Andijon davlat univyersiteti
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
Issiqqa chidamlilik. Ko’pchilik o’simliklar yuqori temperatura ular uchun
tipik bo’lgan iqlim sharoitida o’sadi. Ana Shunday muhit sharoitida o’sishga moslashganligi uchun yuqori temperaturada zararlanmaydi. Tajribalardan ma’lum bo’lishicha, yorug’, quruq va issiq joylarda o’sadigan o’simliklar salqin joyda o’sadigan o’simliklarga qaraganda issiqqa ancha chidamli bo’ladi. Mo’tadil iqlim sharoitida, odatda, seret va sersuv mevalar (uzum, olma va boshqalar) yuqori temperatura ta’sirida zararlanadi, bir qator xollarda ularni oftob uradi. Mo’tadil xududda o’sadigan daraxtlarning’ ba’zan urug’ ko’chatlari zararlanadi, ba’zan po’stlog’ini oftob urishi ham kuzatiladi (ayniqsa bahorda). Issiqdan zararlanishni cho’llarda ham kuzatish mumkin. Lekin bu hodisa mazkur yerlarda har xil o’simliklarda turlicha namoyon bo’ladi. Yuqori temperatura ta’sirida o’simliklar qurib qoladi va assimilyatsiya balansi izdan chiqadi, ya’ni u nafas olishni jadallashgiradi va fotosintezni susaytiradi. Bundai tashqari, yuqori temperatura ta’sirida hujayralar zararlanishi va hatto sitoplazma nobud bo’lishi mumknn. Temperatura maksimal darajadan yuqoriga ko’tarilgan hollarda o’simliklar o’sishdan to’xtab, tinim holatiga o’tadi (masalan, jazirama cho’llarda) yana ham ko’tarilaversa, ular butunlay nobud bo’ladi. Shuni qayd qilish kerakki, o’simliklarni nobud qiladigan darajadagi yuqori temperatura o’sish nuqtasining optimal temperaturasidan hamma vaqt yuqori bo’ladi. Mo’tadil xududda o’sadigan o’simliklarning organlar, odatda, havo temperaturasi 40° dan 55° oralig’ida bo’lgandagi issiqlikdan zararlanadi. Lekin barg to’qimalarining termalь nobud bo’lishi bu iqlim xududidagi real xodisalar, chunki qandaydir sabablarga ko’ra transpiratsiya pasayib ketsa, barglar ancha tezda qizib ketadi. Ko’pincha yong’in 61 chiqqan vaqtda, ayniqsa kishilar tomonidan ongli ravishda o’t qo’yilgan savannalarda o’simliklar issiqdan kuyadi. O’simliklarning issiqqa chidamliligi ko’p jihatdan uzoq davom etadigan yuqori temperatura ta’siriga bog’liq bo’ladi. Bu xildagi temperaturaning qisqa muddatli ta’siri xuddi uzoq davom ztadigan nnsbatan past temperaturaniki singaridir. Issiqqa chidamlilikning namoyon bo’lishiga ko’ra, o’simliklar uch guruhga bo’linadi: 1) Issiqqa chidamsiz o’simliklar - transpiratsiya hisobiga o’z temperaturasini samarali pasaytira oladigan o’simliklar (bularga asosan yumshoq bargli o’simliklar kiradi); 2) Issiqqa bardoshli o’simliklar quruq va serquyosh joylarda o’sadigan o’simliklar (bular ba’zan 60° gacha yetadigan qisqa muddatli issiqqa chidaydi); 3) Issiqqa chidamli o’simliklar asosan tuban o’simliklar, masalan, termofil` bakteriyalar va ko’k yashil suvo’tlar. Biroq bir-biriga yaqin bo’lgan turlar ham ana shu xususiyatiga ko’ra ko’pincha xilma-xil bo’ladi. Bundan tashqari, issiqqa chidamlilik ham sovuqqa chidamlilik singari suv tanqisligiga bevosita bog’liqdir, chunki, o’simlik suv bilan qancha ko’p ta’minlangan bo’lsa (yoki o’simlik qanchalik ko’p suv tanqisligiga uchrasa) issiqqa (yoki sovuqqa) chidamliligi shuncha yuqori bo’ladi. O’simliklarni issiqdan zararlanishdan, qizib ketishdan saqlaydigan moslamalar quyidagilardan iborat. CHunonchi, yuqori transpiratsiya xususiyatiga ega bo’lgan barg plastinkasining yupqa bo’lishi (bargning qizishini ancha pasaytiradi); barglarning quyosh nuri tushishiga nisbatan vertikal holatda joylashuvi; barglar yuzasining oqish bo’lishi - insolyatsiyani qaytarishda ekran vazifasini bajaradi; chuqur joylashgan to’qimalarni qizishdan saqlaydigan tuklar yoki tangachalar mavjudligi; floema bilan kambiyni himoyalaydigan po’kak to’qimaning yupqa qatlami bo’lishi; sitoplazmada uglevodlar ko’p va suv kam bo’lishi, transpiratsion sovish intensivligining yuqoriligi, to’qimalarning (masalan, kambiyning) boshqa to’qima qatlami bilan ajralib turishi va boshqalar shular jumlasidandir. O’simliklarning ana shu xususiyatlari bilan keyinchalik, qurg’oqchilikka chidamlilikni o’rganishda batafsil tanishamiz. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling