Andijon mashinasozlik instituti “gumanitar fanlar” kafedrasi


Download 69.38 Kb.
bet3/11
Sana16.06.2023
Hajmi69.38 Kb.
#1499495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
70-Mavzu. Ish haqi Moxiyati, shakllari. Real ish haqi.

1. Ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi ortib borgan sari real ish haqining ortib borishi. Bu tamoyil ehtiyojlarning ortishi obyektiv iqtisodiy qonunning amal qilishi bilan bog’liq bo’lib, mazkur qonunga muvofiq, ehtiyojlarning yanada to’laroq qondirilishi faqat o’z mehnati uchun ko’proq miqdorda moddiy ne’matlar va xizmatlarga ega bo’lish imkoniyatlari kengaygan sharoitdagina real bo’ladi. Biroq imkoniyat ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan, mehnat samaradorligi bilan bog’lanishi lozim.

2. Mehnat unumdorligi o’sishining o’rtacha ish haqining o’sish sur’atlaridan ilgarilovchi sur’atlarini ta’minlash. Bu tamoyilning mohiyati-ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish asosida mehnat darajalarini maksimal (eng ko’p) darajaga yetkazishdan iborat. Bu matoyilga rioya qilinishi jamg’arish jarayonining, kengaytirilgan ishlab chiqarishning uzluksizligini taqozo etadi, va korxonaning rivojlanishi, hamda ravnaq topishining zarur sharti hisoblanadi. Mazkur tamoyilning buzilishi tovarlar bilan ta’min etilmagan pulning to’lanishiga, uning qadrsizlanishiga, mamlakat avj olishiga olib keladi.

3. Xodimning korxona faoliyati natijalariga qo’shgan mehnat hissasiga, mehnat mazmuni va sharoitlariga, korxona joylashgan mintaqaga, uning qaysi tarmoqqa mansubligiga qarab, ish haqini tabaqalashtirish. Mazkur tamoyil xodimning o’z mehnat malakasidan, mahsulotning yuqori sifatli bo’lishini ta’minlashdan moddiy manfaatdorligini kuchaytirish zarurligiga asoslangan.

4. Teng mehnatga teng ish haqi. Bozor sharoitida bu tamoyilni ishlovchining jinsi, yoshi milliy mansubligi va hokazolarga qarab, uning mehnatga haq to’lashda kamsitishga yo’l qo’ymaslikdir, korxona yoki firma ichidagi taqsimotda adolat tamoyiliga rioya etilishi, deb tushunish kerak. U bir xildagi mehnati unga haq to’lash orqali bir xil baholashni nazarda tutadi.

5. Mehnatga haq to’lashni davlat yo’li bila boshqarish (tartibga solish). (Mazkur tamoyil quyiroqda qarab chiqiladi).

6. Mehnat bozorining ta’sirini hisobga olish. Mehnat bozori-bu shunday bir sohaki, u yerda pirovard natijada mehnatning har xil turlarida baho berish tarkib topadi. Har bir xodimning mehnatiga to’lanadigan ish haqi uning mehnat bozoridagi mavqyei bilan mustahkam bog’liq bo’lib, mazkur bozordagi vaziyat, bundan tashqari, bandlik imkoniyatini ham belgilab beradi.


Download 69.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling