Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika
Sinf-dars tizimining ijobiy tomonlari
Download 0.87 Mb.
|
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)
Sinf-dars tizimining ijobiy tomonlari: aniq tashkiliy tuzilishi, oddiy boshqaruv, o’quvchilarning hamkorligi uchun imkoniyat borligi, o’qituvchi shaxsini o’quvchilarga emotsional ta’sir etishi, ta’limni tejamkorligi, o’zlashtirish tizimli va ketma-ket amalga oshirilishi.
Sinf-dars tizimining kamchiliklari: sinf-dars tizimi asosan o’rtacha o’quvchiga tayanadi, bu kimgadir og’ir bo’lsa, kimgadir yengillik qiladi, o’quvchilarni individual xususiyatlarini hisobga olishda o’qituvchiga qiyinlik tug’diradi, kattalar va kichiklar o’rtasidagi o’zaro muloqot ta’minlanmaydi. Sinf-dars tizimi bizning maktablarimizga 19 -asrning oxiri 20-asrning boshlarida kirib keldi. Bell-Lankaster ta’lim tizimi. Sinf-dars tizimini modernizatsiya qilishga urinishlarini XIX asr oxirlarida XX asr boshlarida Angliyada A.Bell va D.Lankaster faoliyatlarida ko’rishimiz mumkin. Ta’lim nazariyasida Bell-Lankaster nomini olgan ushbu tizimni mohiyati shuki, bunda sinflar har xil yoshdagi bolalardan tuzilib, sinfdagi katta yoshdagi bolalar o’qituvchilardan o’rgangan bilimlarini yosh bolalarga o’rgatib borishidadir. SHunday qilib, o’qituvchi ko’plab bolalarni o’qitgan, lekin ta’lim sifati yuqori bo’lmagan. XX asr boshlarida AQSHda Batava ta’lim tizimi, Yevropada Mongeym ta’lim tizimi paydo bo’ldi. Batava ta’lim tizimining mohiyati shundaki, o’qituvchini o’quvchilar bilan ishlash vaqti ikkiga bo’linadi, dastlab o’qituvchi barchaga bir xil tushuntirish ishlarini olib boradi, so’ngra o’qituvchi yordamiga muhtoj o’quvchilar bilan, ya’ni chuqur bilim olishni istagan qobiliyatli o’quvchilar bilan ishlaydi. O’rtacha va past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan o’qituvchi yordamchisi shug’ullangan. Mangeym ta’lim tizimining mohiyati shu ediki, sinflar o’quvchilarni yoshiga qarab emas, ularni aqliy intellektual qobiliyatlariga qarab tuzilgan. Mangeym ta’lim tizimi asoschisi Yozef Zikkinger(1858–1930) bolalarni aqliy qobiliyatlariga, tayyorgarlik darajalariga qarab kuchsiz,o’rtacha va kuchli sinflarni tuzish mumkinligini ta’kidlab o’tgan. Ta’limni tashkil etishning turlicha shakllari mavjud bo’lib bularga: dars, ma’ruza, seminar, konferensiya, amaliy laboratoriya mashg’uloti, fakultativ mashg’ulotlar, ekskursiya, ishlab chiqarish amaliyoti, mustaqil uy ishi, maslahatlar, to’garak mashg’ulotlari, kurs loyihalari, malakaviy loyihalar v.b.kiradi. Zamonaviy maktablarimizda ta’limning tashkil etishning asosiy shakli dars hisoblanadi. Dars o’quvchilarni nafaqat o’quv-biluv faoliyatini samarali tashkillashni, balki o’quvchilar faoliyatini rivojlantirish imkoniyatiga ham ega. «Dars-aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o’quvchilar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg’ulotdir»-deb ta’kidlanadi SH.Abdullayeva va boshqalarning o’quv qo’llanmasida. O.Roziqov va boshqalar tomonidan yaratilgan Didaktika darsligida «Bir xil tayyorgarlikka ega, yoshlari teng o’quvchilarning doimiy jamoasi bilan ma’lum xona, tartib, jadval asosida o’tkaziladigan mashg’ulotga dars deyiladi» - deb ta’kidlanadi. Yuqoridagi ta’riflar tahlilidan ko’rinadiki, darsning mohiyati, darsda o’qituvchi va o’quvchilarni o’zaro ta’siri natijasida o’quvchilar bilim, malaka, ko’nikmalarni o’zlashtiradi, qobiliyatlari rivojlanadi hamda darsda o’qituvchining pedagogik mahorati shakllanadi. Dars ko’p qirrali jarayon bo’lib, unda uning barcha komponentlari (darsning maqsadi, mazmuni, metodi) o’zaro aloqadordir. Har qanday darsning yaratilishi uning maqsadini aniq anglashdan boshlanadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling