Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika


Download 0.87 Mb.
bet51/53
Sana30.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1403973
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)

Тa’lim jarayoni - o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Тa’lim mazmuni -davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo’yicha o’zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Ta’lim nazariyasi - ta’limning ijtimoiy o’zgarishlar jarayoniga ta’sir ko’rsatishi, jamiyatda madaniyatning translyatsiya qilinishi va keng tarqalishi, ko’rsatma, qadriyatlarga asoslangan yo’nalish, hayotiy ideallarning shakllanishini belgilab beruvchi majmua.
Davlat ta’lim standarti - bu davlatning ta’lim darajasiga qo’ygan me’yori sifatida qabul qilinadigan asosiy parametrlar tizimi bo’lib, muayyan shaxsning ta’lim tizimidagi mavjud imkoniyatlari va ularni ideal darajaga yetkazishga erishishni anglatadi; ta’limning zarur, yetarli darajasi va o’quv yuklamalari hajmiga qo’yiladigan asosiy davlat talablari majmuasidir.
Reproduktiv o’zlashtirish darajasida bir turdagi masala yoki mashqlar (savollar) ni namunaga (tayyor yechib ko’rsatilgan) qarab yechish usuli.
Evristik (yun. heurisko – izlayman, topaman) – masala yechishning maxsus usullari (evristik usullar); EHM (kompyuter ) uchun dasturlar tuzish usuli (evristik dasturlash.; mahsuldor ijodiy fikrlash (tafakkur) jarayonini tashkil qilish (evristik faoliyat); evristik faoliyatni o’rganadigan predmet; fikrlash haqidagi fanning maxsus bo’limi.
Tadqiqotchilik - ilmning u yoki bu sohasida tadqiqot ishi bilan shug’ullanuvchi mutaxassis
Motivatsiya -inson faoliyatini boshqarishda uning axloqiymayllaridan foydalanish.
Pedagogik tizim - aniq maqsadga yo’naltirilgan, mazmunan boy, tarkibi jihatidan qat’iy shakllangan o’quv vaziyatida o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi o’zaro hamkorlik
Dars -uzluksiz ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta’limning asosiy shakli,o’quv faoliyat education functionm o’quvchilarning atrof olamni bilish, bilim va tushunchalarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan o’quv harakati

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling