Andijon davlat univyersiteti


 O’simliklarda suvning harakatlanishi. Transpiratsiya


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

 
5.5. O’simliklarda suvning harakatlanishi. Transpiratsiya. 
Quyida suv rejimi, ya’ni gomoyogidrik o’simliklar suvni shimishi, tanasi 
bo’ylab o’tkazishi va ajratishi bilan tanishamiz. Bundan oldin o’simliklar 
tuproqdagi suvni o’zlashtirishida ildiz tizimining roli bilan tanishgan edik. 
O’simliklar tanasida suvning qanday harakatlanishi fiziologiya kursida batafsil 
o’rganiladi. Ildiz tukchalari vositasida tuproq zarrachalaridan shimib olingan suv 
ildiz po’stlog’ining parenximasi orqali endodermaga, so’ngra o’tkazuvchi 
hujayralar orqali markaziy tsilindrga yetib boradi. Markaziy tsilindrning parenxima 
hujayralari ildiz bosimining manbai bo’lib xizmat qiladi markaziy tsilindr bo’ylab 
suv poyaning barglar tomon ko’tarilib boradigan transport tizimiga borib 
qo’shiladi, ya’ni poyaniig o’tkazuvchi naychalari orqali harakatlanadi. 
O’simliklarda suv potentsialining gradienti tufayli suv joydan joyga ko’chadi, 


76 
chunki o’simliklarni o’rab turgan havo muhitidagi suv potentsiali, odatda, ancha 
past bo’ladi. Mezofill hujayralari orqali bug’lanadigan suv havoning suv bug’lari 
bilan kam to’yingan qatlamiga o’tadi. Bunda hujayralarning so’rish kuchi ortadi, 
demak, suv potentsiali gradienti ham kuchayadi. Barg og’izchalari orqali suv 
bug’lanishi kuchayishi, ya’ni transpiratsiya intensivligi ortishi bilan suvning 
o’simlik bo’ylab harakatlanishi tezlashadi. Lekin suvning o’simlik bo’ylab 
harakatlanish tezligi ko’p jihatdan bir qancha qarama-qarshiliklarga bog’liq 
bo’ladi. Bularga ksilema elementlari ko’ndalang kesimining o’lchami, og’irlik 
kuchi, naychalar bo’ylab ishqalanish kuchi, barglarning o’lchami, shakli va 
yuzasining xarakteri va ayniqsa ularning qanchalik ochiq bo’lishini belgilaydigan 
og’izchalarinint qarshiligi kiradi. Barglar kutikulasi va peridermasi. orqali suv 
bug’lanishi ham ma’lum darajada rol` o’ynaydi. Lekin suvning o’simlik tanasi 
bo’ylab ko’tarilishida har qalay og’izchalar orqali boradigan transpiratsiya jarayoni 
asosiy rol` o’ynaydi, chunki hujayralararo bo’shliqlarda bug’simon holatga o’tgan 
suv barg og’izchalari orqali havoga chiqib ketadi. Bu jarayon bug’lanishning fizik 
qonunlariga muvofiq boradi, lekin Shuni qayd qilish kerakki, agar suv 
bug’latadigan sath nihoyatda nam va ancha isigan bo’lsa, suv juda tez bug’lanadi. 
SHunga ko’ra, issiq havo ancha yuqori darajada nam bo’lganda ham, masalan 
tropik o’rmonda, transpiratsiya jarayoni boraveradi. 
O’simliklarda transpiratsiya oqimiga qarshilik kuchi har xil bo’ladi; oqim 
tezligi ham har xil. Masalan, ninabargli daraxtlarda poyaning qarshiligi bargli 
daraxtlar poyasinikiga qaraganda ko’p marta yuqori bo’ladi. Shuning uchun 
boshqa bir xildagi sharoitda bargli daraxtlarda kuzatiladigan suv tanqisligi 
ninabargli daraxtlardagiga qaraganda ancha past bo’ladi. Suvning ninabargli 
daraxtlar tanasi bo’ylab o’rtacha harakatlanish tezligi 0,4 mm-g 1 ga, bargli 
daraxtlarda 12 mm-s-1 ga teng. Suvning poya bo’ylab harakatlanish tezligi 
lianalarda (40 mm-sek gacha) va o’t o’simliklarda (18 mm-sek gacha) eng yuqori 
bo’lishi kuzatilgan. 
Daraxtlarda transpiratsiya oqimi yertalab shox shabbasining yuqori qismida 
va shoxlarining uchida boshlanib, bu oqim ildizdan «suv ipi» ni yuqoriga qarab 


77 
tortadi. Transpiratsiya oqimi asta-sekin tezlashib, kunning yarmiga borganda 
maksimal darajaga yetadi. 
Transpiratsiya intensivligi ko’p jihatdan og’izchalar (ust’itsalar) ishiga 
bog’liq. Barglarda C0
2
ning kontsentratsiyasi ortib ketsa, og’izchalar yopiladi
kontsentratsiya pasaygandan keyin ochiladi. Lekin og’izchalarniig qanchalik ochiq 
bo’lishiga boshqa omillar yorug’lik, temperatura, havoning namliga va 
o’simliklarning suv bilan ta’minlanish sharoiti, barglarning yoshi, ontogenez 
bosqichlari va boshqalar ham ta’sir etadi. Suv bilan yaxshi ta’minlangan sharoitda 
yorug’lik qancha kuchli bo’lsa, og’izchalar shuncha keng ochiq bo’ladi. 
Temperatura og’izchalarning ochilish tezligiga ta’sir ko’rsatadi, chunonchi, 
temperatura qancha yuqori bo’lsa, og’izchalar shuncha tez ochiladi. Temperatura 
past bo’lsa, og’izchalar juda sekin va chala ochiladi, havo salqin bo’lganda esa 
umuman ochilmaydi. Yana Shunisi qiziqki, optimal darajadan yuqori bo’lgan 
temperaturada og’izchalar yaxshi yopilmaganicha qoladi, lekin juda isib ketganda 
esa ular juda keng ochiladi va o’simlikni kuchli suv bug’latishdan himoya qila 
olmaydi. Qurg’oqchilik og’izchalarning yopilishiga, ya’ni o’simlikda turgor 
holatining yo’qolishiga sabab bo’ladi. Suv tanqisligi sezila boshlashi bilanoq, 
og’izchalar yopiladi. 
Demak, o’simdiklar normal yashashi uchun suv bilan yaxshi ta’minlangan 
bo’lishi, ya’ni suv rejimi normada bo’lishi kerak. Aks holda turli salbiy oqibatlar 
kelib chiqishi mumkin. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling