Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika
Nazorat turlari, metodlari va shakllari
Download 0.87 Mb.
|
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)
Nazorat turlari, metodlari va shakllari
O’quvchilarning fan bo’yicha o’zlashtirishini nazorat qilish muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: – Joriy nazorat (JN); – Oraliq nazorat (ON); – Yakuniy nazorat (YAN); Joriy nazoratda fanning har bir mavzusi bo’yicha talabaning bilimi va amaliy ko’nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va u amaliy, seminar yoki laboratoriya mashg’ulotlarida amalga oshirilishi mumkin. Oraliq nazoratda fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo’limi yoki qismi bo’yicha nazariy mashg’ulotlar o’tib bo’lingandan so’ng, talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni yechish mahorati va qobiliyati aniqlanadi. Oraliq nazorat ma’ruza darslarida amalga oshirilishi mumkin. Oraliq nazoratlar soni fanning umumiy soatlari hajmidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan aniqlanadi. Joriy va oraliq turlari har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, og’zaki, yozma ish, test, nazorat ishi, uy vazifasi, og’zaki savol-javob va shu kabi boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. Y.N da talabaning bilim, ko’nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. Y.N semestr yakunida o’tkaziladi. Muayyan fan bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo’yicha quyidagacha taqsimlanadi: yakuniy nazoratga 30 ball, qolgan 70 ball esa oliy ta’lim muassasasi tomonidan kafedra taklifi asosida fan xususiyatlaridan kelib chiqqan holda joriy va oraliq baholashlarga taqsimlanadi. Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir baholash turlaridan to’plangan ballar yig’indisiga teng bo’ladi. Y.N turi yozma ish usulida yoki boshqa usullarda (og’zaki, test, himoya va hokazo) o’tkazilishi mumkin. Fan bo’yicha talabalar bilimini baholash mezonlari oliy ta’lim muassasasi kafedralari tomonidan ishlab chiqilib uslubiy kengashda tasdiqlanadi. Talabalar bilimini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi. Talabalar bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat etishni va baholashning tamoyillari: holislik, har tomonlamalik, o’ziga xoslik, tabaqalashtirilganlik, izchillik, ishonarlilikdir. Nazorat etish, baholash turlari va bosqichlari. Har qanday nazoratning turi, usuli teskari aloqani vujudga keltirishga xizmat qiladi. SHuning uchun nazorat tizimida xilma-xil usul va turlaridan foydalanish lozim. Nazorat usullari: Bilimlarni og’zaki nazorat (hisobot, referat, nazariy, kurs, bitiruv ishlari, ijodiy ishlar, matnlar, tezislar); grafik (chizmalar, kurs va bitiruv loyihalari, eskizlar, chizmalar): programmalashtirilgan nazorat (mashina va mashinasiz): – baholash komponentlari; – baholash maqsadini aniqlash; – natijalarni aniqlashga xizmat qiladigan nazorat topshiriqlarini tanlash. Talabalar bilim, ko’nikma va malakalarni nazorat qilish teskari aloqani vujudga keltiradi. Bu eng avvalo talaba uchun kerak, chunki, nazorat va o’z - o’zini nazorat natijalariga qarab talaba bilim, ko’nikma va malakalarni ongli egallab olishlariga xizmat qiladi. O’qituvchi uchun esa, nazorat natijalari o’quv bilim faoliyatini oqilona boshqarishni yo’lga qo’yish imkonini beradi. Ta’lim jarayonida nazoratga quyidagi pedagogik talablar qo’yiladi: nazoratni individual harakterda bo’lishi; ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida nazoratni tizimli, doimiy bo’lishi; nazoratning turli shakllaridan foydalanish; nazoratning har tomonlamaligi (o’quvchilarni nazariy bilimlarini, intellektual va amaliy ko’nikma va malakalarini tekshirishni ta’minlaydi); nazoratni obyektivligi; nazoratni tabaqalashgan yondashuv asosida tashkil etish. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling