Andijon davlat univyersiteti
Suv rejimiga munosabatiga ko’ra o’simliklarning ekologik guruhlari
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
5.6. Suv rejimiga munosabatiga ko’ra o’simliklarning ekologik guruhlari
O’tgan asrning oxirida A. Shimper va Ye. Varming suv rejimiga munosabatiga ko’ra, o’simliklarni 3 ta ekologik guruhga gigrofitlar, mezofitlar va kserofitlarga bo’lishni taklif etganlar. Biz yuqorida aytib o’tgan quruq iqlim sharoitida o’sadigan o’simliklar uchun tipik bo’lgan morfologik belgilar bu guruhlarning har qaysisi uchun u yoki bu darajada xosdir. Quyida bu guruhlarga mansub o’simliklarning gigromorf, mezomorf va kseromorf tuzilishi haqida fikr yuritamiz. 78 A.P. Shennikov (1950) SHimper va Varmingdan keynn o’simliklarni quyidagi guruhlarga bo’ladi: 1. Gigrofitlar soya va yorug’da o’sadigan; 2. Kserofitlar bular sukkulentlarga - suv zaxira qiladigan to’qimalari bo’lgan seret, sersuv o’simliklarga va sklerofitlarga quruqroq, ingichka, qattiq o’simliklarga bo’linadi; 3. Psixrofitlar- shimolda yoki baland tog’li xududda nam va sovuq joylarda o’sadigan o’simliklar; 4. Kriofitlar - shimolda yoki baland tog’li xududda quruq va sovuq joylarda o’sadigan o’simliklar; 5. Mezofitlar-namgarchilik o’rtacha bo’ladigan sharoitda o’sadigan, gigrofitlar bilan kserofitlar orasidagi o’simliklar. Ushbu klassifikatsiyaga asoslanib, o’simliklarning quyidagi asosiy tiplari bilan tanishamiz. Gigrofitlar. Gigrofitlarga quruqlikda o’sadigan o’simliklar kiradi, ularning ontogenezi suv bilan yaxshi ta’minlangan va havo namligi yetarli bo’lgan sharoitda o’tadi. Shuning uchun ular quruqlikda yashash uchun hech qanday alohida anatomik-morfologik yoki fiziologik moslashuvga ega emas. Tropik o’rmonlarning nam va issiq sharoitida o’sadigan, Shuningdek, bizdagi salqin o’rmonlarda tarqalgan o’simliklar gigrofitlarning tipik vakillari hisoblanadi. “Gigrofitlar” degan nomning o’zi ular suv bug’i bilan to’yingan havo sharoitida o’sishini ko’rsatadi. Mo’tadil xududdagi gigrofitlarni 2 guruhga bo’lish mumkin: a) soya o’rmonlarda o’sadigan yupqa bargli gigrofitlar (adoksa, cho’pxina va boshqalar) havoning yerga yaqin qatlamidagi namni saqlaydi. Havo quruq bo’lsa, ular tez so’lib qoladi; b) ochiq joylarda o’sadigan yorug’sevar gigrofitlar uchun tuproq va havo doim nam bo’lishi kerak (kalujnitsa, boltiriq va boshqalar). Ular suv rejimining o’zgarib turishiga kam moslashgan bo’lib, tez so’lib qoladi va suv bilan yaxshi ta’minlanmagan sharoitda ularning hayot faoliyati keskin pasayib ketadi. Bu o’simliklariing kam shoxlanadigan ildizi va barglari parenxima bilan ta’minlangan bo’ladi. Barglaridagi ustunsimon parenxima va sklerenxima kuchsiz rivojlangan, kutikulasi esa bilinmaydi. Og’izchalari ko’pincha barglarining har ikkala tomonida 79 joylashadi, lekin ular orqali transpiratsiyaning tartibga solinishi kuchsiz ifodalangan. Bularning hammasi barglarning va butun o’simlikning gigromorf tuzilish belgilaridir. Kserofitlar. Bu ekologik guruhning xossalari gigrofitlarnikiga qarama-qarshi bo’ladi. Kserofitlar havo va tuproqning uzoq davom etadigan va anchagina kuchli quruqligiga faol holatda chidaydi. Ular quruq issiq iqlim xududlari (adirlar, cho’llar, O’rta dengiz xududlari va boshqalar) uchun tipik hisoblanadi. Issiqsevar kserofitlar (termokserofitlar) nam iqlim xududlarida ham, lekin, odatda kuchli issiydigan janubiy yonbag’irlarda, ya’ni mezofitlar va gigrofitlar uchun noqulay bo’lgan joylarda uchraydi. Kserofitlarning noqulay namlik sharoitiga chidamliligi ularning ayrim anatomik-morfologik belgilariga bog’liq. Ana shu belgilariga ko’ra, kserofitlar 2 guruhga: sukkulentlar va sklerofitlarga bo’linadi. Sukkulentlar barglarida yoki poyasida suv zaxirasi hosil qidadigan, parenximasi kuchli rivojlangan (agava, aloe, kaktus va boshqalar) ko’p yillik sersuv, seret o’simlik. Iddiz sukkulentlari ham bo’lishi mumkin. Floramizda sukkulentlar, odatda, kam bo’lib, ular asosan bargli sukkulentlardan iborat bo’ladi. Bularga Sedum, Sempyervirum, Cotyledon avlodining vakillarini kiritish mumkin. Lekin sukkulentlar Markaziy Amerika (kaktuslar) va qisman Janubiy Amerika (sutlama) cho’llarining asosiy landshaft o’simliklari hisoblanadi. Bu turlar yil davomida vaqt-vaqti bilan namgarchilik bo’lib turadigan va qattiq qish bo’lmaydigan arid xududlar o’simliklaridir. Bu xildagi o’simliklarning sukkulentligi parenxima hujayralarining o’sishi bilan bir vaqtda vakuolasining kattalashishi va hujayralararo bo’shliqlar o’lchamining keskin ravishda kichrayishiga bog’liq. Sukkulentlarning ko’p miqdorda suv to’plashi va uni saqlashi hamda tejab-tergab sarflashi farq qiladigan asosiy xossasidir. Mak Dugoll kolonnasimon ko’rinishdagi kaktus (sereus) (bo’yi 10 m) tarkibidagi suv zaxirasini hisoblab ko’rganda 3 ming litrni tashkil qilgan. Uning bu xususiyatini o’ziga xos moddalar almashinuvi natijasida tanasida hujayra shirasining suv saqlash kuchini oshiradigan pentoza tipdagi uglevodlar ko’plab hosil bo’lishiga bog’laydilar. Bulardan tashqari, sukkulentlarda traksdiratsiya 80 intensivligi juda nast bo’ladi, chunki kunduzi, odatda, ustьitsa (og’izcha)lari berk holatda bo’ladi, bu esa suv sarflashni cheklash imkonini beradi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, sukkulentlar, odatda, unchalik katta bo’lmagan yuza joylashgan ildiz tizimiga ega. Ular tuproqning yuza qatlamidagi namlikdan foydalangani uchun boshqa turdagi o’simliklarning potentsial konkurenti hisoblanadi. Cho’l sukkulentlarida ildiz tizimining so’ruvchi qismi qurg’oqchilik vaqtida, odatda, nobud bo’ladi, natijada tuproqdan suv o’zlashtirish xususiyatini yo’qotib, o’zidagi suv zaxirai hisobiga yashaydi. Namgarchilik davri boshlanishi bilan o’simlik tezda qaytadan so’ruvchi ildizlar chiqaradi. SHunga ko’ra va o’zida yuqori osmotik bosimni rivojlantirish xususiyati yo’qligidan sukkulentlar faqat vaqt-vaqti bilan yog’ingarchilik bo’lib turadigan cho’llarda yashaydi. Suvdan samarali foydalanish sukkulentlarga xos xususiyatdir. Ular ko’proq toshloq singari dag’al tuproqlarda uchraydi. Qishi nisbatan sovuq va yog’in-sochin kamroq bo’ladigan, yog’inning asosiy qismi kuzda va bahorda yog’adigan janubiy cho’llarimizda sukkulentlar, odatda, kam bo’ladi. Mo’’tadil o’rmon xududida esa sukkulentlar sekin o’sishi va qish qattiq bo’lishi tufayli ularning konkurentligi pasayib ketadi. SHunga ko’ra, ular ko’pincha o’simlik qoplami siyrak bo’lgan yoki umuman bo’lmagan maydonlarda o’sadi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling