Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika
Metodist — biror oʼquv fanini oʼqitish yoki tarbiyaviy ishlar metodikasisohasidagi mutaxassis. Motiv
Download 0.87 Mb.
|
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taʼlimning jamoa usuli
- Taʼlim metodi
- Ratsional tushuntirish
- Oʼzlashtirish
Metodist — biror oʼquv fanini oʼqitish yoki tarbiyaviy ishlar metodikasisohasidagi mutaxassis.
Motiv — odamni oʼqishga yoki biror harakatlarni bajarishga undovchi turlisabablar yigʼindisi. Pedagogik texnologiya — eng qisqa va umumlashtirilgan taʼrifi:barkamol insonni shakllantirish faoliyati, Shu bilan birga pedagogictexnologiyaning keng koʼlamli, serqirra tushuncha ekanligini hisobga olganholda uning quyidagi yana bir nechta taʼriflarini taklif qilishimizmumkin: Taʼlimning jamoa usuli (jamoa taʼlimi) — oʼquvchilarning bir-birinioʼqitish shakli. Har bir oʼquvchiga yangi dars mavzusi boʼyicha bir varaqdan kamboʼlmagan hajmdagi ilmiy matn yoki maqolani qayta soʼzlab berish va hamma savollarga javob bera olish darajasida oʼrganish topshiriladi. Har biroʼquvchi navbatma-navbat bir necha oʼquvchi bilan bittadan abzatsni, misolni,savolni oʼzaro muhokama qilib, oʼzlashtiradi. Soʼngra kichik guruh yoki butunsinf oldida soʼzlab beradilar yoki oʼqituvchining savollariga javobberadilar, yozma bayon qilishlari ham mumkin. Bu usulni qoʼllash jarayonidayakka va guruhli taʼlim shakllari ham amalga oshiriladi. Taʼlim metodi — oʼqituvchining oʼquvchilar bilan muntazam qoʼllaydigan,oʼquvchplirga oʼz aqlin qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish,bilim va koʼnikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanishimkonini beruvchi ish usuli Tushuntirish — ilm-fanning eng asosiy vazifasi. Atrof-muhitdagi voqeahodisalarni tushuntirishning dastlab mifologik, diniy, naturfilosofiya tizimlari paydo boʼlgan. Hozir tushuntirishning quyidagi shakllari mavjud: Ilmiy tushuntirish — obʼektiv qonuniyatlar asosida tushuntirish. Bu —voqea-hodisalarni, ularning mohiyatini toʼgʼri tushuntirish hisoblanadi. Ratsional tushuntirish — hodisalar va odamlar harakati qanday amalga oshirilgan boʼlsa, ularning toʼgʼri yoki notoʼgʼriligidan qatʼi nazar, asli holicha tushuntirishdan iborat. Bundan tashqari, harakatni amalga oshiruvchining maqsadini tushuntirishda ham uning toʼgʼri yoki notoʼgʼriligidan qatʼiy nazar, shu maqsadning oʼzini tushuntirish shakli qoʼllaniladi. Tushuncha — narsa va hodisalar, ularning xossalari, ular orasidagi munosabatlarni aks etiruvchi fikrlar.Ilmiy tushunchada mohiyatni ifodalavchi alohida belgilar umumlashtiriladi.Har bir tushunchaning mazmuni va hajmi boʼladi. Mazmun — tushuncha orqali aks ettirilgan belgilar yigʼindisi, hajm — shu mazmunga tegishli belgilarga ega narsa, hodisalar yigʼindisidan iborat.Tushunchada aks ettiriladigan narsalar doim kengroq sinf tarkibidan ajratuvchi belgilarga ega boʼlib, shu kengroq sinfga nisbatan turlarni ifodalaydi. Masalan, toʼgʼri burchakli uchburchaklar — umuman uchburchaklar sinfiga nisbagan tur. Uchburchaklar esa geometrik shakllar sinfiga nisbatan tur hisoblanadi. Oʼzlashtirish — tushunish, oʼrganish orqali axborotning maʼno-mazmuni, undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi toʼgʼrisida bilim va koʼnikmalar hosil boʼlishi. Oʼzlashtirish shartli ravishda quyidagi uchta darajaga ajratiladi: 1) oʼrgatilgan bilim, koʼnikmalarni toʼgʼri takrorlash; 2) ularni amaliy faoliyatda qoʼllash; ulardan tegishli maqsadlarda foydalanish imkoniyatiga ega boʼlish; 3) ularni ijodiy tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish asosida takomillashtirish faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʼlish. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling