Andijon davlat univyersiteti


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

Sklerofitlar sukkulentlarping to’liq ma’nodagi qarama-qarshi guruhsidir. 
Tashqi qiyofasi bo’yicha sklerofitlar quruqroq, ingichka va qattiq bo’ladi. Hatto 
suv bilan to’liq ta’minlanganda ham ular suvsiz (gidraturasi juda ham past) bo’ladi. 
Sklerofitlar so’lishga juda chidamliligi bilan farq qiladi, tarkibidagi suvning 
25% gacha qismini hech qanday zararsiz yo’qotishi mumkin. Boshqa turdagi 
o’simliklar uchun halokatli bo’lgan kuchli suvsizlikda ulariing sitoplazmasi tirik 
saqlanib qoladi. Sklerofitlar hujayra shirasining osmotik bosimi yuqori bo’lishi 
muhim xususiyatlaridan yana biridir. Bu esa ildizlarining so’rish kuchini oshiradi, 
binobarin, ular ancha quruq tuproqli yerlarda ham suv o’zlashtira oladi. 
Sklerofitlariing uchinchi muhim xususiyati transpiratsiya intensivligining 
yuqori bo’lishidir. Ilgari sklerofitlarning, ya’ni umuman kserofitlarning 
transpiratsiya intensivligi past bo’ladi va ular suvni juda tejab tergab sarflaydi, 


81 
kseromorfozning barcha belgilari esa transpiratsiyani kamaytirishga va bekorga 
suv sarfiniig oldini olishga qaratilgan himoyalanishdan iborat deb qaraganlar. 
Kserofitlarning asosiy xossalaridan yana biri ularning qurg’oqchilikka toqori 
darajada chidamliligidir, bu xossasi sitoplazmasining xossasiga bog’liq bo’ladi. 
Kserofitlar ana shu xossasi tufayli qurg’oqchilikka chidamli boshqa barcha 
o’simliklardan ustun turadi va yog’ingarchilikdan keyin ham namlikdan samarali 
foydalanish xususiyatiga ega bo’ladi. Namlik tanqisligi sodir bo’lganda esa 
kserofitlar qayta qurilib transpiratsiyasini kamaytiradi. Nam bilan yaxshi 
ta’minlanganda kserofitlar nam joyda o’sadigan boshqa o’simliklarga qaraganda 
ham ko’proq suv bug’latishi mumkin. Boshqacha aytganda, transpiratsiya 
intensivligi u yoki bu tur kserofitlarga mansub ekanligini ifodalaydigan kriteriy 
hisoblanmaydi. Kserofitlarda transpiratsiya intensivligi uncha yuqori emasligi 
to’g’risidagi ilgarigi taxminlar mantiqan shunga olib keladiki, ulardagi og’izchalar 
ham mos ravishda mayda bo’ladi. Lekin V.R.Zelenskiy, B.A.Keller va N.A. 
Maksimovlar tomonidan olib borilgan kuzatishlar natijasiga ko’ra, kserofitlarda, 
gigrofitlarga qaraganda, maydon birligi hisobiga og’izchalar soni ko’p miqdorni 
tashkil etar ekan. Kserofitlarda o’tkazuvchi tizimning, ya’ni tomirlar bilan 
ksilemaning yaxshi rivojlanganligi ham transpiratsiyaning kuchayganligiga mos 
keladi. Umuman transpiratsiya intensivligi bilan ksilema bog’lami maydoni yoki 
transpiratsiya bilan barg sathi birligiga to’g’ri keladigan tomirlar qalinligiga 
bevosita bog’liq bo’ladi. 
Bulardan tashqari, kserofitlarning quruqlikka chidamli bo’lgan boshqa 
moslashuvlari ham bor. Bu birinchi navbatda ularning mayda bargli (mikrofiliya) 
va bargsiz (afiliya) bo’lishidir. Bargsiz o’simliklarga saksovul (Haloxylon), efedra 
(Erhedra) lar misol bo’ladi. Shuningdek, kserofitlarning ingichka barglari 
ko’pincha uzunasiga qayrilgan bo’ladi. Masalan, chalov (Stipa) da ana Shunday. 
Kserofitlar orasida yirik barglilari ham bo’lib, ayni vaqtda ular qattiq va to’q tusli 
bo’ladi. Qattiq bargli turlari xona. o’simliklaridan Ficus va Oleandra ni misol qilib 
keltirish mumkin. To’q barglilariga esa Rhlomis sp. misol bo’ladi. Kserofitlarda 
to’q tuslilik faqat barglariga emas, balki poyalariga ham xos xususiyatdir. 


82 
Mikrofiliya va afiliya o’simliklaridan tashqari, kserofitlarda sirtdan 
bug’lanishning kamayishi yozgi xazonrezgilik tufayli sodir bo’ladi. SHunga ko’ra, 
ko’pincha o’simliklarning poyasi assimilyatsiya vazifasini bajaradi. Masalan, 
yantoqning shakli o’zgargan novdalarini ifodalovchi tikanaklarida og’izchalarning 
asosiy massasi joylashgan bo’lib, bu tikanaklar bir vaqtda funktsional barg 
vazifasini ham bajaradi. 
Kserofitlarning moslashish xususiyatlaridan yana biri ular tarkibida efir 
moylar ko’pligidir. Ular atrof muhitga ajratiladi, natijada atrof muhitda 
bug’lanishni kamaytiradigan ko’zga ko’rinmaydigan g’ilof hosil bo’ladi. 
Kserofitlarning bu xildagi quruqlik sharoitiga yashashga moslashgan belgilari har 
qachon ham bir xil ahamiyatga ega bo’lmay, ko’pincha u yoki bu belgi ustun 
chiqadi. Belgilarning bu xilda ustun kelishi faqat tashqi muhitga emas, balki 
turning tizimtikada tutgan o’rniga ham ma’lum darajada bog’liq bo’lishi bilan 
izohlash mumkin. Shuning uchun birinchi navbatda turlarning va areallarining 
yaqinligini hisobga olish kerak bo’ladi. Agar tur guruhlarini yashash joyining 
xarakteri ancha nam yoki aksincha quruq iqlim bo’yicha ko’rib chiqadigan bo’lsak, 
u vaqtda bargining morfologik xususiyatlari aniq namoyon bo’ladi. Yaqin 
qarindosh bo’lgai turlarni taqqoslash ham juda ajoyib material bo’lib xizmat qiladi. 
Yu. S. Grigor`ev (1955) zupturumning xar xil turlarini o’rganib, kserofillikning 
kamayishi bo’yicha ayrim ma’lumotlarni keltiradi (3-jadval). 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling