Andijon davlat univyersiteti
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
Efemerlar va efemeroidlar kuzda yoki qishda 10°S temperaturada va
yog’ingarchilik vaqtida unib chiqadi. Hatto O’zbekistonning shimoliy qismida va Toshkent atrofida oktyabrning ikkinchi yarmida qalin qatlam hosil qiladi. Martning ikkinchi yarmida esa (janubiy xududlarda martning boshlarida) bu o’simliklar juda sekin o’sadi. Bahorda havo iliq bo’lib, yog’ingarchilik boshlanishi bilan ular 87 intensiv o’sa boshlaydi - tez orada g’unchalaydi va gullaydi. Mevalari iyunning birinchi yarmida yetiladi. Odatda, efemerlar va efemeroidlar bir yilda 3-4 oy davomida tinim holatda bo’ladi. Lekin 3. P. Bochanseva ma’lumotlariga qaraganda, efemeroidlarda bu xildagi tinim davri nisbiydir va yozda yer ostida keyingi vegetatsiya davri uchun novdalari rivojlana boshlaydi. Bizning cho’llarimiz efemer va efemeroidlarga ayniqsa boy bo’ladi. Lekin hamma mualliflar ham cho’l efemerlari va efemeroidlari mezofitlar guruhsiga taalluqli ekanligiga qo’shilmaydilar va ularni kserofitlar deb hisoblaydilar. Gap Shundaki, bu turlar mezomorf tuzilish belgilariga ega bo’lishiga qaramay, transpiratsiya intensivligi yuqoriligi va ayniqsa urug’i qurg’oqchilikka, issiqqa chidamli bo’lishi bilan mezofitlardan farqlanadi. Shunday qilib, efemer va efemeroidlarni alohida gurux sifatida o’rganish ma’qul. Gidrofitlar. Bu guruxga suvda normal o’sadigan o’simliklar kiradi, agar ular quruqlikda ildiz oladigan bo’lsa, u vaqtda ularning ildizi tuproqning o’ta nam qatlamiga taraladi. Bu esa boshqa o’simliklar uchun noqulay hisoblanadi. Kislorodping suvda yeruvchanligining pastligi va suvda yoki suvga o’ta to’yingap tuproqda diffuziya tezligi uncha yuqori bo’lmasligi Shunday sharoit yaratadiki, unda faqat moslashgan o’simliklar turi o’sishi mumkin bo’ladi. Yashash sharoitining o’ziga xosligiga bogliq holda to’qimalarining «g’ovakligi», xujayralar oralig’ida yirik bo’shliqlar, havo bilan to’la bo’shliqlar mavjudligi, ya’ni ayerenxima ustunligi gidrofitlarning asosiy struktura xususiyatidir. Umuman, hujayralar oralig’idagi havo to’la bo’shliqlar tizimi mezofitlarda xam uchraydi, lekin u gidrofitlarda ayniqsa rivojlangan bo’lib, ular. tuzilishining o’ziga xos belgisi hisoblanadi. O’simliklarning’ suvga botib turgan qismlaridagi bo’shliqlar suvga botmagan barglar og’izchalari (ust’itsalar) orqali o’zaro bog’lanadi, bu esa gazlar almashiiuvi jarayoniga va kam kislorodli muhitda joylashgan organlarga kislorod kirishiga imkon beradi. Ba’zi gidrofitlarning mevalarida hali havo bo’shliqlari bo’ladi, bu esa ular urug’ining tarqalishiga imkon beradi. Suvga butunlay botib o’sadigan o’simliklarning havo bo’shliqlarida kun 88 bo’yi kislorod to’planishi mumkin, bu kislorod kechasi SO 2 to’planish vaqtida nafas olishga sarflanadi. Suv osti gidrofitlari organlarining g’ovakligidan tashqari, kutikula va peridermasi yo’qligi bilai ham suv ustki gidrofitlaridan farq qiladi, Shuningdek, ularda funktsiyasiz og’izchalar mavjudligi suv o’simliklari evolyutsiya davomida yerda o’sadigan o’simliklardan kelnb chiqqanligidan dalolat beradi. Suvga botib turadigan organlarda kutin va suberin bo’lmasligi o’simliklar suv va unda yerigan oziq moddalarni bevosita organlari yuzasi orqali o’zlashtirishiga imkon beradi, bu esa o’simliklar ildizi orqali oziq moddalar o’zlashtirishiga qo’shimcha bo’ladi. Naycha gidrofitlarda transpiratsiya oqimi havo oqimi bilan bevosita bog’liq bo’ladigan organlar uchun xos bo’lib, intensivligi bo’yicha ahamiyatga ega emas. Shunga ko’ra, oziq moddalarni ildizi orqali o’zlashtirish va o’sishni ta’minlash uchun, bizningcha, faqat ildiz bosimi yetarli darajada bo’lishi kerak. Gidrofitlarning ildizi, odatda, kserofitlar bilan mezofitlarnikiga qaraganda kaltaroq va kam shoxlangan bo’lib, uchida tuklar bo’lmaydi. Nihoyat, gidrofitlarda saqlab turuvchi, mexanik va suv o’tkazuvchi to’qimalarning atrofida uchraganligi, ular uchun xosdir; mexanik to’qimalarning kamligi o’rnini alohida organlarning suzish xususiyati to’ldiradi. Gidrofitlar guruxini, o’z navbatida, quyidagi guruxchalarga bo’lish mumkin: suv yuzasida suzib yuruvchilar, ya’ni ikki muhit - suv va havo bilan bog’liq, lekin tuproqqa aloqasi bo’lmagan o’simliklar suvga botib, lekin muallaq holda yashaydigan o’simliklar ya’ni faqat suv muhiti bilan bog’liq bo’lgan o’simliklar, ular suvning yoritilgan va ayeratsiya jarayoni yaxshi boradigan qatlamida yashaydi. Bunga ularniig oqim bo’ylab tez tarqalishi imkon beradi. Suvga botgan holda, ildiz chiqaradigan, ya’ni ikki muhit - suv va tuproq bilan bog’liq bo’lgan o’simliklar. Bunga Ye1odea, Vallisnyeria, Zostyera, ba’zi bir Rotamogeton lar kiradi; Suv yuzasida suzib yuradigan, ildiz chiqaradigan (3 ta muhit bilan bog’liq bo’lgan) o’simliklar. Bu guruxchaga Nymphaea, Nyphar, Rotamogeton, Sparganium ning ba’zi turlari va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Ular barglarining ho’l bo’lmasligi o’ziga xos xususiyatidir. Masalan, Nymphasa barglari 89 mum g’ubor bilan qoplanganligi uchun yuzasida suv tomchilari tutilib qolmay, tushib ketadi; bu esa barg og’izchalari (ust’itsalari) ning ho’llanishdan saqlanishida muhim ahamiyatga ega; Suv yuzasiga chiqib turadigan, ildiz chiqaradiganlar (“amfibiya” o’simliklar), odatda suvning sayoz joylarida o’sadi, ularning poyasi bilan barglari suv yuzasidan ancha ko’tarilib turadi (Oruza satiya, Scirpus, Typha, Spartina, Taxodium va boshqalarda). Bu guruxning ba’zi o’simliklari (masalan, o’qbarglilar) uchun geterofiliya, ya’ni suvda va ochiq joylashgan barglarining shakli bir-biridan farq qilishi o’ziga xos xususiyatdir. Ularning ko’pchiligi gigrofitlarga yaqin turadi. Gidrofitlarning ba’zi ekologik-fiziologik xususiyatlarini ham ko’rib chiqamiz. Yorug’lik yaxshi tushadigan joyda o’sadigan suv o’simliklari ancha yuqori fotosintez intensizligiga ega bo’ladi (masalan, elodeyada); bu esa ekotizim bo’lgan suv havzasini kislorod bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Transpiratsiya jarayoni faqat suv yuzasida suzib yuradigan va suvdan chiqib turadigan barglarda kuzatiladi. Bunday barglardagi transpiratsiya intensivligi gigrofitlar yoki mezofitlarda boradigan transpiratsiya intensivligiga yaqin bo’ladi. Suvga botib o’sadigan va suv yuzasida suzib yuradigan gidrofitlarda osmotik bosim juda past bo’ladi; ular, odatda, namlikning pasayishiga juda sezgir bo’ladi va tezda so’lib qoladi. Ko’pchilik gidrofitlar vegetativ yo’l bilan juda tez ko’payadi (masalan, elodeya, ryaska), bu esa ularning juda tez tarqalishiga imkon beradi. Elodeyaning juda ham tez tarqalib, o’rnashib olishi yaxshi ma’lum. Chunonchi, u Kanadadan G’arbiy Yevropa orqali juda qisqa muddat ichida Uralda tarqalgan. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling