Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti
Download 0.66 Mb.
|
242- Abduhamidov UmidjonningNoorganikadan kurs ishi
Fizik xossalariKislorod normal sharoitda rangsiz, hidsiz, tamsiz gaz. Normal sharoitda uning 1 litr 1,429 g keladi , u hovodan biroz og’irdir. Suvda oz eriydi( 4,9 ml / 100 g da 0 ° C, 2,09 ml / 100 g da +50 ° C) va spirt (2.78 ml / 100 g da +25 ° C). U eritilgan kumushda yaxshi eriydi ( +961 ° C da 1 hajm Ag da 22 hajim O2 eriydi ). Perflorli uglevodorodlarda yaxshi eriydi (20-40%) . Atomlararo masofa 0,12074 nm. Paramagnetik hoslaga ega, yani suyuq shaklda uni magnitga tortilishini kuzatish mumkin. Gazsimon kislorod qizdirilsa, u atomlarga parchalanadi, aralashmadagi ajralgan atomlarning konsentratsiyasi ° +2000 C – 0.03%, +2600 ° C – 1%, +4000 ° C – 59%, +6000 ° C – 99,5% teng bo’ladi. Suyuq kislorod -182,98 ° C haroratda 101,325 kPa bosimda qaynab ketadi va xira ko’k suyuqlikdir . Kislorodning kritik harorati 154,58 K (-118,57 ° C), kritik bosim 4,882 MPa. Qattiq kislorod (erish nuqtasi -218,35 ° C) – ko’k kristal . Vadarodning oltita kiristall fazasi maʼlum, ulardan 3 tasi 1 atm bosimda mavjud. a -O2 – 23,65 K dan past haroratlarda mavjud ; yorqin ko’k kristallar monoklinik tizimga ega , panjara parametrlari a = 5.403 Å, b = 3.429 Å, c = 5.086 Å; b = 132.53°. β -O2 – 23,65 dan 43,65 K gacha bo’lgan harorat oralig’ida mavjud ; xira moviy kristallar (bosim oshishi bilan rang pushti rangga aylanadi) romboedral panjaraga ega, panjara parametrlari a = 4.21 Å, a = 46.25 °. O 2 – 43,65 dan 54,21 K gacha bo’lgan haroratlarda mavjud ; xira moviy kristallar kubik simmetriyaga ega , panjarasi a = 6.83 Å Qolgan uchtasi yuqori bosim ostida mavjud: δ -O2 – harorat oralig’i 20-240 K va bosim 6-8 GPa , to’q sariq kristallar; ε -fazali, O4 yoki O8 molekulalaridan iborat , 10 dan 96 GPa gacha bosimda mavjud , kristall to’q qizildan qora rangacha bo’ladi, monoklinik tuzilishli. ζ -On – 96 GPa dan yuqori bosim , metalllarga hos xossalarga ega, past temperaturada yuqori oʻtkazuvchanlik holatiga o’tadi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling