Aniqlik tо‘g‘risida tushuncha. Ishlov berish aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar


Download 64.49 Kb.
bet2/8
Sana06.04.2023
Hajmi64.49 Kb.
#1329880
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mexannik ishlov berish uchun qushimlar (pripusklarini) aniqlash usullari

Iqtisodiy aniqlik deganda mexanik ishlov berishni minimal tannarxi bо‘yicha normal ishlab chiqarish sharoitida, texnologik soz dastgoh va kesuvchi asboblar hamda moslamalardan foydalanib normal vaqt sarfi asosida, ish turiga qarab normal malakali ishchi kuchidan foydalanib olinadigan detallar aniqligi tushuniladi.
Olib bо‘lishi mumkin bо‘lgan aniqlik deganda alohida yaratilgan ishlab chiqarish sharoitida, yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanib, vaqt sarfini hisobga olmay, mexanik ishlov berish tannarxini ortib ketishiga qaramay olinadigan detal aniqligi tushuniladi.
Detalningng tayyorlash aniqligiga quyidagi asosiy omillar ta’sir kо‘rsatadi:

  1. Dastgohning noaniqligi.

  2. Kesuvchi va yordamchi asboblarning tayyorlash aniqligi.

  3. Dastgohni talab etilgan о‘lchamga sozlash va kesuvchi asbobning о‘rnatish xatoligi.

  4. Detalning о‘rnatish va bazalash xatoligi.

  5. Kesish kuchi ta’sirida texnologik ishlov berish tizimining (TIBT) deformatsiyasi.

  6. Kesish jarayonida TIBT ning issiqlik ta’sirida deformatsiyalanishi.

  7. Ishlov berishdan sо‘ng Detalning tekshirish jarayonida uning о‘lchamlarini о‘zgarib qolishi holatlari.

  8. О‘lchashdagi xatoliklar.

  9. Ish bajaruvchining xatolari.

Ishlov berish aniqligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni taxlil qilish uchun ishlov aniqligi koeffitsenti deb nomlangan koeffitsent kiritiladi

Bunda, A о‘rt – о‘rtacha aniqlik kvaliteti, bо‘lib quyidagi formula bilan aniqlanadi.

Bu yerda, 1-19 – aniqlik kvalitetlari nomerlari; n1i, n2i, n3i… n19, ni – 1…19 aniqlik kvalitetlaridagi yuzalar soni. Normativlarga kо‘ra Kia = 0,3 deb yuritiladi.

Ishlab chiqarish xatoliklari. Sistemali va tasodifiy xatoliklar.


Yuqorida kо‘rib chiqilgan Detalning aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar ishlab chiqarish xatoliklarining manbai hisoblanadi.

Download 64.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling