Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Download 0.64 Mb.
bet1/12
Sana04.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1158744
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Занглийлар тартиби


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
EKOLOGIYA VA BOTANIKA KAFEDRASI

BOTANIKA FANIDAN
Zanglilar – Uredinales tartibining tarqalishi va hayot tarzi suvo’tlarining tarqalishi va ekologiyasi
mavzusida


KURS ISHI

Bajardi: Biologiya ta’lim yo’nalishi 208-guruh talabasi Nodira Murodova

Kurs ishi rahbari: Tojiboyev M.
.
Andijon -2021

REJA:
Kirish
Kurs ishining mavzuning dolzarbligi
Kurs ishining maqsadi va vazifalar
I BOB. ZANGLYLAR TARTIBI — UREDINALES

    1. G‘alla zang zamburug‘i

1.2 Puksiniyadoshlar oilasi — Puccinaceae
1.3 Bazidiomitsetsimonlarning kelib chikishi va evolyutsiyasi
IIBOB. DEYTEROMITSETLAR YOKI TAKOMILLASHMAGAN
ZAMBURUG‘.
2.1 Deyteromitsetsimon zamburug‘larni
2.2 Fusariumohysporu
2.3 Suvo‘tlarni tabiatdan yig‘ish va saqlash usullari.
Xulosalar
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonda o’simliklarni iqtisodiy jihatdan samaradorligi yuqori bo’lgan usullar asosida himoya qilishga, aholiga ozuqa, sanoatga xom ashyo yetkazib berishda zararli organizmlarga qarshi kurashda biologik usul yetakchi rol o’ynaydi.
Dastlab respublikamizda zararkunandalarga qarshi kimyoviy usul qo’llanilgan. Zaharli kimyoviy moddalarni, ayniqsa yuqori toksik moddalarni keng qo’llash atrof-muhitda tuzatib bo’lmaydigan darajada talofot yetkazdi, suv havzalari ifloslanishi, foydali mikroorganizmlarni sonini kamayishiqishloqlarda ekologik vaziyat keskinlashuvi va aholi o’rtasida kasalliklar o’sishiga olib keldi. Yuzaga kelgan holatni hisobga olgan holda atrof-muhit uchun xavfsiz bo’lgan va o’simliklarning uyg’unlashtirilgan himoyasini asosi hisoblangan biologik usulning ilmiy asoslarini vujudga keltirish va ishlab chiqarishga keng joriy etish masalasi dolzarbdir.
O’zbekistonda shakllangan ko’p asrlik an’anaviy sabzavotchilik va bog’dorchilik madaniyati azaldan mahalliy o’g’itlardan foydalanishni ko’zda tutadigan biologik dehqonchilik printsipiga asoslangan. Bu genlarni modifikatsiya qilish texnologiyalarini qo’llamasdan, juda mazali ta’mga va iste’mol xususiyatlariga ega bo’lgan ekologik toza meva va sabzavotlar yetishtirish imkonini beradi.
Respublikamizda biologik himoya usuli yechimlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga keng joriy qilish borasida ma’lum darajada yutuqlarga erishildi. Jumladan, dastlab 1971 yilda bu usul 2,6 ming ga maydonda joriy qilingan bo’lsa, 1986 yilda 4503 ming,1987 yilda 5227 ming,1993 yilda 5900 ming, 2000-yilda 7600 ming, 2998-yilga kelib 14 mln gektardan ortiqni tashkil qiladi.
Biologik himoya qilish usuli deb, tirik organizmlar yoki ularning zararini kamaytirish uchun qo’llashga aytiladi. O’simliklarni biologik usulda himoya qilish qadimdan keng saqlanib kelingan. Tabiiy sharoitda organizmlar o’zaro turli munosabatda bo’lib, bir-biri bilan bevosita bog’liqlikda bo’ladi. Tirik organizmlar, ya’ni hayvonlar o’simliklar va mikroorganizmlarni o’zaro hamjihatlikda yashay oladigan sharoit bu biotsenoz bo’lib, biotsenozda organizmlar aloqasi juda murakkab tur ichida va turlararo biologik munosabatlarda bo’ladi.
Organizmlarning o’zaro aloqasini simbioz, yirtqichlik, parazitizm va antibioz shakllari mavjud bo’lib, ular biologik himoyada yetakchi rol o’ynaydi.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni esa xom ashyoga bo’lgan talabini qondirish hozirgi kunda mamlakatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Bu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish, ko’p jihatdan, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining barcha rezervlaridan omilkorlik bilan foydalanishga bog’liqdir. Chunki, o’simliklarning ko’pdan-ko’p zararkunandalari, kasalliklari va begona o’tlarning yetkazadigan zarari va nobudgarchiligi o’simliklar hosildorligini pasaytiradi.
Hayotning o’zi bizdan bu muhim sohadagi ishlarimizga bo’lgan munosabatimizni tubdan qayta ko’rib chiqishni talab qilmoqda. Qishloq xo’jaligini taqdiri, eng muhim ijtimoiy, iqtisodiy muammolarimizning hal etilishi, pirovard natijada, mamlakatimiz oziq-ovqat ta’minoti xavfsizligi bu boradagi ishlarimizning ko’lami va samaradorligi bilan bog’liq2.
O’simliklarni zararkunandalariga qarshi kurash yuqori biologik va iqtisodiy samara beradigan, atrof-muhitga va entomofaglarga, hamda issiq qonli hayvonlarga kam ta’sir qiladigan, boshqacha so’z bilan aytganda atrof-muhitni va oziq-ovqat maxsulotlarini ifloslantirmaydigan bo’lishi kerak. Lekin hozirgi kundagi o’simlik zararunandalariga qarshi olib borilayotgan himoya chora-tadbirlari bu talablarga yetarlicha javob bermaydi. Chunki himoya tadbirlarini o’tkazish vaqtida dalalarning zararkunandalar bilan zararlanish darajasi, ularning iqtisodiy zarar keltirish mezonlari hisobga olinmasdan kimyoviy preparatlar bilan ishlov beriladi.
Natijada bu tadbirlar iqtisodiy jihatdan o’zini oqlamaydi va ko’plab hosilning yo’qotishiga va sifatining pasayishiga olib keladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling