Metal kesish dastgohining noaniqligi natijasida hosil bо‘luvchi xatolik uning geometrik xatoligi deb yuritiladi. Dastgohning geometrik xatoligi asosan uning detallari, yig‘ma birikmalarini notо‘g‘ri tayyorlanganligi va yig‘ish jarayonida yо‘l qо‘yilgan xatoliklar oqibatida vujudga keladi.
Bu xatoliklarni kattaligi dastgohning aniqlik normalari GOST bо‘yicha belgilanadi. Masalan: tokarlik va frezerlik dastgohlarining shpindellarni radial tepishi 0,01- 0,015 mm dan oshmasligi kerak. Tokarlik va randalash dastgohlarining yо‘naltiruvchilari tо‘g‘ri chiziqli va paralellik bо‘yicha xatoliklari 1000 mm esa 0,05-0,08 mm dan oshmasligi kerak.
Datsgohning ishlash jaryonida uning detallarini yemirilishi sababli xatoliklar vujudga keladi.
Kesuvchi va yordamchi asboblarni hamda moslamalarni tayyorlash aniqligi ularni vaqt birligi ichida yemirilishi. Kesuvchi va yordamchi asboblarning tayyorlash aniqligi detallarga mexanik ishlov berish berish aniqligiga ta’sir kо‘rsatadi. Mashina detallari kabi kesuvchi va yordamchi asboblar absolyut aniq tayyorlanadi. Ishlov berish jarayonida ularning xatoliklari u yoki bu kо‘rinishda detalga kо‘chadi. Bundan tashqari, ishlov berish jarayonida ular yemiriladi va natijada xatolik ortib boradi. Bu esa yemirilish natijasida dastgoh detallariga nisbatan kesuvchi asbobni ta’siri yuqori ekanligini bildiradi.
Kesuvchi asbobning о‘lchamlari yemirilishi natijasida hosil bо‘luvchi xatoliklar hisobi. Kesuvchi asbobning kesish yо‘liga bog‘liqligi uning о‘lchami yemirilishi orqali ifodalanadi. Bu о‘z navbatida 1000 m yо‘l hisobiga keltiriladi va keltirilgan о‘lchamli yemirilish K orqali aniqlanadi.
Yо‘nishda kesish yо‘li L,m da quyidagicha aniqlanadi:
, m (3.1)
bu yerda: D-ishlov berilayotgan yuza diametri,mm; l- ishlov berilayotgan yuza uzunligi,mm; S- uzatishlar miqdori, mm/obyekt.
Bitta partiyadagi n detallarga ishlov berilsa, u holda umumiy yо‘l LN=LN. Kesuvchi asbobni moslashishi uchun dastlabki yemirilish yо‘lini 1000 m deb olsak,
, m (3.2)
normativlardan foydalanib keltirilgan yemirilish K ni qabul qilsak, u holda umumiy yemirilish YER
bо‘ladi. (3.3)
Do'stlaringiz bilan baham: |