni rivojlanishi, tarbiyasi va ta’limi maqsadiga;
aniq ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarga;
ta’lim motivatsiyasi darajasiga;
aniq o’quv predmetini o’qitish metodikasi xususiyatlariga;
material mazmuniga;
u yoki bu materialni o’zlashtishga ajratilgan vaqtiga;
o’quv materiali miqdori va murakkabligiga;
o’quvchilarni tayyorgarlik darajasiga;
o’quvchilarni yosh va individual xususiyatlariga;
o’quvchilardagi o’quv ko’nikmalarini shakllanganligiga;
mashg’ulot turi va tuzilishiga;
o’quvchilar miqdoriga;
o’quvchilarni qiziqishiga;
o’quv jarayonidagi o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi hamkorlikka;
moddiy-texnik ta’minotiga;
pedagog shaxsi xususiyatlariga.
Ta’lim nazariyasida o’qituvchilarni amaliy tajribalarini umumlashtirish va o’rganish asosida o’quv-tarbiya jarayonlarida ta’lim metodlarini tanlashga oid yondashuvlar ishlab chiqilgan.
Ta’lim metodlarini tanlash:
― o’quvchilarni tarbiyalash, rivojlantirish, ta’lim berish, ma’lumotli qilish umumiy maqsadlariga;
― o’quv predmeti va mavzu mazmuniga;
― aniq o’quv predmetini o’qitish metodikasi xususiyatlariga;
― aniq bir darsni maqsad va vazifasiga hamda mazmuniga;
― materialni o’rgatish uchun ajratilgan vaqtga;
― o’quvchilarni yosh xususiyatlariga hamda ularni bilish imkoniyatlari darajalariga va o’quvchilarni tayyorgarlik darajalariga;
― o’quv muassasasini moddiy, uslubiy ta’minlanganligiga;
― o’qituvchini xususiyat va imkoniyatlariga, nazariy va amaliy tayyorgarligi darajasiga, uslubiy, kasbiy mahoratiga, shaxsiy sifatlariga bog’liq.
Yuqoridagi mezonlarga ko’ra o’qituvchi darsda u yoki bu metodlardan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |