Aniqlik tо‘g‘risida tushuncha. Ishlov berish aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar
Sistemali va tasodifiy xatoliklar
Download 64.49 Kb.
|
Mexannik ishlov berish uchun qushimlar (pripusklarini) aniqlash usullari
Sistemali va tasodifiy xatoliklar. Kо‘rib chiqilgan xatoliklardan ba’zilari sistemali xatoliklarni tashkil etadi. Sistemali xatoliklar qandaydir bir qonuniyatga bо‘ysunadi va doimiy yoki о‘zgaruvchan xarakterda bо‘ladi. Masalan: teshikka ishlov beruvchi parmaning diametri notо‘g‘ri tayyorlangan bо‘lsa, bu xatolik barcha detallarga kо‘chib о‘tadi. Yana bir misol kesuvchi asbobning yeyilishi natijasida ishlov berilayotgan Detalning о‘lchami о‘zgarib boradi. Bu ham sistemali ravishda bо‘lsada о‘zgaruvchan xarakterga ega.
Agarda hosil bо‘luvchi xatolik ishlov berilayotgan bitta partiya detallar doirasida ham turli kо‘rinishga ega bо‘lib doimiy yoki qandaydir bir ketma-ketlikda bо‘lmasa u tasodifiy xatolik deb yuritiladi. Masalan, Detalningng qattiqligini uni uzunligi bо‘yicha о‘zgarib borishi yoki bо‘lmasa olib tashlanishi kerak bо‘lgan metall qatlami-qо‘yimni о‘zgarib borilishi va shu kabilar. Xulosa
Teshiklarga ishlov berishda IT 7 kvalitet aniqlik toza razvyortkalash, sidirish, jilvirlash, pritirkalash, abraziv toshlar yordamida yetkazib ishlov berish, xoninglash, superfinishlash usullari orqali ta’minlanadi. Ayrim hollarda diqqat bilan ishlov berilsa shu usullar IT 5, IT 6 aniqlik kvalitetlarini ta’minlaydi. Teshikarga ishlov berishda IT 9, IT 10 kvalitet aniqliklari toza razvyortkalash, toza yо‘nib kengaytirish, bir marta jilvirlash orqali ta’minlanadi. Teshiklarda IT 11 kvalitet aniqlik tokarlik yoki revolpver dastgohlarida va parmalash dastgohlarida konduktorlar yordamida parmalash usullari bilan ta’minlanadi. Teshiklarda IT 12 - IT 14 aniqlik parmalash yoki yо‘nib kengaytirish usullari yordamida olinishi mumkin. Vallarga IT 15 – IT16 aniqlik kvalitetida ishlov berish tokarlik dastgohlarida ishlov berib bо‘lgandan sо‘ng jilvirlash dastgohlarida ikki marta jilvirlab ta’minlanadi. Vallarga IT 17 kvalitet aniqligida ishlov berish uchun tokarlik ishlov berishdan sо‘ng jilvirlash dastgohlarida jilvirlanadi. Vallarga IT 9-IT 10 kvalitet aniqligida toza ishlov berish uchun tokarlik dastgohlarida toza ishlov beruvchi keskichlardan foydalanish kifoY. Vallarga IT 11 kvalitet aniqligida ishlov berish uchun tokarlik va revolpver dastgohlarida keskichlardan qora va toza ishlov berishda foydalanilsa bо‘ladi. Vallarga IT 12 – IT 14 kvalitet aniqlikda ishlov berish uchun tokarlik dastgohlarida normal keskichlar yordamida yо‘nish kifoY. Download 64.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling