Andijon davlat univyersiteti
- jadval Zupturumda kserofitlikning kamayishi (Yu. S. Grigor`ev)
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
3- jadval
Zupturumda kserofitlikning kamayishi (Yu. S. Grigor`ev) Turlar Tomirlarnining zichligi (sm 2 ) mm) 1 mm 2 dagi og’izchalar soni Transpiratsiya (%) R1 antago maritima R1 antago stepposa R1 antago mayor 883 601 405 384 264 207 100 56 34 83 Bir turkumga mansub turlarning anatomik-morfologik belgilari va transpiratsiyasi bo’yicha farqlanishi aniq bo’lib qolmoqda. Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, transpiratsiya jarayoni fotosintez bilan uzviy ravishda bog’liq bo’ladi. SHunga ko’ra, o’simliklar karbonat angidrid gazini o’zlashtirishi uchun fotosintez jarayoni borishida og’izchalar ochiq holatda bo’lishi kerak, bu esa o’z navbatida, transpiratsiya jarayonining kuchayishiga olib keladi. Qurg’oqchilik boshlangan vaqtda o’simliklar transpiratsiyaii tartibga solib turish uchun og’izchalarini yopishga majbur bo’ladi, ma’lumki, bunda gazlar almashinuvi va fotosintez jarayoni o’z-o’zidan keskin qisqaradi, oqibat natijada suv tanqisligi vujudga keladi. Shunday qilib, transpiratsiya inteksivligi kserofitlarda «foydali» oqibatlarga olib keladi, transpiratsiyaning pasayishi plastik moddalar hosil bo’lishini kamaytiradi. Bizningcha, barglarning kserofillik xususiyati Shundan iboratki ular suv bilan yaxshi ta’minlangan sharoitda yuqori transpiratsiya intensivligiga, demak, yuqori fotosintetik xossaga ega bo’ladi. Suv bilan ta’minlanish qiyinlashgan vaqtlarda kserofitlar og’izchalari yopilib qolgandan keyin suvni kutikulasi orqali bug’latish (kutikulyar transpiratsiya) dan mahrum bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, namgarchilik yetishmay qolgan paytlarda transpiratsiyaning pasayishi kserofitlar uchun juda muhim hisoblanadi, suv bilan yaxshi ta’miilangan sharoitda transpiratsiya yuqori tezlikda boradi va qisqa muddatli qulay sharoitda katta miqdordagi assimilyantlar zaxirasini hosil qilishga ulgurish uchun moddalar almashinuvini yuqori tezlikda saqlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Nihoyat, kserofitlarning yana bir tipik xususiyati ustida to’xtalib o’tamiz. Modomiki, yuqori intensivlikdagi transpiratsiya kserofitlarga xos xususiyat ekan, ular o’zi uchun zarur bo’ladigan suvai tuproqdan olishga majbur bo’ladi. Ko’pchilik kserofitlar (sukkulentlardan tashqari) suvni zaxira holda to’plamaydigan o’simlik bo’lganligi uchun ularning ildiz tizimi qurg’oqchilik davri boshlanishi bilan yetarli miqdorda suv bilan ta’minlanishi uchun yer ustki organlarnga mos kelishn kerak. Havo qancha quruq kelsa, ya’ni atmosferaiing bug’latish kuchi qancha yuqori bo’lsa, o’simliklarda gidraturani optimal darajada 84 saqlab turish uchun barglarga qaraganda ildiz tizimi yaxshi rivojlangan bo’lishi kerak, bu xususiyat tuproqning quruqligiga ham xosdir. SHunga ko’ra, odatda, kserofitlarning (sukkulentlardan tashqari) ildiz tizimi yer ustki qismiga qaraganda bir necha marta kuchli rivojlangan bo’ladi, ya’ni ularning o’lchami yer ustki qismiga nisbatan kamida birdan yuqori bo’ladi. Turkmanistonning shimoli-g’arbiy cho’llarida cho’l guruhlari fitomassasining 65-79% gacha qismini ildizlar tashkil etishi aniqlangan (Rustamov, 1969). Qumli cho’llarda, sinuziyalarda, masalan, bahorgi efemerlardan cho’l qiyog’ining ildiz tizimi yer ustki fitomassasiga nisbatan 20-40 marta ko’p bo’ladi. Butalar va yarim butalar sinuziyasida esa yer osti fitomassasi yer ustki massasiga yaqin keladi yoki unga qaraganda kamida ikki barobar ko’p bo’ladi. Bu nisbat, xususan, domintantlarning yoshiga va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Qizig’i Shundaki, o’simliklar yer ustki massasining ildiz massasiga yaqinlashishini Ternar azot bilan oziqlanishining o’zgarishiga bog’lab tushuntiradi. Azot bilan oziqlanish yetarli darajada bo’lmaganda, azot asosan, ildizlar orqali o’zlashtiriladi, u yerga barglardan assimilyantlar oqib keladi, bu esa ildiz tizimining yaxshi rivojlanishini ta’minlaydi. Kserofitlarning yuqorida aytib o’tilgan barcha xususiyatlari ularniig qurg’oqchilikka chidamliligini oshiradi, ya’ni suv bilan ta’minlanish noqulay bo’lgan sharoitda ular yanada kuchli konkurent bo’la oladi. Demak, kserofitlar kseromorfizmi (belgilarniig barchasi kiritilganda) ularning konkurentlarni yengish uchun kuchli moslashuvidir. Shuning uchun kserofitlarki “Quruqlikni sevuvchilar” deb atash qisman to’g’ri keladi. SHunga ko’ra, ba’zi mualliflar kserofitlarni “Quruqlikni sevuvchi” emas, balki “Quruqlikka chidamli” deb atash to’g’ri bo’ladi, degan fikrni taklif etadilar. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling