Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika


Izohli-tushuntirish (an’anaviy, oddiy) ta’lim


Download 0.87 Mb.
bet27/53
Sana30.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1403973
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53
Bog'liq
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)

Izohli-tushuntirish (an’anaviy, oddiy) ta’lim – bu ta’limning shunday turiki, bunda bilim beruvchi bilimlarni tayyor holda so’z orqali tushuntirish va ko’rsatish orqali uzatishi bilan harakterlanadi, o’quvchilar qabul qiladilar va o’zlashtiradilar.
Dogmatik ta’lim —bu ta’lim turida qabul qilinayotgan ma’lumotlar isbotsiz qabul qilinadi.
Muammoli ta’lim — ta’limni ushbu turida o’qituvchi tomonidan o’quvchilar oldiga muammoli vaziyatlarni hosil qilib, o’quvchilar tomonidan muammolarni hal etish orqali yangi bilim, ko’nikma va malakalarini shakllanishiga, qobiliyatlarini, faolligini, ijodiy tafakkurini rivojlanishiga erishiladi
Rivojlantiruvchi ta’lim — o’quvchilarni rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim turi hisoblanib, bunda asosiy e’tibor nazariy bilimlarga qaratilgan holda, ta’lim tez va yuqori darajada qurilib, o’quvchilarni o’qitishda materialni ongli anglashni, maqsadga yo’nalganlikni, samaradorlilikni, tizimlilikni ta’minlaydi.
Evristik ta’lim — muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim prinsiplariga asoslanib, ta’limni o’quvchilarni o’qish faoliyatlarini ijodiy tadqiqotchilik izlanuvchanlik asosida tashkil etilishini ifodalaydi. Bunda o’quvchilarga o’z o’zlarini namoyish qilish uchun imkoniyatlar yaratiladi.
SHaxsga yo’naltirilgan ta’lim — bu ta’lim turida ta’lim dasturlari va o’quv jarayoni har bir o’quvchining bilish qobiliyatlariga yo’naltirilishi bilan harakterlanadi.
Dasturlashtirilgan ta’lim — bu o’qitish va o’qish faoliyatlarini dasturlashtirishga asoslanganligi bilan harakterlanib, bunda ta’lim mazmunini sifatli o’zlashtirilishini, nazorat qiliishini ta’minlovchi dasturlar asosida ta’limni tashkil etishni ifodalaydi.
Modul ta’lim — ta’lim mazmunini to’liq o’zlashtirilishini ta’minlovchi o’quv ma’lumotlarni modul orqali o’rganishni taqozo etadi.
Masofali ta’lim — ta’lim maqsadiga minimal vaqt sarflab, maksimal darajada ta’lim mazmunini o’zlashtirishni individual tarzda informatsion ta’lim jarayoni sharoitida o’zlashtirishga erishishni ta’minlaydi.
Predmetlararo ta’lim — bu ta’lim turi integratsiyalashgan o’quv predmetlarini o’zlashtirishga asoslangani bilan harakterlanadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling