Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika
Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish
Download 0.87 Mb.
|
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)
Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish
Seminar, laboratoriya, maslahat (konsultatsiya) mashg’ulotlari talablari mustaqil, ijodiy ishlashga o’rgatishning muhim omili hisoblanadi. Seminar mashg’ulotlarining samarali natijalar berishi: talaba va o’qituvchining tayyorlanishiga; seminar mashg’ulotlarini o’tkazish mahoratiga; seminarda barcha talabalar qatnashishini ta’minlash; har bir talabaning javobi baholanishi; seminar mashg’ulotida interaktiv usullardan foydalanish; Seminar mashg’ulotlarining vazifasi – darslarda bayon qilingan nazariy fikrlarni konkretlashtirish, chuqurlashtirishdan, o’quvchilar bilimini tekshirish va mustahkamlashdan, adabiyotni o’rganish ko’nikmasini hosil qilish, uni konspekt qilish, suhbatlar, dokladlar, ota-onalar uchun konsultatsiyalarning plan va konspektlarini tuzishdan, kursning aniq temasini og’zaki bayon qilish qobiliyatiga ega bo’lishdan iboratdir. Seminar mashg’ulotlari uchun kursning eng muhim va murakkab masalalari shuningdek, adabiyotlarda yetarli darajada to’liq yoritilgan va o’quvchilarning o’zlari mustaqil ravishda o’rgana olishlari mumkin bo’lgan masalalar tanlab olinadi. Seminarning har bir temasi bo’yicha o’quvchilarga adabiyotlar ro’yxatini berish, topshiriqning harakterini belgilash, uni bajarish plani va hisobot formasini ko’rsatish kerak. Adabiyotlarni o’rganayotganda o’quvchilar konspekt yoki ota-onalar uchun konsultatsiyalarning tekstlarini tuzadilar. Seminar mashg’ulotlarini quyidagicha tashkil etish mumkin: avvalo o’qituvchi seminarning vazifasi va uni o’tkazish tartibini belgilaydi. So’ngra nutq so’zlash uchun o’quvchilarga so’z beradi. SHundan keyin ishtirok etuvchilar nutq so’zlaganlarga savollar beradi, ular javob qaytarishadi. Keyin boshqa o’quvchilar nutq mazmuniga harakteristika berib, uni to’ldiradilar (yutuq va kamchiliklar ko’rsatiladi). O’qituvchi seminarni yakunlar ekan, asosiy nutqni baholaydi. O’quv yurtlari o’quv rejalarida seminar mashg’ulotlarini amaliy mashg’ulot deb hisoblanadi. Bunga qo’shilib bo’lmaydi, chunki ma’ruza mashg’ulotida o’rgana boshlangan ijodiy materialni seminar mashg’ulotlarida yanada chuqurlashtiriladi, seminar mashg’ulotlariga talaba oldindan tayyorlanib keladi, muammoni muhokama etadi: seminar mashg’ulotida talabalarning barchasini o’z fikr va mulohazalarini erkin ayta olish, sheriklarining qarashlarini tahlil eta bilishiga asosiy e’tiborni qaratiladi. O’quv materialini talabalar tomonidan egallab olish darajasi: a) ma’ruza mashg’ulotlarida umum nazariy tahlillarni egallab olish; b) seminar mashg’ulotlarida muammolarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish; d) laboratoriya mashg’ulotlarida esa amaliy ko’nikma va malakalarni vujudga keltirish. Oliy maktablarda seminar mashg’ulotlari quyidagi didaktik vazifalarni hal qilishga qaratiladi: – o’ta murakkab mavzu, muammolarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish; – mavzu va muammolarni talabaning bo’lajak kasbiy yo’nalishi, ixtisosligida qo’llashga oid bilimlar bilan qurollantirish; – talabalar egallab kelgan bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlashga tamoyillashtirish; – tavzu, muammolarga oid manbalar bilan ishlash ko’nikma va malakalarni o’stirish; – o’z qarash, munosabatlarini erkin aytish, mulohaza qilishga, nutq madaniyatini tarbiyalashga xizmat qilish; – talabalar bilim, ko’nikma va malakalarni nazorat etish. Seminar mashg’ulotlarini suhbat, munozara, o’quv konferensiya, simnodizm loyihalarni himoya qilish, chiqishlarni tinglash, muhokama etish, yetuk mutaxassislar bilan uchrashuvlar xilma-xil ishchi o’yinlari tarzida o’tkazish mamkin. Seminar mashg’ulotlarini tayyorlab o’tishida o’qituvchining roli beqiyos katta. O’zining kirish so’zi bilan talabalar oldiga aniq maqsad va vazifalarni qo’yadi: ularni faol ishtirok etishlariga jalb etadi; barcha talabalarni faol bildirishlariga sharoit yaratadi; mashg’ulot oxirida muhokamada qatnashgan har bir student fikrlari tahlil etib, baholanishi lozim. Seminar mashg’uloti odatda, talabalarga yangi mashg’ulot mavzusi, rejalari, adabiyotlarini bildirish, uni tayyorlash yo’llari, o’ziga xos tomonlarini tushuntirish bilan yakunlanadi. Seminar darslarida ma’ruza vaqtida fan asoslari bo’yicha olgan nazariy bilimlari tahlili o’rganiladi. Demak, oliy o’quv yurtlaridagi o’qitishni tashkil etishning shakl va metodlari orqali talabalarda pedagogika fanini o’qitish metodikasi yuzasidan bilim, ko’nikma va malakalarni hamda ularni dunyoqarashlarini shakllantirish orqali kasbiy tayyorgarliklarni mustahkamlab boriladi. Oliy o’quv yurtlarida ta’lim jarayonini tashkil etishning maslahat (konsultatsiya) shaklidan keng foydalaniladi. Ma’ruza mashg’ulotlariga kam vaqt ajratilishi; amaliy mashg’ulotlar uchun ko’p soat berilishi, talabalar mustaqil ta’limiga ko’p e’tibor berilishi ham har bir o’quv fani mazmunida axborotlarning tez o’zgarishi, ta’lim amaliyotida o’qituvchilarning maslahat shaklidan unumli foydalanish zaruriyatni keltirib chiqarmoqda. O’quv materialni puxta idrok etish va mazmunini to’laroq talabalar tomonidan anglab yetishlari maqsadida o’quv predmetlaridan amaliy, laboratoriya mashg’ulotlari tashkil etiladi. Bugungi kunda ijtimoiy gumanitar predmetlardan ham amaliy, laboratoriya mashg’ulotlari tashkil etish an’anaga aylanib borayotganini ta’kidlash lozim.CHunki, laboratoriya mashg’ulotlarida o’qituvchilar rahbarligida oldindan belgilangan aniq reja, topshiriqlar asosida nazariy materialni talabalar to’la idrok etadilar va mazmun-mohiyatini chuqur tushunadilar. Ta’lim muassasalari amaliyotida qator belgi va xususiyatlarga ko’ra farqlanuvchi ta’lim turlari mavjud.Ta’lim turi — bu ta’lim tizimida o’qitish va o’qish faoliyatlari xususiyatlarini umumlashgan harakteristikasini, ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchining o’zaro aloqalari harakterini, ta’lim vositalari, metodlari, shakllarini qo’llash vazifalarini ifodalaydi. Ta’lim turi pedagogik texnologiyalar orqali aniqlanadi. Ta’lim turlari quyidagilar bo’linadi: izohli tushuntirish, dogmatik, muammoli, dasturlashtirilgan, rivojlantiruvchi, evristik, shaxsga yo’naltirilgan, kompyuterli, modulli, masofali, predmetlararo. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling