Andijon davlat univyersiteti


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

 
 
 


47 
IV-BOB. O’SIMLIKLARGA ISSIQLIKNING TA’SIRI 
Tayanch so’zlar: al`bedo, joul, konveksiya, termoperiodizm, radiasiya. 
Harorat omili 
Fig. 1.3.9. Diffyerences in sensitivity to cold in organs of the coffee tree. 
Pyercentual damage aftyer 3 days of continual cooling to +1 °C. Black Complete 
damage; chl chlorotic. (Larchyer 2003). CHizma. 1.3.9. Kofe daraxti organlarida 
sovuqqa sezuvchanlik farqlari. 3 kundan keyin harorat +1 °C ga ko’tarilganda 
organlardagi o’zgarishlar. Qora rang to’liq zararlangan (Larchyer 2003).
Yernst-Detlef Schulze, Yerwin Bech, Klaus Mullyer Hohenstein. Plant 
ecology. Springyer Byerlin-Heidelbyerg, Gyermany, 2005. P.45. 
 
4.1. O’simliklar temperaturasining atrof - muhit temperaturasiga 
bog’liqligi 
Barcha fiziologik va kimyoviy jarayonlar ma’lum bir temperatura chegarasida 
boradi. SHunga ko’ra, issiqlik omili o’simliklarning geografik jihatdan tarqalishida 


48 
ham katta rol` o’ynaydi. Ma’lumki, issiqlik kinetik energiya shakllaridan biri 
bo’lib, boshqa turdagi energiyaga aylanishi va nisbatan issiq bo’lgan jismdan 
sovuqroq jismga o’tishi mumkin. Issiqlikning bunday o’zgarishi yoki 
uzatilishining uchta usuli: radiatsiya, issiqlik almashinuvi va konvektsiya usuli 
mavjud. 
Radiatsiya deganda, quyoshdan yoki quyosh nuridan isigan jismdan har xil 
uzunlikdagi (nurlar) to’lqinlar tarqalishi tuShuniladi. Atmosfera quyosh 
radiatsiyasining yoki iksolyatsiyaning ma’lum bir qismini tutib qoladi, qolgan 
qismi esa yergacha yetib kelib, uni isitadi. Yer isigandan keyin, o’z navbatida, 
olgan energiyaning bir qismini atmosferaga qaytaradi. Lekin atmosfera xuddi 
ekran singari vazifani bajaradi, ya’ni o’ziga tushgan energiyani tutib qolib, bir 
qismini qaytaradi. Tuproq yuzasidagi quyoshdan isigan molekulalarning 
o’zgaruvchan aktivligi havoning tuproqqa yaqin qatlamlariga o’tadi va ana 
Shunday issiqlik o’tkazuvchanlik natijasida issiqlik almashinuvi, issiqlik uzatish 
sodir bo’ladi. Atmosferannng pastki qatlamlari isiganda zichligi pasayadi va isigan 
havo yuqoriga ko’tariladi, ular o’rnini esa ancha sovuq havo massasi egallaydi. 
Bundan tashqari, issiqlik energiyasi havo oqimi orqali va gorizontal yo’nalishda 
nisbatan issiq joydan nisban sovuq joyga tomon xarakat qiladi. Gazlar 
aralashmalari orqali bu xildagi issiqlik almashinuvi konveksiya deb ataladi. 
O’simliklarning issiqlik rejimi uchun mazkur sathga tushayotgan issiqlik 
energiyasini undan qaytarilayotgan issiqlik energiyasiga nisbatini aniqlash juda 
muhimdir. Bu nisbatning foiz hisobidagi miqdori «alьbedo» deb ataladi (bu termin 
yorug’lik energiyasiga nisbatan ham ishlatiladi). Issiqlik energiyasining o’lchov 
birligi Joul` (J) bilan ifodalanadi. Bir kaloriya 4,186 J ga teng. Boshqacha 
aytganda, 1000 kaloriya kilokaloriyani (kkal), ya’ni 4,186-103 J ni tashkil qiladi. 
Minutiga har 1 sm
2
hisobiga 1 kaloriyani tashkil etuvchi radiatsiya 6,98-102 Vt-
m~2 ga, ya’ni 698 J m-2.s-1 ga teng keladi. 
Temperatura termini (jismning isiganlik darajasi) jismning molekulyar 
aktivligi darajasini ifodalash uchun ishlatiladi. SHunga ko’ra, issiqlikni 
“Temperatura” dan farq qila bilish kerak. Boshqacha aytganda, “Temperatura” 


49 
sifat ko’rsatkichi (molekulyar aktivlik darajasi), “Issiqlik” esa miqdor ko’rsatkichi 
hisoblanadi. Buni biron bir narsaning ikki xil massasini bir xil temperaturagacha 
isitish uchun kichigiga kattasiga nisbatan kam energiya sarflanishdan ham bilish 
mumkin. 
O’simlikning temperaturasi bilan agrof-muhig temperaturasi qanday va qaysi 
darajada mos keladi yoki bog’liq bo’ladi, degan savolga javob berishda o’simlik 
tomonidan ajratiladigan issiqlik miqdorini nazarda tutmaslik kerak, chunki u juda 
kam miqdorni tashkil etadi. Ildizning temperaturasi tuproqning temperaturasiga 
juda yaqin bo’ladi, chunki ildiz tuproq bilan bevosita bog’liq holda joylashgan 
bo’ladi. O’simliklarning yer ustki organlari masalasi juda murakkabdir. 
Hamma vaqt, kechasi yoki kunduzi, qishda yoki yozda o’simlikning butun 
hayoti davomida, xususan, uning yer ustki organlari issiqlik radiatsiyasi, ta’sirida 
bo’ladi. Odatdagi temperaturada o’simlik barglari ko’p miqdordagi uzun to’lqinli 
radiatsiyani o’zlashtiradi va tarqatadi. Barglarga radiatsiya bevosita yoki boshqa 
narsalardan aks etib tarqoq holda tushishi mumkin. Barg o’ziga tushayotgan 
energiya oqimining bir qismini o’zlashtiradi va isiydi. Ular o’zlashtirgan 
energiyaning juda oz qismi fotosintez uchun, ko’p qismi transpiratsiyaga 
sarflanadi. 8-20% yashili va 45% gacha infraqizil nurlar qaytariladi. Nihoyat, 
insolyatsiyaning ma’lum qismi (yana asosan yashil va infraqizil nurlar) barglar. 
orqali o’tadi. 
Shunday qilib, atrof-muhitdan tushayotgan energiya oqimi barglarga, 
Shuningdek, butun o’simlikka ta’sir ko’rsatadi va unda boradigan fiziologik 
jarayonlar normal o’tishi uchun sarflanadi. Modomiki, barg tushayotgan va 
qaytayotgan energiyani o’zlashtirar ekan, ko’p narsa o’simlikka yaqin yuzadagi 
alьbedoga bog’liq bo’ladi. Masalan, quruq qum uyumlari tushayotgan 
energiyaning 30-60% gacha qismini qaytaradi, Shuniig uchun bunday qum 
uyumlari ustida o’sayotgan o’simliklar bargi quyoshdan tushayotgan energiyani 
20% ko’p o’zlashtiradi. Bu jarayonlar natijasida, odatda, kunduz kunlari barglar 
temperaturasi ko’tarilib ketishi kuzatiladi. Buni ayniqsa insolyatsiya kuchli


50 
transpiratsiya sust bo’lganda va issiqlik almashinuvini kamaytiruvchi shamol 
bo’lmaganda yaqqol ko’rish mumkin. 
Barglar temperaturasi ko’p jihatdan qalinligiga va konsistentsiyasiga bog’liq. 
Bu temperatura bevosita tushgan nurlardan oshadi va havo temperaturasidan ham 
ustun bo’lishi mumkin; tarqoq tushgan yorug’likda barglar temperaturasi, odatda, 
havo temperaturasiga qaraganda past bo’ladi. Issiqlik sig’imi uncha katta 
bo’lmagan yupqa qoziq barglar qalin barglarga qaraganda insolyatsiyaning 
o’zgarishiga nisbatan ta’sirchan bo’ladi, chunki qalin barglarning sathi uncha katta 
bo’lmaganligi uchun issiqlik almashinish intensivligi past va transpiratsiya sust 
bo’ladi. 
V.I.Voznesenskiy va R.M.Reynus (1977) Janubi-G’arbiy Qoraqumda 
o’sadigan o’simliklar assimilyatsiya qiluvchi organlarining temperaturasi kun 
davomida sezilarli darajada o’zgarib turishini ko’rsatdilar. CHunonchi, bahorda va 
yozda 8-14 dan 35-39° gacha o’zgarib turadi; kuzda esa 4-30° atrofida bo’ladi. 
Yozning eng issiq paytlarida o’simlikning assimilyatsiya qiluvchi organlari 
temperaturasi 40-43° ga yetadi. O’rta Osiyo cho’llarida tarqalgan, issiq vaqtda 
barglariii to’kib yuboradigan buta va chala butalarning, Shuningdek, bargli ko’p 
yillik o’t o’simliklarning assimilyatsiya qiluvchi organlari temperaturasi hamma 
vaqt havo temperaturasiga qaraganda past bo’ladi. Masalan, rovochda maksimal 
darajadagi farq (8
o
S) kuzatilgan. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling