Andijon davlat univyersiteti
O’simliklar qoplamining taqsimlanishida suvning ahamiyati
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
5.7. O’simliklar qoplamining taqsimlanishida suvning ahamiyati
Suv biosferada eng ko’p tarqalgan modda hisoblanadi. Yerdagi suvning (har xil shakldagi) umumiy zaxirasi hali ham aniq emas, lekin taxminiy hisoblarga qaraganda, u 1,5 mlrd km 3 bo’lsa kerak. Butun dunyodagi suv zaxiraining 97% okeanlardagi sho’r suvlarga to’g’ri keladi, shu bilan birga uning ko’p qismi janubiy yarim shardadir. Chuchuk suv miqdori butun dunyodagi suv zaxirasining 3% ga to’g’ri keladi, shu bilan birga chuchuk suvning 3/1 qismi muzliklardir. Taxminan 0,6% chuchuk suv sizot suvlarda va chuchuk suvli havzalarda bo’ladi. 90 Atmosferada suv bug’lari, tuman va bulutlar tarkibida bo’ladigan suv sayoradagi umumiy suv zaxiraining juda kam qismini (0,001% ni) tashkil qiladi. Lekin bu suv iqlim omillarini belgilashda va energiyani tashib yurishda juda katta ahamiyatga ega. Atmosferaga suv bug’lari suv bug’lanishidan (bunga o’simliklar tomonidan transpiratsiya qilishda ajratiladigan suv ham kiradi) o’tadi. Atmosferada suv bug’larining va suvning asosiy manbai dunyo okeanidir. Atmosferadagi suv asosan yomg’ir yoki qor shaklida chiqib ketadi. Bug’lanish bilan yog’in-sochinning umumiy balansini, ya’ni yer sharida suvning aylanishini baholash uchun quyidagilarni hisobga olish kerak: Yerda umuman olganda, bug’lanish bilan yog’ingarchilik muvozanatlashib turadi. Agar butun Yer shari bo’yicha (yuzasi 510-106 km 2 ) yiliga o’rta hisobda 973 mm yog’in (qariyb 496-1012 tonna suv) tushsa, atmosferaga ham xuddi shuncha (973 mm) suv bug’lanadi. Lekin okeandan yog’in holatda tushgan suvga qaraganda ko’p suv bug’lanadi. Quruqliqda esa buning aksi bo’ladi, ya’ni bug’langan suvga qaraganda 1,5 barobar ko’p yog’in tushadi. Yil davomida taxminan 40•102 tonna suv, quruqdikdan okeanlarga oqib o’tishi tufayli quruqlik bilan okean o’rtasidagi suv balansi tenglashib turadi. Chunonchi, sizot suvlar ko’llar va daryolar orqali okeanlarga borib tushadi. Bunda yirik daryolar ayniqsa samaralidir. Masalan, Janubiy Amerikadagi yirik Amazonka daryosidan okeanga oqib tushadigan suv miqdori yiliga dunyo bo’yicha okeanga tushadigan suvning 20% ni tashkil qiladi. M. Budiko (1977) ma’lumotiga ko’ra, dunyo okeanidan quruqlikka turli xil yog’in-sochin holatida taxminan 40 000 km 2 miqdorda suv o’tadi. Lekin okeandan o’tadigan bu qo’shimcha suv quruqlikka tushadigan yog’in-sochiining taxminan 40% ga teng bo’ladi. Yog’in-sochinning qolgan qismi o’simliklar qoplami hamda yer yuzasidan bug’lanadigan suv hisobiga hosil bo’ladi. Lekin quyosh radiatsiyasining ko’p qismi suv bug’lanishiga sarflanganligi uchun yirik regionlarda iqlim sharoitining tayin bo’lishida energiya almashinuvi, Shuningdek, energiyaning okean oqimlari tarqalishi katta ahamiyatga ega. Masalan, Golьfstrim oqimi shuncha ko’p energiya tarqatadiki, bu Yevropaning katta territoriyasida iqlim sharoitining moslashuvida hal qiluvchi rol` o’ynaydi. SHu bilan u, 91 bizningcha, bu regiondagi tsivilizatsiyaning rivojlanishiga ham sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Lekin ekologlarni bu “Umumsayora” faktlargina emas, balki rel`ef bilan bog’liq holatdagi boshqa omillar, ya’ni yog’in-sochinning taqsimlanishidagi lokal o’zgarishlar ham qiziqtiradi. Gap Shundaki, u yoki bu yashash joyiga tushgan yog’inning hammasi (bunga qumliklar kirmaydi) yer yuzasi tekis va tuproqning suv o’tkazuvchanlik xususiyati yaxshi bo’lgan sharoitda yerga singishi mumkin; Nishab joylarda esa suvning bir qismi oqib ketadi, Shuning uchun tuproqqa kam suv singadi. Bunday holda nishabliklarning pastki qismi yuqori qismiga qaraganda ko’proq namlanadi. Buning natijasida nishablikning yuqori va pastki qismining “Mikroiqlimi”, odatda, mazkur joyda tushadigan o’rtacha yog’in-sochin yig’indisiga mos kelmaydi. Suv oqimi kuchaygan vaqtda, ayniqsa tog’ tuproqli yerlarda, suv yuvib ketishi natijasida jarlikdar, daryolar va boshqalar hosil bo’ladi. Bundan tashqari, oqimning kuchli kelishi gil tuproqli cho’llarda yog’inning umumiy yig’indisi kichik bo’lgan hollarda tuproqning quruqligini yanada kuchaytiradi. Lekin relьef bir tekis bo’lmagan hollarda, ya’ni suv to’planib qoladigan joylarda o’simliklar rivojlanadi, bu mazkur joyda tushadigan yog’inning umumiy minimal yig’indisiga moslashmagan bo’ladi. Bularning hammasi o’simliklarning tarqalishiga, kompleksligiga va xilma-xilligiga ham ta’sir ko’rsatadi, binobarin, bu ta’sir nishablik ekspozitsiyasiga qarab yanada keskinlashadi. Tekisliklarda tuproqning suv o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lmagan yoki yog’in sel shaklida tushgan hollarda mikrorelf katta rol` o’ynaydi, chunonchi, unchalik katta bo’lmagan pastliklar ham suvning qayta taqsimlanishiga, shu bilan o’simliklarning tarqalishiga ta’sir ko’rsatadi. Bu hol ayniqsa janubiy dashtlarimizda keskin namoyon bo’ladi. Joyning mikrorel`efi shimoliy xududlarda yana ham katta rol o’ynaydi va tuproq haddan tashqari namiqishiga olib keladi. Lekin suvning yuza bo’ylab oqish qonuniyatlari faqat joyning rel`efiga emas, balki boshqa bir qator sabablarga tuproqning muzlashiga, territoriya daraxtlar, butalar bilan qoplanganligiga ham bog’liq bo’ladi. Arid xududlar uchun faqat suv oqimi emas, balki tuproqdan suv 92 bug’lanish miqdori ham katta ahamiyatga ega, chunonchi, bunda suv tuproqqa singishi va o’simliklar tomonidan o’zlashtirilishi yoki tuproqdan bevosita bug’lanishi mumkin bo’lib, oqibatda suvga yeriydigan tuzlar tuproqning yuza qatlamida to’planadi, bu esa o’z navbatida tuproqning Sho’rlanishiga sabab bo’ladi. Suvning yer yuzasi bo’ylab oqishi tuproq eroziyasi masalasi bilan bevosita bog’liq bo’lib, hozirgi vaqtda bu masala tabiat muhofazasi bo’yicha dunyo ahamiyatiga ega hisoblanadi. Tuproq eroziyasi masalasi ayniqsa kishilar tomonidan tabiiy o’simlik qoplamlari xo’jalik maqsadlari taqozosi bilan yo’q qilinadigan bo’lsa yanada chuqurlashib boradi. Chunki bunda tuproq bilan o’simlik qoplami o’rtasidagi o’zaro mutanosiblik buziladi, bu esa o’z navbatida tuproq qoplamining buzilishiga olib keladi. Mamlakatimiz qadimiy territoriyasiniig daraxtsiz yalang bo’lib qolgan qismining tuprog’i eroziyaga eng ko’p duchor bo’lgan. Bizningcha, bu xududlardagi ko’p dashtlar daraxtlar yo’qotilishi, o’simlik qoplami nobud bo’lishi va xo’jalik ishlari noto’g’ri yuritilishi oqibatida paydo bo’lgan. Nihoyat, eroziya iqlimning o’zgarishiga va katta daryolar suvining loyqalanishiga, qum va loyqa daryo delьtalariga oqib ketishiga, daryo yo’llarining keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi (masalan, Amudaryoda Shunday). Ustki eroziya eng xavfli hisoblanadi, chunki bunda suv sezilarsiz oqadi, lekin katta maydonlarni qamrab oladi. Tekis maydonlarda faqat yerigan qor suvlari yil davomida har gektar yerdan 2 tonnagacha tuproqni yuvib ketishi mumkin. Qumli yalang tuproqlarda yerning nishabi 3-4% bo’lgani holda har yili 50 tonnagacha tuproq yuvilib ketadi, nishabi 5-6% bo’lgan yengil qumoq tuproqlarda bu miqdor 100 tonnagacha yetishi mumkin. Bunda Shuni nazarda tutish kerakki, agar har yili gektaridan 20 tonnadan tuproq yuvilib ketadigan bo’lsa, 1 mm qalinlikda tuproq yo’qotilgan bo’ladi. Buni 100 yil bo’yicha oladigan bo’lsak, u 10 sm ni tashkil etadi. Mayda zarrachalarining, oziq moddalari va chirindisining yuvilib ketishi natijasida tuproq oriqlab, unumdorligi pasayib ketadi. Tuproqdan oziq moddalarnig 93 yo’qolishi yil davomida gektar boshiga azot bo’yicha 9-90 kg, fosfor bo’yicha 4-40 kg va kaliy bo’yicha 46-460 kg ni tashkil etadi. Eroziyaga uchragan tuproqlarda o’simliklar quruq modda hosil qilishi uchun suvni ko’p sarflaydi, trakspiratsiya koeffitsienti keskin ortadi. Boshqacha qilib aytganda, eroziya o’simliklarning suvga bo’lgan talabini oshiradi. Eroziyaga uchragan tuproqlar o’simliklar uchun nisbatan quruq va tarkibida oziq moddalar ancha kam bo’ladi. Bu ikki omil esa o’simlik qoplamining siyraklashib qolishiga va mahsuldorligi pasayishiga sabab bo’ladi. Jarlik hosil qiladigan chuqur eroziya ham ancha muhim hisoblanadi. Bu xildagi eroziya tuproqning chuqur qatlamlariga, ba’zan ona jinsga ham ta’sir qiladi. Bundan tashqari, bu xildagi eroziya tuproq qatlamlarining jarlik tomon surilishiga va ular yangi joyda to’planishiga sabab bo’ladi. Eroziyaga qarshi kurashda uning oldini olish va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish eng samarali usuldir. Inson eroziya omili bo’lgan yog’ingarchilik kuchini, eroziyalanish tezligini o’zgartira olmaydi, lekin tuproqning donador strukturasini hosil qilish, yonbag’irlarni tez pasayishi, muhofaza sifatida xizmat qiladigan o’simliklar qoplamini yo’qotmasligi, ya’ni eroziyaning oldini olish uchun barcha choralarni muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkin. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling