Aniqlik tо‘g‘risida tushuncha. Ishlov berish aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar


Download 64.49 Kb.
bet4/8
Sana06.04.2023
Hajmi64.49 Kb.
#1329880
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mexannik ishlov berish uchun qushimlar (pripusklarini) aniqlash usullari

Moslamaning xatoligi uning detallarini xatoligi va yemirilishi natijasida hosil bо‘lib, tayyorlanayotgan Detalningng qо‘yimlari maydoni qiymatidan 1/3-1/5 barobar ortib ketmasligi kerak.
Dastgohni talab etilgan о‘lchamga sozlash va kesuvchi asbobni о‘rnatish xatoliklari. Donali ishlab chiqarish sharoitida kesuvchi asbobni sozlash ishlov berish davrida ishchi tomonidan amalga oshiriladi. Seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida esa sozlovchi tomonidan ishlov berishgacha amalga oshiriladi.
Donali ishlab chiqarish sharoitida kerakli о‘lcham sinab kesib olish yо‘li bilan olinadi. Bu holda ma’lum qatlam kesib olingandan sо‘ng о‘lcham tekshirib kо‘riladi va h.k. bu ishni talab etilgan о‘lchamga erishgunga qadar davom ettiriladi. Bu ishlarni bajarishda ishchi dastgoh limbasidan foydalaniladi. Bu uslda sinab kesilgan uzunlikdagi kesish chuqurligi Detalning butun uzunligi bо‘yicha bir xil bо‘lmasligi tufayli xatolik hosil bо‘ladi.
Zamonaviy usullardan biri, talab etilgan о‘lchamni avtomatik tarzda olishdan iborat. Bu usulga kо‘ra dastgohning ishchi organlari, moslama va kesuvchi asbob avvaldan kerakli ravishda talab etilgan о‘lchamga sozlanadi. Buning uchun kesuvchi asbab xarakatini chegaralovchi maxsus tо‘sqichlar о‘rnatiladi. Kesuvchi asbobni о‘rnatish, ularni almashtirish, tо‘sqichlarni yeyilish natijasida xatoliklar yuzaga keladi.
Dastgoh yoki moslamada xomashyoni bazalash va о‘rnatish xatoliklari. О‘rnatish xatoligi YEо‘r umumiy xatoliklarni tashkil qiluvchi xatoliklardan biri bо‘lib, bazalash xatoligi Yeb va mahkamlash xatoligi Yem yig‘indisidan iborat.
Bazalash xatoligi о‘rnatish bazasi bilan о‘lchov bazalarini qо‘shilmaganligi sababli hosil bо‘ladi.
Mahkamlash xatoligi qisish kuchi ta’sirida Detalning siljishi tufayli hosil bо‘ladi. Xomashyoning siljishi о‘q bо‘yicha, radial va burchak ostida bо‘lishi mumkin.
Tekis yuzalarga ishlov berishda bazalash xatoligi vektori va mahkamlash xatoligi vektorlari bir nuqtaga yо‘nalgan deb qabul qilinsa:
YEо=Yeb + Yem (3.4)


Download 64.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling