Andijon davlat univyersiteti


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

Jami 
— 
— 
52,9 
 
 


42 
3.6. O’simliklarning tarqalishida yorug’likning ahamiyati fotoperiodizm, 
aktinoritmizm 
Radiatsiya intensivligi va yorug’lik spektorining tarkibi ko’p jihatdan 
geografik holatga bog’liq bo’ladi. Masalan, shimolda yorug’lik intensivligi kuchsiz 
bo’lib, lekin yoritilish uzoq davom etadi, asosan uzun to’lqinli nurlardan iborat 
bo’lgan tarqalib tushadigan yorug’lik ustunlik qiladi. Janubda esa kun qisqa 
(ekvatorda 12 soatga teng), yorug’lik intensivligi yuqori bo’lgan holda, qisqa 
to’lqinli yorug’lik ustunlik qiladi. Demak, shimolda o’simliklar vegetatsiya davrida 
uzun kun sharoitida, janubda esa qisqa kun sharoitida o’sadi. 
Kun uzunligining o’ziga xos ta’siriga, aniqrog’i kun bilan tun uzunligining 
o’zaro ta’siriga juda qadim zamonlardan e’tibor byerib kelinadi. 1920 yilda 
amyerikalik olimlardan Garnyer bilan Allard kun uzunligining o’ziga xos ta’sirini 
va kun bilan tun almashinishining, yorug’lik va qorong’ilikning o’simliklar uchun 
ahamiyatini tajribada isbotlab byerdilar va buni fotopyeriodizm yoki aktinoritmizm 
deb atadilar. Garnyer va Allard aktinoritmizm belgilari bo’yicha o’simliklarni 
quyidagi 3 guruhga bo’ladilar: uzun kun o’simliklari (kun uzunligi 12 soatdan 
kam) bular qisqa kun sharoitida gullamaydi yoki kech gullaydi; qisqa kun 
o’simliklari (kun uzun) kun 12 soatdan uzun bo’lgani uchun bular gullamaydi yoki 
kech gullaydi; neytral, ya’ni oraliq o’simliklar bular uzun kunda ham, qnsqa 
kunda ham gullaydi, lekin gul va mevalarining umumiy mahsuloti baribir kun 
uzunligining nisbatiga qarab yo ko’payadi, yoki kamayadi. Eng avval turli xil 
o’simliklarning rivojlanishi uchun ma’lum bir kritik maksimum va minimum 
ahamiyat kasb etadi. SHaroit ana shu kritik chegaradan chiqib ketganda, 
o’simliklar rivojlanmaydi. Boshqacha aytganda, ma’lum kritik minimumni afzal 
ko’radigan o’simliklar turini uzun kun o’simliklari deb, fotopyeriodizm davri kritik 
maksimumdan kichik bo’lganda normal gullaydigan va hosil tugadigan 
o’simliklarni qisqa kun o’simliklari deb atash mumkin. Lekin ko’pchilik qisqa va 
uzun kun o’simliklari bu davr 12-14 soatni tashkil etadi. 
Bu hodisalarni fiziologik jihatdan tushuntirish uchun va o’simliklarni belgilari 
bo’yicha klassifkkatsiyalash bo’yicha har xil nazariyalar mavjud. Ekologlar va 


43 
geobotaniklar uchun geografik hodisalardan bo’lgan fotopyeriodizm muhim 
ahamiyat kasb etadi, bunda kun bilan tun uzunligining o’zaro nisbati joyning 
geografik kengligiga bog’liq bo’ladi. 
Qisqa kun o’simliklarida ma’lum kritik davrdan ancha uzun bo’lgan kun 
vegetativ organlarining ko’payishiga (gigantizmga) va gullashning to’xtashiga olib 
keladi. Masalan, qisqa kun o’simligi bo’lgan soya o’simligi 12 soatli 
fotopyeriodizm davrida 100-kuni gullagani holda, 5 soatli fotopyeriodizm davrida 
37-kuni gullaydi, uzun kun o’simliklarida kritik davrdan qisqa bo’lgan sharoitda 
o’stirilganda bo’g’im oraliqlari qisqaradn va hatto o’simlik to’pbargiga o’xshab 
qoladi. Buning ustiga o’simlikda gullash va hosil to’plash izdan chiqadi. Mo’’tadil 
iqlim xududidagi daraxtlar tashqi muhit sharoiti, ayniqsa yorug’lik va issiqlikning 
siklliligi bilan bog’liq holda o’sishda davom etadi. Kunning uzunligi ayrim daraxt 
va butalarda barglar to’kilishini va tinim davri boshlanishini belgilaydi. 
Ekvator xududida kun uzunligining mavsumiy o’zgarishi uncha katta emas. 
Bu yyerda qulay namlik va tempyeratura sharoitida o’simliklar yil bo’yi ritmik 
aktivlikda bo’ladi va kun uzunligining o’zgarishiga juda kam ta’sirchan bo’ladi. 
Uzun kun o’simliklarida kunning kritik uzunligi tempsraturaning pasayishiga 
bog’liq holda qisqarishi mumkin. Ayni vaqtda tempyeratura past bo’lsa, uzun kun 
o’simliklari gullashi uchun kun qisqa bo’lishi kerak. Odatda, shimolning uzun kun 
o’simliklari qisqa kunli tropik yoki subtropiklarga ko’chirilsa, gullaydn. Lekin 
tempyeratura omilini hisobga olgan holda, ular gullaydi, deb taxmin qilish 
mumkin. Masalan, mazkur subtropiklarning kun qisqa, lekin tempyeratura past 
bo’ladigan tog’li xududlarida ana Shunday. 
Shuni ham aytish kerakki, tempyeratura boshqacha ta’sir ko’rsatishi ham 
mumkin. Agar qisqa kun o’simligi bo’lgan tariqning namlangan urug’i 5-10 kun 
davomida 27-29° saqlansa, bu o’simlik uchun qisqa kunning zarurati qolmaydi. 
Bundan tashqari, mo’’tadil xududdagi gullashni kuzga qisqa kunlar bilan bog’liq 
bo’lgan kech gullaydigan kuzgi o’simliklar tog’larda tempyeratura pasayishi bilan 
yozda gullaydigan uzun kun o’simliklari qatorida gullaydi. 


44 
Shimolda o’sadigan o’simliklar, odatda, uzun kun o’simliklari bo’lishi kerak, 
chunki ularning qisqa vegetatsiya davri uzoq davom etadigap kun uzunligiga 
to’g’ri keladi. O’rta kengliklardagi xududlarda uzun kun o’simliklari ham, qisqa 
kun o’simliklari ham uchraydi. Bu yyerlardagi bahorda yoki kuzda gullaydigan 
o’simlik turlari qisqa kun o’simliklariga, ayni yozda gullaydiganlari uzun kun 
o’simliklariga kiradi. Lekin turlarning bu o’zaro nisbati kenglikka bog’liq holda 
o’zgaradi chunonchi, shimolga yaqinlashgan sari uzun kun o’simliklari soni ortib 
boradi. 
Fotoperiodizm davri o’simliklarning tarqalishida katta ahamiyatga ega. Tabiiy 
tanlanish jarayonida turlar o’zi o’sayotgan joyning kun uzunligi va optimal gullay 
boshlash muddatlari to’g’risidagi axborotni genetik- jihatdan mustahkamlaydi. 
Hatto vegetativ yo’l bilan ko’payadigan o’simliklar turida ham kun uzunligi 
mavsumiy o’zgarishlar bilan zaxira moddalar to’planishi orasidagi nisbatni 
belgilaydi. Albatta, populyatsiyalar tarkibida kun uzunligiga tor va keng 
moslashgan o’simliklar bo’lishi munkin. SHunga ko’ra, o’simliklarning tarqalish 
arealini o’rganishda fotopyeriodizm omilini albatta hisobga olish kerak bo’ladi. 
Kun uzunligiga nisbatan indiffyerent bo’lgan o’simlik turlari potentsial 
kosmopolitlar hisoblanadi. Yerta bahordan kech kuzgacha gullaydigan turlar ham 
shular jumlasiga kiradi. Boshqa turlar muayyan kun uzunligida gullay olishga 
imkon beradigan geografik kenglik doirasidan chetga chiqa olmaydi. Uzun kun 
o’simliklari agar «mavsumdan tashqari vaqtda» sun’iy uzun kun sharoitiga 
o’tkazilsa, o’sishi mumkin. Odatda, o’simliklar gullashi davrida sekin o’sadi, lekin 
agar muttasil uzun kun sharoitida saqlansa, ular intensiv o’sish fazasiga kirishi va 
gullashi mumkin. Tabiiy sharoitda kunning qisqarishi va vegetatsiya davri 
oxirlarida tempyeraturaning pasayishi natijasida qayta gullashga majbur qiladigan 
“Prozokatsiya” hodisasining oldi olinadi: qisqa kun sharoitida o’simliklarning 
o’sishi susayadi va guli shakllanmaydi. Kun qisqarishi bilan o’sish jarayoni 
aktivlashgandan keyin u tempyeratura sharoiti bilan nazorat qilinadi. 
Fotopyeriodizm amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga ega, chunki u o’simliklarni 
shimol tomonga surish imkonini beradi. 


45 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling