Andijon davlat univyersiteti


 Tuproqning suv saqlash xususiyati va o’simliklar uchun bu suvning


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

5.3. Tuproqning suv saqlash xususiyati va o’simliklar uchun bu suvning 
foydaliligi 
Bir qancha omillarga bog’liq holda tuproq tarkibida turli miqdorda suv 
saqlaydi. Tuproqning barcha bo’shliqlari suv bilan to’lgandagi eng ko’p suv 
miqdori tuproqning to’liq, nam sig’imi deyiladi. Odatda, tuproqning sizot suvlar 
sathidan pastda joylashgan gorizontlari to’liq nam sig’imiga yaqin darajada nam 
bo’ladi. Shuningdek, tuproqning kapillyar nam sig’imi farq qilinadi, bunda suv 
tuproqning kapillyar bo’shliqlarini band qilgan bo’ladi. Tuproqnipg kapillyar nam 
sig’imi sizot suvlar sathidan boshlab yuqoriga tomon kamayib boradi. SHunga 
ko’ra, tuproqning kapillyar nam sig’imi o’zgaruvchan va sizot suvlar sathidan 
yuqorida joylashgan qatlamning qalinligiga bog’liq bo’ladi. 
Tuproq orqali barcha gravitatsion suv oqib chiqib ketgandan keyin o’zida 
namlikni ushlab qolish xususiyati uning eng muhim xossasi hisoblanadi. Og’irlik 
kuchiga qarama qarshi o’laroq, tuproqda ushlanib qolgan namlik eng kichik dala 
nam sig’imi deb ataladi. Uning miqdori tuproqda mayda teshiklar va kapillyarlar 
mavjudligiga bog’liq bo’lib, 5% dan (qumli tuproqlarda) 30% gacha (og’ir 
tuproqlarda) o’zgarib turadi. Suvni ushlab qolishda tuproqdagi kapillyar va 


72 
sorbtsion kuchlar ishtirok etadi. Tuproqning to’liq nam sig’imi bilan eng kichik 
nam sig’imi o’rtasidagi farq uning maksimal nam sig’imini ifodalaydi. 
Qishloq xo’jalik o’simliklarining rivojlanishi uchun (sug’oriladigan sharoitda) 
tuproqning optimal namligi dala nam sig’imiga nisbatan 100-70% orasida o’zgarib 
turadi. Tuproqning haqiqiy namligi dala nam sig’imiga nisbatan 70-75% dan past 
bo’lsa, o’simliklar yaxshi rivojlanmaydi va hosildorligi pasayib ketadi. 
O’simliklarning taqsimlanishida va o’simlik qoplami strukturasida tuproqning nam 
o’tkazuvchanligi, ya’ni o’zi orqali suv o’tkazish xususiyati ma’lum darajada 
ahamiyatga ega. Suv o’tkazuvchanlik tunroqning g’ovakligiga to’g’ri proportsional 
va tuproq zarrachalari yuzasiga teskari proportsionaldir. Mexanik tarkibi jihatidan 
og’ir tuproqlarning suv o’tkazuvchanligi (boshqa bir xil sharoitda) yengil 
tuproqlarnikiga qaraganda past bo’ladi. Suv rejimiga nisbatan olganda
o’simliklarning barqaror so’lish namligi tuproqlarnipg muhim xarakteristikasi 
hisoblanadi. So’lish koeffitsisenti haqidagi tushuncha 1912 yilda L. Brigs va G. 
SHans tomonidan kiritilgan. Bu miqdor tuproqdagi o’simliklar uchun foydasiz 
bo’lgan suv zaxiraini xarakterlaydi. So’lish koeffitsienti miqdori tuproqning 
mexannk tarkibiga, zichligiga, Sho’rlanish darajasi va boshqalarga bog’liq bo’ladi. 
Eng kichik so’lish koeffitsienti qumlik, undan keyin qumoq va qumloq tuproqlarni 
xarakterlaydi va bu ko’rsatkich sog’ tuproqlarda yuqoriligi kuzatiladi. Boshqa qilib 
aytganda, mexanik tarkibi og’ir bo’lgan tuproqlarda o’simliklar uchun foydasiz 
bo’lgan suv eng ko’p miqdorda bo’ladi. Torfsimon materiallarga boy bo’lgan 
tuproqlarda so’lish koeffitsnenti ham eng yuqori bo’ladi. 
Brigs va SHanslar fikricha, so’lish koeffitsienti o’simliklar turiga bog’liq 
bo’lmaydi, ya’ni har xil o’simliklar tuproqning bir xil miqdordagi namligida so’lib 
qolishi mumkin. Lekin hozirgi vaqtda bir turga oid har xil o’simliklar uchun 
so’lish koeffitsienti bir xilda bo’lmay, o’simliklarning har xil rivojlanish fazalarida 
tuproq namligining kamayishiga chidamliligi ham har xil bo’lishini ko’rsatmoqda. 
Bunda o’simliklarning fiziologik tabiati ham katta ahamiyatga ega tuproqda nam 
kam bo’lsa, qurg’oqchilikka chidamli o’simliklar namsevarlarga qaraganda tez 
so’lib qoladi.


73 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling